Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi


  Estetikaning boshqa  ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi



Download 482,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana31.12.2021
Hajmi482,81 Kb.
#209749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
№-16. Маъруза. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari 05d8304514cd66c0d6db7fddf5ddd26d

2.  Estetikaning boshqa  ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi 

Estetika  –  falsafiy  fanlardan  biri.  Falsafa  barcha  tabiiy  va  ijtimoiy  ilmlar  erishgan 

yutuqlarni  o‘z  qamroviga  olib,  ulardan  umumiy  xulosalar  chiqarib,  shular  asosida  insoniyatni 

haqiqat tomon etaklaydi. SHu bois tafakkurni falsafaning predmeti deb atash maqsadga muvofiq. 

Estetika  esa  falsafiy  fan  sifatida  barcha  san’atshunoslik  fanlari  erishgan  yutuqlardan  umumiy 

xulosalar chiqarib, shu xulosalar asosida insonni go‘zallik orqali haqiqatga etishtirishga xizmat 

qiladi.  Bundan  tashqari,  estetika  ishlab  chiqqan  qonun–qoidalar  barcha  san’atshunoslik  fanlari 

uchun umumiylik xususiyatiga ega. 



 

Etika  (Axloqshunoslik).  Bu  ikkala  fan  shu  qadar  bir–biriga  yaqinki,  hatto  ba’zi  davrlarda 

ular  etarli  darajada  o‘zaro  chegaralanmagan.  CHunki  insonning  xatti–harakati  va  niyati 

ko‘pincha ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo‘ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham 

ezgulik, ham nafosat xususiyatlarini o‘zida birvarakay mujassam qiladi. SHu sababli «Avesto», 

«Bibliyo»  va  «Qur’on»  kabi  muqaddas  kitoblarda,  Suqrot,  Aflotun,  Forobiy  singari  qadimgi 

faylasuflar ta’limotlarida axloqiylikni – ichki go‘zallik, nafosatni – tashqi go‘zallik tarzida talqin 

etganlar.  

 

Psixologiya  (Ruhshunoslik).  Ma’lumki,  insonning  ruhiy  hayotini  o‘rganar  ekan, 

ruhshunoslik,  hissiyotlar  masalasiga  katta  o‘rin  beradi.  Go‘zallikni,  san’at  asarini  yaratish  va 




idrok etish ham ma’lum ma’noda hissiyotlar bilan bog‘liq. Masalan, oddiy harsang tosh kishida 

alohida bir hissiy taassurot  uyg‘otmaydi. Lekin toshga haykaltarosh qo‘l urganidan so‘ng, undan 

hayot nafasi, insoniy hissiyotlar ufura boshlaydi.  

Sotsiologiya    fani  bilan  aloqadorligi.  Ma’lumki,  har  bir  san’at  asari  alohida  inson 

shaxsiga e’tibor qilgani holda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida badiiy tadqiq etadi. 

Hatto  inson  va  jamiyat  bevosita  aks  etmagan  manzara  janridagi  asarda  ham  ijtimoiylik  jamiyat 

a’zosi–muallif  qarashlarining  bilvosita  in’ikosi  bo‘lmish  uslubda  o‘zini  ko‘rsatadi.  Zero  asar 

muallifi hech qachon o‘zi mansub jamiyatdan chetda «tomoshabin» bo‘lib turolmaydi.  

Dinshunoslik  fani  bilan  aloqadorligi.Din  va  san’at  doimo  bir–birini  to‘ldirib  keladi  va 

ko‘p hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti bo‘lib maydonga chiqadi. Buning ustiga, har bir 

umumjahoniy dinning «o‘z tasarrufidagi» san’at turlari bor: buddhachilik uchun–haykaltaroshlik, 

nasroniylik uchun–tasviriy san’at,  musulmonchilik  uchun–badiiy  adabiyot. SHuningdek, barcha 

umumjahoniy dinlar o‘z ibodatxonalarini taqozo etadi. Ibodatxonalarning esa me’morlik san’ati 

bilan bog‘liqligi hammamizga ma’lum.  



Pedagogika  fani  bilan  aloqadorligi.  Ularning  aloqadorligi  tarbiya  muammolarini  hal 

qilish  borasida  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  CHunki  pedagogika  ham  ma’lum  ma’noda  nafosat 

tarbiyasi  bilan  shug‘ullanadi.  Lekin  bu  tarbiya  alohida–alohida,  muxtor  qismlarga  bo‘lingan 

holda,  turli  yosh  va  sohalar  uchun  maxsus  belgilangan  tarbiya  tarzida,  ya’ni  muayyan,  aniq 

chegaralarda olib boriladi.  


Download 482,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish