Foydalanilgan adabiyotlar:
Шульженко М.Э. Патриотическое воспитание современной молодежи // Молодой ученый. 2017.
https://cyberleninka.ru
https://psyjournals.ru
BARKAMOL AVLODNI VOYAGA YETKAZISHDA OILADAGI RUHIY MUHITNING AHAMIYATI
Yo. Nuritdinova, X. Alimova
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti
“Xorijiy tillar” kafedrasi o’qituvchilari
Annotatsiya: Xozirgi kunda mamlakatimizda sog’lom turmush tarzini yaratish borasida juda ahamiyatga molik bo’lgan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan qilinayotgan ko’pgina hayrli ishlar, yoshlarga yaratib berilayotgan shart- sharoitlar, sog’liqni saqlash borasida qilinayotgan ko’zga ko’rinadigan ishlarning ko’pchiligi shular jumlasidandir.
Kalit so’zlar: Islom dini, tarbiya, sog’lom turmush tarsi, oila, jamiyat.
Sog’lom turmush tarzini yaratishda boy madaniy an’analarimizning roli ham beqiyosdir. Jumladan biz uchun muqaddas bo’lgan mo’tabar islom dinimizda ham sog’lom avlod tarbiyasigi katta e’tibor berilgan.
Ma’lumki islom dini avvalo inson faravonligiga, uning ma’naviy kamolotiga xizmat qiladi va ayni paytda, jamiyat taraqqiyotiga, ilm ma’rifatga, halollik, rostgo’ylik va ezgulikka chorlaydi. Yana ahamiyatli jihati shundaki, islom dinida sog’lom turmush tarzining tayanchi bo’lgan-oila muqaddas hisoblanadi va e’zozlanadi.
Bilamizki, oila naslni davom ettiradigan muhim muassasadir. Oila har tamonlama mustahkam bo’lishi uchun ota onalarning o’rinlari beqiyos ahamiyatga egadir. Alloh taolo o’zining Kalomi majidida marhamat qilib shunday deydi: «Ey mo’minlar! O’zlaringizni va ahli ayollaringizni do’zax otashidan saqlangiz!» (Tahrim 6).
Bundan kelib chiqadiki, hamma faqat o’zini o’ylamasin , o’z g’amini yeb yuravermasi, balki ahli ayoli va farzandlarini ham doimo diqqatda tutsin. Bunda faqat moddiy ta’minot bilan cheklanib qolmasdan, ularni iymon e’tiqodli, dinu diyonatli va ona vatanning asl farzandlari safiga qo’shilishlariga astoyidil harakat qilsin.
Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom bir hadisi muboraklarida «Alloh rozi bo’lishini istasangiz, bolalaringizga doimo adolat qilingiz» dedilar.
Dinimiz kishilarni bir-biriga mehr muhabbatli bo’lishga chaqiradi. Ularning dinidan, millatidan qat’iy nazar, o’zaro izzat hurmat, adolat tamoyillarini belgilab bergan. Bu hol o’z navbatida, jamiyat birligini kuchaytirishga, ijtimoiy hamkorlikni qaror toptirib, tinch-totuvlikni saqlashda nihoyatda ahamiyatlidir.
Farzandga ilm, hunar o’rgatish farz. Ilmli kishilar doimo el orasida xurmatga loyiq bo’lib, alohida e’zozlanadilar. Arablarda «yoshlikda olingan bilim go’yo toshga o’yilgan naqsh kabidir» degan naql bor. Shunday ekan ilm olishga yoshlikdan harakat qilish kerak. Har bir kishi yoshlik davrini g’animat bilib, beparvo bo’lmay, kelajakda o’zi va xalq manfaati, baxt-saodati yo’lida foyda beradigan bilim olishga intilmog’i lozim. Bu borada Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom: «Ilm sahroda do’st, hayotchorrahalarida tayanch, yolg’iz damlarda yo’ldosh, bahtyor daqiqalarda rahbar, qayg’uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu – ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir», deganlar. Ha, darhaqiqat sog’lom hayot va sog’lom turmush tarzini yaratish- oiladan, ya’ni farzand tarbiyasidan boshlanadi.
Qahf surasi 46 oyatning mazmuni bunday «Mol davlat va farzandlar dunyo hayotining ziynatidir». Ha farzand qalb rayhonidir. Yoshlik chog’laridan ularni ko’rib ko’zimiz quvonsa, katta bo’lganlarida yordamlaridan bahramand bo’lib, dilimiz yayraydi. Payg’ambarimiz sollolohu alayhi va sallom , aytadilar: «inson vafot etgandan so’ng uning amali to’xtaydi, faqat uch narsa- sadqai joriya, foydali ilm, duoi hayr qiluvchi solih farzand tufayli uning nomi a’moliga savob yozilib turadi.»(muslim rivoyati). Alloh taolo insonga farzandni ne’mat qilib bergan. Bu ne’matning munosib farzand bo’lib yetishishida ota onaning xizmati beqiyosdir. Shunday ekan farzand tarbiyasida otaning ham , onaning ham o’ziga yarasha vazifalari mavjuddir.Otaning vazifalari quydagilardan iboratdir.
-ota farzandlariga , o’zining otasiga yaxshilik qilishi bilan o’rnak bo’lmog’i, ularni jonidan ham ortiq ko’rmog’i lozim. Shundagina farzand otasinining tutgan yo’lidan yuradi, undan ta’sirlanadi, shu xolatda unib o’sadi va voyaga yetadi.
- er o’ziga solih umr yo’ldoshi tanlamog’i lozim. Chunki bu ayol kelajakda farzandlarining onasi, ularning tarbiyachisi bo’ladi.
- ota farzandining tariyasini, shuningdek, yaxshilamog’i, unga Qur’on va hadis ta’limotlarini, dunyoviy ilmlarni o’rgatishi, yaxshi axloqli bo’lishga undashi lozim.
- yomon do’st va yomon bolalar ta’siridan farzandini asrashi kerak. Chunki, buzuq ahloqli bolalar bilan do’stlashibqolsa, farzandining ham tarbiyasi buzulishi tayn. Eng avvalo, ota fazandu zuryotlarini solih bo’lishlarini Allohdan doimo duo qilib so’rashi lozim. Farzand tarbiyasida onaning vazifalari quydagilardan iboratdir.
Go’dakning haqlaridan biri va onaninng eng mo’’tbar vazifasi farzandini 2 yil emizishdir. Tug’ilgan go’dak jismi va ruhining sog’lom bo’lib o’sishiga onasining sutidan afzal ozuqa yo’q. Bunga Qur’oni karimning ushbu oyati mazmuni dalolat qiladi: «Onalar bolalarini to’la 2 yil emizadilar (bu xukm) emizishni kamolga yetkazishni istaganlar uchundir.» (Baqara 233). Bu Qur’oniy haqiqat bundan 1400- yil keyin fan tomonidan to’la isbotlandi. Hozirgi paytdagi ilmiy tekshirishlar go’dak uchun eng yaxshi ozuqa onaning suti va uni 2 yil emizish ekanini ko’rsatmoqda. Boshqa bir oyat mazmuni ham ushbu ma’noni quvvatlaydi.
«Biz insonga ota- onasini rozi etishni amr etdik. Onasi uni zaiflik ustiga, zaiflik bilan qornida ko’tarib yuradi. Uni (ko’krakdan) ajratish muddati 2-yilda (bitar). (Biz insonga buyurdik) Sen menga va ota-onangga shukr qilgin! Qaytishlik mening xuzurimgadir! (Luqmon 14)». Ushbu oyatda ota-onani hurmat qilish har bir farzand uchun Allohning amri ekanligi bayon qilinib, ularni hurmat qilishni asosiy sababi ham aytib o’tilgan. Ulamolarimizning shar’iy emizish 2 yil ekanini bildiruvchi xukmi ushbu oyatlardan olingan. Bola 2 yoshga to’lguncha biror begona ayolni emsa, sut orqali unga bog’liq xukmlar joriy qilinadi. Misol uchun uni emizgan ayol unga emakdosh ona, uning eri ota, bolalari aka- uka, opa singil bo’ladilar. Mahramlik va nikoh masalalaridagi xukmlar ham shunga muofiq kuchga kiradi.
Yana oyatlarda va hadislarda shu narsaga katta e’tibor beriladiki, agar ona emizikli paytida xomilador bo’lsa, uning suti buzuladi , bu esa bolaga yomon ta’sir qilishi aytilgan. Bunda bola katta bo’lgach ojiz va beso’naqay bo’ladi deyilgan. Sog’lom turmush tarzini shakillantirishdagi eng muqaddas odatlardan biri bu oila qurish – nikoh hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki xalqimizda shunday ibratli urf odatlar mavjudki, bu odatlarga har bir inson rioya etsa albatta u inson kelajakda hamma uchun namuna bo’ladigan vaibratli komil inson bo’lib yetishadi. Bu esa sog’lom hayotning va sog’lom tumush tarzini yaratishda muhim ahamiyatga egadir. Shunday urf odat va an’analari bilan har bir xalq faxirlansa arziydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |