Ёшларни тарбиялашда сўздан фойдаланиш


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati



Download 0,57 Mb.
bet16/40
Sana25.02.2022
Hajmi0,57 Mb.
#268323
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Bog'liq
4-шуъба туплам

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
V. King, Purley Language School,Facebook page, 2006.
D.Crystal,The World in words, podcast, July 23, 2014.
H.Bloom, The invention of the Human, Berkley Publishing, 1999
S.Johnson. A dictionary of the English language, Heidelberg, 1878
Ch. Clarke, The Shakespeare Key, Rivington, 1878
N.Turniyozov,O’zbek tili, Samarqand-2006
A.Hazratqulov, Hozirgi o’zbek adabiy tili,Qarshi 2007
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISHNING DOLZARBLIGI.
Minovarova Madina Muslim qizi
Oʻzbekiston Jahon Tillari Universiteti talabasi
Ilmiy rahbar: Ahmedova Anorxon Nasilbaevna
Annotatsiya: Maktabda ta‘lim-tarbiya ishlari bilan birgalikda ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni birgalikda olib borish muhim vazifalardan biridir. Mazkur maqolada maktabda ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni tashkil etishning dolzarbligi hamda ahamiyati xususida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar, maktab, tarbiya, milliylik.
Ma‘lumki, ota-bobolarimiz azal-azaldan inson tarbiyasi masalalariga jiddiy e‘tibor berib kelishgan va bu an‘ana avloddan-avlodga ko'chib, takomillashib, yangicha usullar evaziga boyib borgan. Zotan, inson ma‘naviyati tarbiyaga bog'liq. Tarbiyasiz ma‘naviyat poydevorsiz binoga o'xshab omonatlik kasb etadiki, bu holni sharhlab, izohlab o'tirishning hojati yo'q. Shu boisdanda, ta‘lim-tarbiya jarayoniga barcha davlatda kuchli extiyoj sezilgan. Ma‘naviy barkamol, komil inson tarbiyasi hozirgi kunning eng muhim, dolzarb masalalaridan biridir.
Ma‘naviy islohot ma‘naviyatimiz manbalari va sarchashmalari bo'lgan madaniy merosimizni istiqlol mafkuramizning asosiy manbalaridan biri sifatida qarash bilan birgalikda bu merosni har tomonlama xolisona o'rganishni, uning hozirgi davrimiz uchun nihoyatda ahamiyatli ekanligini nazarda tutadi. Shu bilan birgalikda ma‘naviy soha milliy qadriyatlarimizni tiklash, ularni to'plash, o'rganish, xalqqa yetkazib berishni ma‘naviy siyosatimizning poydevoriga aylantirish kabi jihatlarni ham qamrab oladi.
Jahonning milliy mustaqillikni qo'lga kiritgan mamlakatlari o'z taraqqiyot yo'llarini belgilab olib, har biri o'z xalqining milliy qiyofasi va o'zligi xususida chuqur o'ylab, milliylikni, milliy ma‘naviyatni tiklashni bosh vazifalaridan biri deb islohatga kirishganlar. Bizning davlatimiz ham xalqimizning o'tmish taraqqiyoti va ma‘naviyatini hisobga olib, shularga mos tarzda yo'l tanladi. Ayniqsa respublika rahbariyatining jamiyat ma‘naviyatini yuksaltirish borasidagi sa‘yi-harakatlari yoshlar tarbiyasini xalqimiz ruhiyatiga mos bo'lishini taminlashga yo'naltirilmoqda. Chunki bu - davlatimizning milliy ma‘naviyatini tiklash, jamiyatni ma‘naviy yangilash, o'quvchi-yoshlarning milliy mafkuraviy ongliligini oshirish vazifalarini malga oshirishga qaratigan siyosatning amaliy-pedagogik vositasi bo'lib xizmat qiladi. O'zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishning xos va mos xususiyati shundan iboratki, bu munosabatlar ijtimoiy-ma‘naviy yo'naltirilgan, milliy mazmunga ega. . Buyuk kelajakni yaratish zarurati respublika fuqarolarining umummilliy ijtimoiy hamkorligini yaratishning pedagogik muammolarini o'rganishni ham taqozo etadi. Bu milliy taraqqiyotimiz tadrijini pedagogik o'rganish uchun hayotiy ahamiyatga ega. Chunki mamlakatimizning hozirgi va bundan keyingi taraqqiyoti xalqimizda, ayniksa yoshlarimizda milliy mustaqillikni mustahkamlashga qodir, har qanday buzg'unchi g'oyani fikr bilan yenga oluvchi e‘tiqodning shakllanganligiga bog'liq. Ma‘naviyat – insonning insoniylik mohiyati, shaxsdagi ijobiy fazilatlar majmui, insonning zohiriy va botiniy qiyofasi. U inson hayotining tub mohiyatini belgilaydigan aqliy, ruhiy, axloqiy va jismoniy qarashlar, ko'nikmalar, odatlar tizimidir. Ma‘naviyat – har bir insonning milliy va umuminsoniy komillik darajasi, unga yetaklovchi, undovchi imkoniyat. U inson shaxsini insoniylik bilan boyituvchi, kamol toptiruvchi, ko'rkamlashtiruvchi beqiyos hayotiy omil. Ma‘naviyat – yaxshilik va ezgulikka moyil, yomonlik va yovuzlikdan tiyilish, nafosat va haqiqatga, halollik va rostgo'ylikka intilish, o'zi mansub jamiyatning axloqiy, huquqiy, ma‘rifiy-madaniy mezonlariga amal qilish hissidir. U insonning umrguzaronlik mohiyati, faoliyatining tabiatini belgilab bergan va faoliyatida gavdalangan ijobiy, go'zal fazilatlar majmui. Ma‘naviyatda inson qalbi, shuuri, aqlzakovati, tabiati, bilimi, madaniyati aks etadi. Ma‘rifat esa insonning o'zini o'zi anglash, o'zini o'zi kamol toptirish, imkoniyatlarini harakatga keltirish yo'lida bilim, tarbiya, madaniyat boyliklaridan bahramand bo'lishini kafolatlovchi omildir. Ma‘rifat – mohiyatan aql-idrok, tafakkurning mayog'i, mijozning murabbiysi, qalbda munavvarlikni, insoniy ulug'vorlikni qaror toptiruvchi umriy vosita, iymon-e‘tiqod, xarakter, lafzning me‘mori, vujudning jon tomiri. U – bilish, tanish, ilm va adaniyatning kamol topish mazmuni, usul va vositalaridir Respublikamizda o'kazilayotgan iqtisodiy islohotlar taqdiri pirovard natijada ma‘naviy-marifiy ishlarni qay darajada yuksak saviyada tashkil qila bilish muhim hayotiy muammo. Chunki ma‘naviy –ma‘rifiy ishlarning asosiy vazifasi yuksak axloqiy fazilatlarni o'zida mujassamlashgan komil insonni tarbiyalashdan iborat.
Ma‘naviyat va ma‘rifat davlat ichki hayotidagi bir butunlikni, odamlar ruhiyatidagi ko'tarinkilik va kelajakka ishonchni, aql-zakovat yuksakligini, o'z faoliyatida tinchlikni, millatlararo hamjihatlikni barqaror rivojlantirish yo'lini aniq belgilashdagi o'z fuqarolarning orzu-umidlarini, manfaatlarini ifoda eta bilish, uni buyuk kelajak sari harakatga yo'naltirish va unga rahbarlik qilish salohiyati hisoblanadi.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish