ФОЙДАЛАНГАН АДАБИЁТЛАР.
Н. Маҳмудов, Д. Худойберганова “ ЎЗбек тилинг изохли луғати. – Тошкент “ Маьнавият “, 2013 йил.
М. Исроилова. “ Кутубхонашунолик фанининг мақсад ва вазифалари. Касб-таьлим коллеж ўқувчилари учун ўқув қўлланма. - Андижон “ Ҳаёт “ наширёти 2020 йил.
KONVERSIYA USULI ORQALI HOSIL BO’LGAN SO’ZLAR
Mahmudova Nargiza Ravshanovna,
FarDU katta o’qituvchi
Ismoilova Dilorom Rustamjon qizi,
FarDU magistrant, d.r.ismoilova@mail.ru
Annotatsiya: Ushbu maqola Villiam Shekspirning ingliz nutq madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi haqida so’z yuritadi. Muallif buyuk ijodkorning novatorligi asosidagi neologizmlarini tahlil qiladi va konversiya usulida yasalgan neologizmlarning semantik xususiyatlarini yoritib beradi.
Kalit so’zlar: neologizm, affiksatsiya, konversiya, morfologik usul, sintaktik usul.
Buyuk ijodkorning novatorlik xususiyatlarini yaqqol aks ettiruvchi jihat bu uning mavjud so’zlardan qanoatlanmay, ingliz tili lug’at boyligiga o’z hissasini qo’shganidadir. Bu so’zlar yashar ekan Shekspir nomi ham mudom tillarda aylanaveradi. Dramaturgning barcha sahna asarlarini bir to’plamga yig’ib va ularni tahlil qilgan amerikalik adabiy tanqidchi H.Blum ta’kidlaganidek:” Agar yaxshi yozuvchining belgisi uning hamon o’qilayotganligida bo’lsa, dono yozuvchining belgisi- uning hamon gaprilayotganligidadir”.
Iste’dodli yozuvchining so’z hosil qilish usullaridan aynan shekspirona deya e’tirof etiladigani –bu konversiya usuli yordamida yangi so’z yasashdir. Bu usulga ko’ra, bir kategoriyaga mansub so’zlar boshqa kategoriyadagi so’z o’rniga qo’llaniladi. Ya’ni so’zlar bir turkumdan 2- turkumga o’tkaziladi. Bunday usul orqali so’z yasashda so’zning turkumi bilan birgalikda, lug’aviy ma’nosi ham o’zgaradi va so’z yangi ma’no kasb etadi. Adibning donoligi uning kerak paytda o’zi uchun jilvakor so’zlar yaratishi deya e’tirof etilsa, yosh tadqiqotchi sifatida uning mavjud so’zlardan ularni shaklini o’zgartirmay turib yangi ma’no kashf etgani deb ta’kidlagan bo’lardim. Quyidagi nutq parchalarida ham buni yaqqol guvohi bo’lamiz.
Thus he his special nothing ever prologues.
(Act II, Scene I, All is well that ends well,King)
Ushbu parchada keltirilgan prologue so’zining ot so’z turkumiga oidligi hammaga ma’lum edi. Dramaturg uni o’z izmiga solib, harakatni ifodalovchi so’zga aylantirdi. Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’rganuvchilar uchun bu hodisalar ma’lum bo’lmasligi mumkin. Lekin har bir tilning tarixini, uning lug’at boyligi kelib chiqish ildizlarini bilish bu xorijiy tilga bo’lgan xurmat belgisidir.
I have not wrong’d you!
Shall be my surety; fore whose thorne ‘tis needful;
(Act IV, Scene 4, All is well that ends well, Helena,)
Ushbu asar parchasida esa wrong so’zini sifat so’z turkumida qanday ma’no anglatishi XVI asrda ham huddi hozirgi zamonaviy ingliz tilidek talqin qilinar edi. Novator ijodkor esa, o’z uslubiga asosan bu so’zni fe’l so’z turkumiga aylantirgan. So’zning tub ma’nosidan juda uzoqlashib ketmaganligi uchun ham kitobxon yoxud til o’rganuvchilarning tushunishlari qiyin bo’lmaydi.
I wonder, sir, this wives are monsters to you.
(Act III, Scene 6 All is well that ends well, King,)
Bu dialogdan ko’rinadiki, monster so’zi o’zining asl ma’nosi-ya’ni ot so’z turkumiga emas, Shekspirona neologizm bo’lib fe’l so’z turkumi sifatida yangi lug’aviy ma’no kasb etmoqda.
He made you for a highway to my bed;
But I, a maid, die maiden-widowed.
Julyetta tilidan aytilgan ushbu nutq parchasidagi widowed so’zi ham Shekspirning konversiya usuli yordamida hosil qilgan so’zlaridan biri bo’lib, sifat so’z turkumiga sifatida ilk marta qo’llanilyapti. Ushbu so’zni ko’p asarlarda uchratishimiz mumkin:
Trail you stee pikes, Though in this city he,
Hath widowed and unchilded many a one.
Bu yerda esa ushbu so’z fe’l turkumiga aylantirilgan bo’lib, bir gapning o’zida ikkita konversiyaga guvohi bo’lamiz. Ya’ni unchilded so’zi ham aynan adibning qalamiga mansub bo’lib, uni tuzilishiga va yasalish usuliga ko’ra qorishma neologizm deb atashga qaror qildik. Sababi, ushbu so’zda affiksatsiya usuli-ya’ni –un old qo’shimchasi bilan bilan qatorda child so’zining konversiyaga uchraganini ham ko’rishimiz mumkin. Shuning uchun ham Shekspir ijodini bir o’rganilmagan orolga qiyoslagim keladi. Boisi uning dunyosiga sayohat qilgan inson, yozuvchi asarlaridan turlicha topilmalar, yangilikalar bilan qaytishi mumkin.
Konversiya usuli bilan yasalgan neologizmlardan yana birini tahlil etadigan bo’lsak, bu so’zni deyarli har bir dramatik asarida uchratishimiz mumkin. Torture so’zi adib yashab ijod qilgan davrda ham mavjud bo’lib, faqatgina ot so’z turkumi xos ma’no kasb etardi. Shekspir uni fe’l so’z turkumiga aylantirdi va bunda stilistik bo’yoqdorlik va ta’sirchanlik yanada oshdi deya olamiz.
If thou dost slander her and torture me,
Never pray more; abandon all remorse;
Otello obraziga tegishli bo’lgan ushbu nutq parchasida torture so’zi badiiy ta’sirchanlikka-da hissa qo’shyapti. Yana bir namunani ko’rib xulosa qilishimiz mumkin:
Can I make men live, whe’er they will or no?
O, torture me no more! I will confess.
(Act Scene Cardinal, 1293.
Shekspir cake so’zini ham ko’p o’rinlarda qo’llagan bo’lib, aksariyat hollarda so’zning hammaga avvaldan ma’lum(shirinlik turi) bo’lgan ma’nosida, shu bilan birgalikda o’zining yaratuvchanligi asosida dunyoga kelgan yangi qiyofasida ham qo’llashga muvaffaq bo’lgan.
Rather than so, come, Fate, into the list,
And champion me to the utterance! Who’s there?
(Act Scene Macbeth, Macbeth)
Makbet nutqidan olingan parchada champion so’zi harakatni ifodalab kelyapti. O’z o’zidan boshqa so’z turkumiga o’tgan so’zlar o’zining dastlabki lug’aviy ma’nosini ham yo’qotadi. Qolaversa, bu yerdagi neologizm hozirgi kundagi ma’noni ifodalamayapti.
Buyuk yozuvchi obrazlari hissiyotlarini, ularning ruhiy kechinmalarini ifodalab berish maqsadida yaratgan yangi so’zlari hamon insonlarning yozma va og’zaki nutqida jarang sochmoqda. Shunday so’zlardan biri rival so’zi bo’lib, bu aslida ot so’z turkumiga mansub bo’lib, Shekspir uni konversiya usuli orqali ham sifat, ham fe’l sifatida namoyon qilgan.
I pray you all, stand up,
I know you two are rival enemies;
(Act Scene Thesus, )
Bu so’zning fe’l sifatida qo’llangan nutq parchalarini ham ko’rib chiqaylik.
Qirol Lir tomonidan aytilgan ushbu misralar Shekspir uslubida ifoda etilgan.
We first address toward you, who with this king,
Hath rivall’d for our daughter. What in the least.
Zamonaviy ingliz tilidagi faol so’z qatlamiga mansub control so’zining o’z kelib chiqishi tarixi bor. Adib yashagan davrda ushbu so’z faqat “boshqarmoq”, “nazorat qilmoq” –ya’ni harakat ma’nosini anglatuvchi so’z bo’lgan bo’lsa, ijodkor uni “boshqaruv”, “nazorat” ma’nosini kashf qildi. Mana bu yaratuvchanlikning mevasidan esa insonlar hali hamon foydalanaib kelmoqdalar.
Even where his raging eye or savage heat,
Without control lusted to make a prey.
(Act Scene Gloucester)
Ushbu so’zni deyarli barcha asarlarida uchratamiz va quyida misollarda guvoh bo’lamiz:
“When most impeached, stands least in thy control”, “The proud of control of fierce”, “To be successful at control”, “Are their males, subjects at their control”, “An austere regard of control”. Shuningdek buyuk dramaturg conrolment so’zini ham hosil qilib, o’z asarlarida ko’p o’rinlarda qo’llagan.
That for her love such quarrels may be breach’d,
Without ocntrolment, justice or revenge?
(Act Scene Aaron)
Til tarixini o’rganishning yana bir zavqli tomoni shundaki, davlar osha ba’zi so’zlar o’zining ilk ma’nosini yo’qotadi. Ba’zi so’zlar esa umuman ishlatilmay qo’yiladi yoxud tarixiy so’zga aylanadilar. Hozirgi kunda g’iybat, g’iybat qilmoq ma’nolariga ega bo’lgan gossip so’zi Shekspir yashagan XVI asrda ijobiy ma’no xususiyatlariga ega bo’lgan. Bu so’z ot so’z turkumiga xos bo’lganligi uchun “ yaqin do’st, oilaviy tanish” ma’nolarini anglatgan. Novator ijodkor esa uni konversiya qilib, fe’lga aylantirgan.(tanishmoq, do’st bo’lmoq)
And, in the spiced Indian air, by night,
Full often hath she gossip’d by my side;
(Act Scene Titiana)
Konversiya usulidan foydalanayotganda Shekspir asosan fe’llarni sifatlarga, ot so’z turkumidagi so’zlarni esa fe’l so’z turkumiga aylantirish an’anasiga ega bo’lgan. Vaholanki, ushbu so’zlar ingliz tili so’z boyligini shunchaki oshiribgina qolmay, bu tilga ma’nodor, tushunarli so’zlar sfaini kengaytirgan, Ot so’z turkumiga mansub bo’lgan blanket so’zi (o’ranadigan mato, yopinchiq) ham konversiyaga uchrab, fe’l so’z turkumiga aylantirilgan. (o’rab olmoq, yopmoq)
Brought near to beast. My face I’ll grime with filth,
Blanket my loins, elf all my hair in knots.
(Act Scene Edgar)
Xulosa qilib ayta olamizki, universal deya ta’riflanuvchi Villiam Shekspir yozuvchilik uslubining o’ziga xosligi uning o’z neologizmlari orqali asarlari mazmunini boyitganidir. Bu holatga nisbatan Devid Kristalning ushbu so’zlari to’g’ri sharh bo’la oladi: “Til borasida qanday pozitsiyada bo’lishni Shekspirdan o’rganish kerak: yangi so’z hosil qilish, mavjud so’zlarni o’zgartirish va kerak paytda boshqa tildan o’g’rilash demakdir.”
Atoqli tilshunos olimning ushbu fikrlaridan ko’rinib turibdiki, bu holatda hech qanday negative xususiyat yo’q, balki bu usul ingliz tili rivoji uchun hissa qo’shganiga guvoh bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |