Литература:
1.Каримов И.А. «Родина священна, как святыня», Издательство «Узбекистан», 1995. 2.Абу Али ибн Сино. Тадбири манзил, 1-джилд.-Ташкент., 1994. - 304 с. 3. Ахатова Д. «Взгляды Абдурауфа Фитрата на семейные отношения». Журнал "Народное просвещение" Ташкент, 2006 г. 4 - сын, 62-65 р. 4. Ахлиддинов Р.
ТARBIYADA OTA-ONANING O‘RNI
AndMI tillar lafedasi katta o’qtuvchisi I. Nishonov
AndMI MSMSM yo’nalishi 4 bosqich talabasi N.Sotvoldiyeva
Islom taʼlimotida yoshlar tarbiyasi juda muhim oʻrin tutadi. Islomning dastlabki oʻn uch yilida, yaʼni Makka davrida Muhammad sollallohu alayhi va sallam insonlarning ongu shuuriga Allohning yakkayu yagonaligini singdirish barobarida ularga odob-axloq masalalarini oʻrgatishga alohida eʼtibor qaratganlar. Bu borada oʻz yonlariga 8–16 yoshli (Ali, Talha, Zubayr) kabi koʻplab yoshlarni olib, avvalo, ularning taʼlim-tarbiyasiga alohida ahamiyat berganlar. Yoshlar tarbiyasini – hayot-mamot masalasi, deb taʼriflagan mutafakkir naqadar haq ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Chunki tarbiyasi moʻrt yoshlardan jamiyat, mahalla yoki oila uchun hech qanday naf yoʻq. Yoshlarning hayotda adashishi, tuzatib boʻlmas xatolari tarbiyada yoʻl qoʻyilgan xato yoki befarqlikning achchiq inʼikosidir. Bu borada olib borilgan izlanishlarning aksari shuni koʻrsatmoqdaki, tarbiyada, avvalo, ota-onaning hissasi katta. Bejiz Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam: “Hech bir ota-ona farzandiga goʻzal tarbiyadan koʻra qimmatliroq meros qoldira olmaydi”, demagan. Mamlakatimiz aholisining 64 foizini yoshlar tashkil etadi. Ularning ulgʻayib, komil inson boʻlishlari uchun yangi 2021-yilda ulkan imkoniyatlar eshiklari ochilishiga shubha yoʻq. Zero, muhtaram Yurtboshimiz Murojaatnomada buni har jihatdan bayon qilib berdi. Bugungi kun yoshlari o’z ona tilisni bilmaligi naqadarachinarli xol bo’lib qolmay o’zlari uchn yangi tilarn kashf etmoqda. Aslida birovlarning telefoniga e'tibor berish axloq qoidalariga butkul zid. Ammo, ko‘cha-ko‘yda kishi har xil vaziyatlarni kuzatadi. Ularning qay birlari u qadar e'tiborni jalb etmasada, ayrimlari diqqatingizni butkul o‘g‘irlaydi. Kunda-kunora ro‘y beradigan vaziyatlarning biri, taksida yonimda o‘tirgan 16-17 yoshlar chamasidagi yosh yigitchaning telefonidan do‘stiga yozayotgan sms xabarnomasi diqqatimni o‘ziga tortdi.
- Salom urto. 4otkimi bugun esingdan chi4madimi soat 4 da kurishamiz. Dimka (aslida Dilmurod demoqchi shekilli)ni xam chakirdim
- Yuk. Esimda dakanechna kurishamiz. Bupti ketishda maniyam opketarsalla.
- Ok (barmoqcha belgili smayl)
- OK.
Vaholanki, bu kabi axborot mazmunidagi gap-so‘zlar kundalik turmushimizning asosiy qismini tashkil etadi. Achinarlisi, biz bu borada o‘zimizning xatolarimizga ko‘z yumishni odat tusiga aylantirib oldik. Oddiy misol, istasakda telefonimizdan kimgadir jo‘natayotgan xabarnomamizni qayta o‘qib ko‘rmaymiz. Binobarin, undagi xato yozgan so‘zlarimizni juda yaxshi bilsakda, bahonani shoshganga yo‘yamiz. Shunga yarasha, bahonalarimizning oxiri ko‘ringanda edi. ...Bolalarimizning daftarlarini tekshiraturib yoxud ularning bir-birlariga chala yoki buzib aytgan gaplarini eshitib, tag‘in tanbeh beramiz “to‘g‘ri-to‘g‘ri gapirsang-chi?” deb. Inchunin, uning yonida turib so‘zlashuvimizda “da”, “konechna”, “poka”, “chotki” kabi so‘zlarni qo‘llaymiz. Xo‘sh, aybni kimdan izlaymiz, ko‘chadan, maktabdan va hokazo... Oiladanchi!? Bugun qay bir go‘shaga bormang, yo‘l-yo‘lakay ketaturib amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish ishlarining XXI asrga monand olib borilayotganligi ko‘zingizni quvnatadi. O‘zida milliylik va zamonaviy hashamdorlikni mujasssam etgan arxitektura namunalari xuddiki ko‘chalar yuzini bezab turgandek, ularga salobat baxsh etgandek go‘yo. Ularni tomosha qilaturib, hudud iqtisodiyotining, insonlar ijtimoiy hayotining ancha yuqorilaganligini ko‘ramiz. Tadbirkorlik subektlarining soni shu qadar ko‘pki, ularda izlagan narsangizni topmaslikning imkoni yo‘q. Xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridan tortib, ijtimoiy-huquqiy, tibbiy xizmat turi deysizmi, bari muhayyo. Shundoqqina kirish peshtoqiga yozilgan peshlavhalar esa sizga bu borada biroz ko‘maklashadi. Shuning barobarida chalg‘itadi ham. Nega deysizmi, chunki ularning ayrimlaridagi imlo xatolari o‘rni kelganda sizni ikkilantirib qo‘yadi. Reklama bo‘lsa bo‘ldi, qabilida ish ko‘ruvchi tadbirkorning esa cho‘ntagi qappaysa yetarli. Millat ma'naviyati esa ikkinchi darajalik ishga aylandimi? deb o‘yga tolish hech gap emas. Aksincha bo‘lganida edi, ular kompyuter xizmatlari ko‘rsatuvchi texnik xodimlarning ko‘r-ko‘rona yozgan reklama matnlarini tekshirmasdan bino peshtoqiga ilib qo‘ymagan bo‘lisharmidi? So‘zni shu qadar ziyraklik bilan qo‘llagan yozuvchimiz Abdulla Qahhorning bir fikri kishini sergaklikka undaydi. Ya'ni, yozuvchi “Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?”, deya tilning sofligini saqlash masalasiga jiddiy e'tibor qaratgan. . .
Statistik ma'lumotlarga qaraganda, dunyoda 7 mingdan ortiq til muomalada bo‘lib, ularning atigi 200ga yaqini davlat tili, ya'ni rasmiy maqomga ega. Quvonarlisi, o‘zbek tili ham aynan mana shunday tillar sirasiga kiradi. Davlat tilining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi dastlabgi ikki muhim hujjat, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni fikrimizning tasdig‘idir. Ming afsuski, bugun ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e'tibor biroz og‘riqli nuqtaga aylandi. Aksariyat matnlarning va yozuvlarning noto‘g‘ri tarzda ifodalanishi hech shubhasiz, kishi dilini ranjitadi. So‘zlashuv nutqimizdan tortib, ish hujjatlarimizgacha yo‘l qo‘yayotgan xato-kamchiliklarimiz odatiy holga aylandi va afsuslanarlisi, biz bunga o‘rganib ham qoldik. Piyoda ketaturib, peshlavha yoki reklama yorlig‘ining xato yozilganligini shu mulk egasiga aytsangiz, tamom, bir olam dashnom eshitasiz. Aniqrog‘i, nima ishing bor, qabilidagi kinoyalar qalbingizni xira qiladi. Shundan so‘ng o‘ylab qolaman, nahotki odamlar shunchalar be'etibor va loqayd bo‘lib qolgan. Axir tilimiz millatimizning ko‘zgusi, ma'naviyatimizning ma'naviy aksi emasmi!?
Agar har birimiz birovga emas, tilni rag‘batlantirish haqida o‘zimizga buyruq beraolganimizda edi, ona tilimiz bugungidek tushuntirish va targ‘ibotga muhtoj bo‘lmagan bo‘lar edi.
Onalarimiz allasi, momolarimizning xalq og‘zaki ijodi namunalarini tinglab katta bo‘lganmiz. Tan olish kerak, ularda ona tilimizning asl jozibasi yashirin. Bugun garchi “zato”, “chto”, “da”, “drug”, “konechno”, “vabshe”, “obsolyutno”, “zavtrak”, “obed” kabi so‘zlar tilimizda ommalashib ulgurgan bo‘lsa-da, onamizning tong saharda nonushta uchun yopgan nonlariyu, ish boshida “hormanglar azamatlar, mehnatga baraka” deya tushlik uchun keltirgan issiq taomlarini kundalik turmush tarzimizdan chiqara olmaymiz. Boisi bu qon-qonimizga singib ketgan. Demakki, bizning ruhimiz sharqona, qalbimiz o‘zbekona tuyg‘ularga limmo-lim. Tilimiz esa onajonimiz allasidagi so‘zlar orqali chiqqan. Bularni inkor etish uchun na haqqimiz va na istagimiz bor. Shak-shubhasiz, bu istak ona tilimizni asrash, uning har bir sehrini qonimizu jonimizga singdirish bilan uyg‘undir. Zero, ona tili millatning ruhi, uning ma'naviy aksini ko‘rsatuvchi ko‘zgudir.
Foydalanilan adabiyotlar
Xalq so’zi gazetasi. Nuriddin XOLIQNAZAROV,
Toshkent shahar bosh imom-xatibi maolasi.
Til.gov nuqta uz internet sayitlari.
Dalat tilini rivojlantirish deartemeni maxsus sayti.
4. Shavkat Mirziyoyev «Yoshlar – kelajagimiz» davlat dasturi
Do'stlaringiz bilan baham: |