Namlik sig’imi deb, suvni ushlab qolish miqdoriga aytiladi. Mayda donachali, ko’p chirindili, kolloid bo’lakchali, nitratli, osh tuzli va ohakli tuproqlarda ko’p bo’ladi. Qumli tuproq 15-20%, qumoq tuproq 25-30 %, loyqa – 70 %, torfli – 100 % gacha ushlab qoladi. Suv o’tkazuvchanlik (filtrlash) – xususiyati, tuproq suvni yuqoridan pastga o’tkazadi. O’tkazuvchanlik xususiyatini gigiyena tomondan ahamiyati katta ya’ni u tuproqni suv - havo rejimini belgilaydi, bunda biologik jarayonlar kechadi.
Kapilyarligi (suv ko’tarish) - xususiyati. Bunda suv tuproqning nam qismidan quruq qismiga ko’tariladi. Ko’tarilishi mexanik tarkibiga bog’liq. Donachalar qancha kichik bo’lsa, ko’tarilishi shuncha yuqori bo’ladi. M: qumli tuproqlarda bir necha sm. bo’lsa, loyqa tuproqlarda esa 5-6 m gacha bo’lishi mumkin. Bu xususiyatni ahamiyati shundan iboratki, atmosfera suvlari kam bo’lganda yuqori qatlami namlik va to’yimli moddalar bilan ta’minlanadi. Ammo, molxonalarni zax bo’lishiga ham sabab bo’ladi.
Gigroskoplik (shimish, yutish) - xususiyati, ya’ni havodagi namlikni yutishdir. Bu havodagi namlikni ko’p-ozligiga bog’liq. Tuproqda har xil chirindilar, torf va ba’zi tuzlar ko’p bo’lsa bu xususiyati yuqori bo’ladi (Ca, K – tuzlar). Tuproq suvining bug’lanishi - gigroskopligini teskarisidir. Tuproq yuzasi katta, donachasiz zichlangan, xiraroq, erigan tuzlar kam va janubga qarab qiya bo’lsa bug’lanish ko’p bo’ladi. Quyoshning kuchli issiqligi, quruq havo, shamol ta’sirida tuproqni ustki qatlami quriydi va natijada mikrobiologik jarayonlar sekinlashadi. Tuproqni issiqlik saqlash xususiyati - Asosan quyosh energiyasiga, geografik joylashishiga, yilning fasliga, obi-havo va tuproqning tuzilishiga bog’liqdir, chirindiga boy va quruq tuproq tez isiydi (8-30 m chuqurlikda doimiy, keyin har 34 m da 1° ga ko’tariladi). Havoning harorati 0° bo’lsa tuproq muzlaydi (2 m gacha) tuproqni isishi tufayli mikrobiologik jarayonlar va organik moddalarni chirishi yaxshi boradi. Molxonalarni poydevorini tiklashda kanalizasiya va vodoprovodni o’tkazishda muzlash qalinligini hisobga olish zarur. Zax tuproqlarni muzlashidan poydevorlar va binolar yemiriladi, darz ketadi. Yutuvchanlik xususiyati deb - gazlarni suyuqliklarni, erigan moddalarni yutishi o’simlik va mikroorganizmlar uchun oziqa muhitni tuproq zarrachalarni o’shlab qolishiga aytiladi. (Ammo ko’p bo’lsa hammasini ushlab qola olmaydi-suvga o’tib ketadi). Chirigan moddalarni mikroorganizmlarni o’shlab qolishi gigiyena tomondan ahamiyati katta (mexanik, fizik, ximiyaviy va biologik xususiyatiga bog’liq).
Tuproqning kimyoviy tarkibi - Tuproq qattiq mineral, organik zarrachalar, tuproq eritmasi va havodan tashkil topgan. Mineral moddalar 90-99 %, organik esa 1-10 % gacha bo’ladi. Mineral qismida har xil ximiyaviy birikmalar bo’lib, eng ko’pi SiO2, alyuminiy, temir, kaliy, natriy oksidlaridir. Tuproqda karbonatlar ko’p bo’lsa, kalsiy va magniy oksidlari, sho’r tuproqlarda esa kaliy xlor va natriy xlorlar ko’p bo’ladi. Tuproq tarkibida minimal miqdorda mikroelementlardan kobalt, marganes, simob, bor, temir, ftor, brom va boshqalar bo’ladi. Tuproqning hosildorligi uning kimiyoviy tarkibiga bog’liq. U yoki bu mineral elementlar ko’p yoki oz bo’lishi o’simliklar orqali hayvonlarni Sog’ligiga va mahsuldorligiga ta’sir qiladi. Mineral elementlarga kambag’al tuproqlarda o’simliklarni hosildorligi past bo’lib, to’yimli moddalar kam bo’ladi. Xatto shu zonadagi suvning tarkibiga ta’sir etadi.
Agar Sa va R tuzlari yetishmasa, o’simlikda ham yetishmaydi, oqibatda hayvonlar organizmida mineral moddalar almashish buziladi. Suyak kasalliklari ko’payadi, nasldorlik pasayib, mahsuldorlik kamayadi.
Natriy yetishmasa hayvonlarni ishtaxasi pasayadi, oqsil yig’ilishi kamayadi, markaziy nerv sistemasi tez charchaydi, yurakni ish faoliyati buziladi va hakozo. Keyingi yillarda hosildorlikni oshirish maqsadida azotli ug’itlar ko’p ishlatiladi. Bu esa tuproq, suv, o’simliklarni tarkibida nitratlarni ko’payishiga sabab bo’lib, hayvonlarni zaharlaydi (har ga 150 kg bug’doy, javdar va boshqa o’simliklar tarkibida mumkin bo’lgan darajadan ortib ketadi).
Mikroelementlarni biologik rolini 1891 yil biogeoximiyaning ya’ni tuproqni ximiyaviy tarkibini bo’tun tirik organizm bilan bog’lanishini o’rganadigan fanning asoschisi akad. V.I.Vernadskiy o’rgangan va isbotlagan. Mikroelementlarni tuproq, suv va tirik organizmlar o’rtasida taqsimlanishini uni shogirdlari A.P. Vinogradov, Ya.V. Peyve, V.V.Kovalskiy va boshqalar o’rganganlar ya’ni biogeoximiyaviy provinsiyani ta’limotini yaratganlar. Biogeoximiyaviy provinsiya ma’lum viloyat tuprog’ida, o’simlik dunyosida, suv va hayvonlar organizmida u yoki bu elementlarni ko’p yoki oz bo’lishiga aytiladi. Bu ixtiro ko’pgina hayvon va odamlar kasalliklari tug’risida bilishga sharoit yaratdi. Bunday kasalliklarga Biogeoximiyaviy enzootiya kasalliklari deyiladi. Mamlakatimizda enzootik kasalliklar har xil joylarda uchraydi. Masalan: yod yetishmasligidan – buqoq (zob); kobolt yetishmasligidan akaboltoz (suxotka), mis yetishmasligidan akuproz (lizuxa) kasalliklari aniqlangan.
Kaspiy buyi, Dog’iston, Checheniston, Ingushetiya va boshqa rayonlarda mis yetishmasligi va qurg’oshin - molibden sulfatlarni ko’pligidan yosh hayvonlar va bug’oz qo’ylarda ataksiya kasalligi uchraydi.. Boshkirtistonda misni ko’pligidan (normadan 40 barobar ko’p) qon ishlab chiqarish buziladi, qonda eritrosit va gemoglabin kamayadi, jigar kattalashadi, juda oriqlaydi va halok bo’ladi.
O’zbekiston sharoitida birinchi bo’lib Zarafshon vohasida, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida biogeoximiyaviy provinsiyani prof. M.A. Rish va uning shogirdlari R.A.Aminov, D.V.Abdullayev, K.A.Askarov, Sh.M.Xolmatov va Sh.N. Nazarovlar aniqladilar. Ohakli va ishqorli tuproqlarda molibden erigan holda ko’p uchrab, qoramol va qo’ylarni zaharlaydi. Yaylov o’simliklari muzlaganda yoki quritilganda molibden erimaydigan birikmaga aylanib, zaharlaydi. Tuproq va suvda ftor elementi ko’p bo’lsa odam va hayvonlarda flyuoroz kasalligi uchraydi yetishmasa tishlarda chirish kasalligi bo’ladi. Qorqalpog’iston, Xorazm, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari, Dolvarzin, Qarshi, Muborak, Qoraqum, Nishon xo’jaliklarida mis yetishmasligidan endemik gepatit, qora junli depigmentasiyalanishi va jun tukilishi kuzatiladi. Yod yetishmasligidan buqoq, sigirlarni qisir qolishi, mahsuldorlikni kamayishi bo’ladi. Bu kasallik Buxoroning qorakul, Farg’onaning markaziy tumanlarida, Andijon, Shaxrixon, Samarqandning Jomboy, Okdaryo, Ishtixon tumanlarida uchraydi. Rux yetishmasligi Jizzax viloyati G’allaorol, Zomin, Zarbdor, Samarqandning Nurobod, Navoiyning Nurota, Qashqadaryoning G’o’zor va Yakkabog’ tumanlarida uchraydi. Buxoroning chul tumanlarida Qashqadaryoning g’arbiy tumanlarida, Samarqandning Urgut va boshqa tumanlarida o’simlik va tuproqda misni ko’pligidan misdan zaharlanish – ya’ni jigar va qonga misni tarqalishi kasalligi bo’ladi. Shunday qilib tuproqda yetishmaydigan makro va mikroelementlarni o’g’it tariqasida o’simliklarga berilishi yoki mikroo’g’itlar ishlatilishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari rasionga ham makro va mikroelementlar qo’shib berib boriladi.
Tuproq har xil mikroorganizmlarga juda boy bo’ladi. (bakteriyalar, aktinomisitlar, mog’orlar, achitqilar protozoalar, suv hayvonlari). Eng ko’pi tuproqning 10-30 sm qalinligida uchraydi. Ustki betida juda kam bo’ladi. Chunki quyosh nuri va qurg’oqchilik ta’sirida nobud bo’ladi. 2-4 m chuqurlikda 1-2 ta va 6 m chuqurlikdan keyin mikroblar bo’lmaydi. Mikroorganizmlarni Soni yilning fasliga qarab o’zgaradi: qishda eng kam, bahorda eng ko’p va yozda esa maksimumga yetadi. Ko’pincha tuproq tarkibida saprofit bakteriyalar bilan bir qatorda patogen mikroblar sporalari va gelmintlar tuxumlari ham ko’p o’chraydi. Patogen mikroblar odam va hayvonlarni axlati, sulagi va boshqa ajratmalari, shuningdek yuqumli kasalliklardan o’lgan hayvonlarni jasadlaridan o’tadi. Ular tuproqqa tushgandan keyin tez halok bo’ladi yoki patogenlik xossasini yo’qotadi. Biroq spora hosil qiladigan bakteriyalar (kuydirgi, qoqshol, gazli gangrena, botulizm) uzoqyillar tirik qolishi mumkin.
1881 yil Lui Paster kuydirgidan o’lgan jasadni ko’mib 17 yildan keyin ochgan, kursa sporaga uralgan mikroblar tuliq yashash qobiliyatini yo’qotmaganligini aniqladi. Qorason (emkar) mikroblari 30-40 yil yashaydi. Bu kasalliklarni tuproq infeksiyasi deb ataladi. Bu mikroblarni uzoq yashashiga oziqa muhiti va namlik bor yo’qligi ko’p darajada sabab bo’ladi. Nam tuproqda quruqqa nisbatan 2-4 barobar uzoqroq saqlanadi. Tuproqda doimo yashaydigan ba’zi bir bakteriya va zamburug’lar patogen mikroblarni dushmanidir, chunki bularda ishlab chiqariladigan bakteriofag va antibiotiklar ularni halok qiladi. Kuydirgi kasalligini mikrobi tuproq neytral yo kuchsiz ishqoriy muhitda bo’lsa aktivlashadi. Tuproqda ma’lum sharoitlarda spora hosil qilmaydigan patogen mikroblar (sil kasalligi, brusellez, cho’chqa saramasi, salmonellez, nekrobasillez, oqsil, dermotomikoz) ham uchraydi.
Patogen mikroblardan tashqari gelmintlarning tuxumi ham ko’p o’chraydi. Yer betiga tushgan askaridalar quyosh nuri ta’sirida namlik yo’qligi tufayli 7 Soatda nobud bo’ladi, ammo 2-10 sm chuqurlikda esa bir yilgacha saqlanadi. Ba’zi bir gelmintlarning tuxumi har xil iqlim sharoitidagi tumanlar tuprog’ida 2 va undan ko’proq yillar yashash qobiliyatini yo’qotmaydi va kelgusida ozuqa va suv orqali hayvonlarni kasallantiradi. Insoniyat va hayvonot olamida paydo bo’ladigan hamma iflosliklar, chiqindilar tuproqqa tushishi tabiydir. Ammo, bu murakkab, organik moddalar qator omillar ta’sirida o’simliklar uchun zarur bo’lgan organik birikmalarga aylanib qoladi. Lekin, iflosliklar haddan tashqari ko’p bo’lsa tuproq bularni zararsizlantira olmaydi. Aksincha iflosliklarni organik qismi patogen mikroblar uchun oziqa muhit bo’lib, ularni ko’payishi va rivojlanshiga sabab bo’ladi. Iflos tuproq atmosfera havosini ham ifloslantiradi, pashsha kemiruvchilar ko’payadi va natijada kasalliklar ko’payadi. (havo changi temasini eslating). Hozirgi kunda tuproq radioktiv chiqindilar bilan ham ifloslanish ehtimolini oldini olish gigiyena tomondan ahamiyati katta. Agar tuproq radioaktiv moddalar bilan ifloslansa bu moddalar o’simliklarga, suvga, hayvonlarga go’sht va sut orqali odamga ham o’tadi.
O’liklarni ko’ydirish – xavfli yuqumli kasalliklardan (ko’ydirgi, qoraСOn, quturish va boshqalar) o’lgan hayvonlarning o’ligi butunlay terisi shilinmay, ajratgan suyuqliklari bilan birga ko’ydiriladi.
Chiqindi zavodlarida turli kasalliklardan o’lgan hayvonlardan go’sht - suyak uni, qon uni, baliq uni va boshqalar olinadi.
Tuprok paydo bulish jarayonlari natijasida turli tog jinslari, minerallar va organik moddalarning tuxtovsiz maydalanishi va parchalanishi yuzaga keladi.Xamda tuprok tarkibida zarrachalar aralashmasi – dispers sistema xosil buladi.
Dispers sistemadagi ulchami 0,2 dan 0,001 m (mikron) gacha bulgan zarrachalarga tuprok kolloidlari deyiladi.Ularning mikdori xar xil bulib, tuprok massasiga nisbatan 1-2 dan 30 -40 % gacha .
Tuprok kolloidlari xam boshka barcha kolloidlar singari xossalarga ega bulsa – da, ayrim xussusiyatlari jumladan, ularni tashkil etuvchi moddalarning sifat tarkibi bilan fark kiladi.
Odatda zarrachalar ulchami 1 mikrondan kichik bulganda kolloid xossalari ruy beradi.Shuning uchun kolloidlarga kadarli fraksiyalar (1-0,2 µ) xam ajratiladi.
Kolloidlar xossasiga ega bulgan barcha zarrachalar yigindisining tuprokning kolloid kompleksi yoki K.K.Gedroyts buyicha tuprokning singdirish kompleksi (TSK) deyiladi.
Tuprokning singdirish kompleksi jumladan kolloidlar tuprokda kechadigan moddalarning singdirishi va almashinishi kabi jarayonlarida bevosita ishtirok etadi.
Tuprokning turli kattik, suyuk va gazsimon moddalarni uzida singdirishi yoki kolloidlar yuzasida ular konsentratsiyasini oshirish xossasiga tuprokning singdirish kobiliyati deyiladi.
Tuprokning eritmadan ba'zi moddalarni uzida singdirib kolish kobiliyati uzok utmishdan ma'lum.Yunon olimi Aristotelning (eramizgacha 384-322 yy.) bundan ikki ming yil oldin yozilgan asarlarida Shur suvni tuprok orkali suzib utkazganda ichishga yarokli xolga kelishi kursatilgan.XVI asrda Bekon Berberi dengizining Shur suvini tuprok katlamlari orkali utkazib, maxsus chukurlarda tuplab, chuchuk suv olish tajribalarini utkazdi.
Tuprokning singdirish kobiliyatini urganish borasida angliyalik olimlar Tompson va Spens 1845 yilda dastlabki laboraoriya tadkikotlari olib bordilar.Ular tuprok orkali ammoniy karbonati yoki ammoniy sulfati tuzlari eritmasini suzib utkazganda, tuzlarning asosi ya'ni ammoniy tuprok tomonidan tulik singdirilib, eritmada esa kuyidagi reaksiya asosida kalsiy sulfat xosil bulishini anikladilar.
Tuprok + (NH 4)2 SO4 = Tuprok + CA SO4.
Shunday kilib, bu tajribalarga kura birinchi bulib, tuprokda almashinish kobiliyatiga ega bulgan asoslar borligi kursatib utildi.
Tuprok kolloidlari va tuprokning singdirish kobiliyatini urganish soxasidagi ilmiy tadkikotlar XIX asrning urtalariga kelib, yanada rivojlantirildi.Tuprokning singdirish kobiliyatini tadkik kilish tarixida ayniksa angliyalik olim D.T.Ueyning xizmatlari kata buldi.Olimning tuprok kolloidlari va singdirish konunlari urganish soxasidagi ishlari 1850-54 yillarda uning kator asarlarida bosilib chikdi.Uey uz tadkikotlari asosida shunday xulosaga keladiki: tuprok eritmadagi birikmalarni tuz xolida emas, balki tuzlaning asoslarinigina singdiradi; tuprok bilan eritma orasidagi almashinish reaksiyasi juda tez-darxol va ekvivalent mikdorida buladi.Agar eritmada erkin xoldagi ishkorlar (NaOH, KOH kabi ) bulsa, ular tuprokda tulik singdiriladi (adsorbilanadi).
Ueyning ishlari Tomas Greem, Brusleyn, Peteres va boshkalar tomonidan 1860 yildan boshlab davom ettirildi.Keyinchalik V.V.Dokuchaev, P.A.Kostichev, A.N.Sabaninlar uz tadkikotlari tuprokning singdirish kobiliyatini urganishga aloxida e'tibor berdilar.Ayniksa tuprok kollidlari va singdirish kobiliyatini urganish borasidagi ishlarni yanada murakkablashtirib, jaxon mikyosidagi yangiliklar bilan boyitgan olim K.K.Gedroytsning xizmatlari aloxida axamiyatga ega.
Kup yillik ilmiy-tadkikot ishlarining natijalari akademik K.K.Gedroytsning «Tuprokning singdirish kobiliyati xakida ta'limot» (1922 y) asarida bosilib chikdi.
Tuprokning singdirish kobiliyati xakida ta'limotni keyinchalik yanada rivojlanishida G.Vigner, S.Matson, ye.N.Ganon (20-30 yillarda) va sungra A.N.Sokolovskiy, N.P.Remezov, A.F.Tyulin, I.N.Antipov-Karataev, S.N.Alyoshin, N.I.Gorbunov, F.Kelli va boshkalarning xizmatlari katta buldi.
Aytilgandek, tuprokning singdirish jarayonlarida kolloidlar asosiy axamiyatga ega.Shuning uchun xam tuprok kolloidlari xakida batafsilrok tuxtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |