32
Menga tanish bir ayol kir yuvish masalasini oilaviy hayotining boshlanishida hal qildi.
Yangi kelin qizil futbolkani erining oq rangli paxta matoli ich kiyimlari bilan qo`shib,
avtomat kir mashinasida yuvib yubordi. Suvning esa eng qaynog`ini yoqdi. Erning
egnida faqat kiyib turgan ich kiyimi qoldi xolos. O`zini
hurmat qiladigan hech bir
geteroseksual erkak o`lsayam pushti rang ich kiyim kiymaydi. Rasvo bo`lgan ich
kiyimlarini ko`rib, g`azabdan yorilay deyayotgan er bor ovozi biln qichqirdi: “Mening
ich kiyimlarimga qo`l tekizishni xayolingga ham keltirma!” Xotin esa aynan shuni
xohlardi.
Namunali beka bo`laman deb bor kuchi bilan urinayotgan yaxshi qizlar erkak baribir
yopiq eshiklar ortida fohishani ko`rishni istashini bilishlari zarur. Bu ikki tushuncha u
uchun chambarchas bog`liq.
Nega? Samimiy va doimiy “onalik” erkakni sovitadi. Ha,
erkak hamisha onasiga
o`xshashishini qidiradi deb hisoblanadi. Bu chiroyli nazariya, ammo bu degani siz
holdan toyib
yiqilguncha supurib-sidirib, eringizga bolangizdek g`amxo`rlik qilishingiz
kerak degani emas.
Erkakni oiri bilan sovutadigan 4 holat bor. Shunda u xuddi isyonkor o`spirindek
sizdan qochadi. Siz hamisha yodda tutshingiz kerak bo`lgan 4 asosiy vaziyatlar:
• uni nazorat qilishga urinmang va sizni nazorat qilishini ham so`ramang;
• u hamma bo`sh vaqtini (sizning iltimosingizsiz) siz bilan o`tkazishini kutmang;
• sizsiz o`tgan vaqti uchun hisob berishini so`ramang;
• o`z shaxsiy ishlari bilan shug`ullanishiga imkon bermasdan, holi joniga qo`ymay
ortiqcha g`amxo`rlik qilavermang.
Uni hech qachon siquvga olmang.
Aytaylik, erkak 100 yildan beri ko`rmagan xolasi
bilan suhbatdan keyin telfonni qo`ydi. Agar siz shu zahotiyoq surishtirishni boshlab kim
bilan nima haqida gaplashganini ezib so`rayversangiz, shu topdayoq uning ko`z o`ngida
fartuk taqqan, uy bekasi bo`lgan onaga aylanasiz-qolasiz. Va u har bir o`smir
yigitchadek isyon ko`taradi. Shunday so`z va iboralar borki,
ayollar ularni onalarcha
eshitilishini o`ylab ham o`tirmay, beixtiyor qo`llab yuborishadi: “Bir oz dam ol”, “ Juda
kechga qolib ketma”, “Yetib borganingdan keyin qo`ng`iroq qilib qo`y”, “Ketishdan
oldin u-bu yeb ol”. Erkak o`zini erlik sifati yo`q yosh bolakaydek his qilishiga majbur
33
qilayapsiz. Siz kap-katta erkakka xuddi 2 yashar bolaga aytgandek “Tushdan keyin
uxlab ol, keyin sen bilan o`ynaymiz, kochaga chiqamiz”, deyapsiz.
Erkakni hisob berishga majbur qilib va uni nazorat qilish bilan siz o`zingizni
xuddi
onadek tutayapsiz. Ehtimol, u shunchaki yarim soatga ushlanib qolgandir. Balki,
do`stining mashinasini tuzatishga yordam bergandir, ehtimol, oshnalari bilan pivo
ichib qolib ketgandir. Hisob berishiga to`g`ri kelganini
sezishi bilan u erkini
yo`qotgandek his etadi. Shunda u aldamasa ham bo`ladigan vaziyatda biror yolg`onni
to`qiydi . Buni u o`z “sarhadi”ni himoya qilish uchungina qiladi. Bunday so`roqdan
keyin erkak o`zini burchakka haydalgandek his etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: