1-shart
U har doim uchrashuvlarni oldindan belgilaydi.
Ma`nosi: Sizning vaqtngiz va e`tiboringiz u uchun qadrli. Agar siz o`z qadringizga
yuqori baho bersangiz, erkakning ham sizga beradigan bahosi siznikidan kam
bo`lmaydi. Misol keltiraman: u sizga qo`ng`iroq qilib: “Sizni qachon ko`rishim
mumkin?” - deydi. “Istagan vaqting, azizim. Vaqtni ayt, sen uchun men doimo
bo`shman”, - deb javob bera ko`rmang. U sizga jumani aytsa, siz xursand bo`lib rozi
bo`lasiz. Keyin o`ylab turib “Ehtimol, seshanba yaxshiroqdir”. Siz ungayam rozisiz.
Shunda u yana o`ylab: “Balki, kelasi yakshanbadir”, - deydi. Sizga buyam to`g`ri
kelaveradi.
O`zingizni bunday tutishingiz yaramaydi. Muloyimlik bilan sizga ikki kun oqshom vaqti
to`g`ri kelishini ayting. Mayli, qay birilgini o`zi tanlay qolsin. Bunday holda u
ikkoviniyam tanlaydi.
Shunga o`xshash boshqa bir holatni aytib beraman. Mening vrach tanishim xususiy
amaliyotni boshladi. Uning kotibasi bemorlarga: “Mening barcha vaqtim bo`sh,
istaganini tanlang”, - deyishini istamasdi. Buning o`rniga kotibaning: “Doktor sizni soat
2. 15 va 4 15 larda qabul qilishlari mumkin. Qay biri sizga qulay?” - deyishini buyurdi.
Juda bandligiga qaramay har bir bemor uchun qulay vaqt belgilaydigan doktorni
bemorlari hurmat qiladi
30
2-shart
Agar nimadir sizning ko`nglingizdagidek bo`lmasa, u bilan uchrashmang.
Ma`nosi: U ikkovingiz uchun ham qulay vaqtni tanlashi kerak. Erkak soat to`qqizni
ko`rishishni istayorganini aytyapti, ammo siz buncha kech qolib ketgingiz yo`q. “Men
vaqtliroq ko`rishsak degandim”, - deb unga ayting. Agar u ishdan kech chiqqani uchun
bu to`g`ri kelmasligini aytsa, bundan muammo yasamang. Shunchaki uchrashuvni
boshqa kunga qoldiring.
3-shart
Agar sizga erkak yoqmasa, darhol u bilan uchrashishni to`xtating, uni bekorga
umidvor qilib yurmang.
Ma`nosi: Sizga qanday munosabatda bo`lishlari kerakligi haqida aniq standartlar
mavjud. Deylik, siz u bilan birinchi marta uchrashayapsiz. Erkakning kayfi bor va o`zini
risoladagidek tutmyapti. Boshlovchilarga maslahatim: hech qachon ichgan odam
boshqarayotgan mashinaga o`tirmang. Doimo yashirin cho`ntagingizda plastik karta va
naqd pul olib yuring.
Hamrohingizga uyga ketishingiz kerakligini ayting. Uzr so`rang-u, ayollar xonasiga
chiqing va taksi chaqiring.
Mening Kelli degan dugonam ayollar borasida juda omadi chopgan bir erkakni tan
berishga majbur qildi. U bunga osongina erishdi. Yigit juda omadli, juda kelishgan va
juda ko`p ayollarga yoqardi. Kellini u o`zi doimiy ovqatlanib yuradigan kafeteriysida
tushlik qilayotgan vaqtida uchratib qoldi va birinchi bo`lib e`tibor qaratdi. Bu erkakdan
o`ziga bo`lgan ishonch yog`ilar va barcha ayollarning diqqatini tortardi.
Ammo Kelli bundan mustasno bo`ldi. Erkak uning diqqatini tortishga harchand
urinmasin, uning diqqati butunlay sendvichga qaratilgan edi. Albatta, shundoq yigit
unga qarayotganini bilardi, ammo payqamaganga oldi. U seshanba kuniyam keldi.
Chorshanbada ham va payshanbada ham. Nihoyat u bilan gaplashishga erishdi. Kelli
darrov javob beravermadi: “Men sizni bilmayman, shuning uchun sizga ishq ko`zlari
bilan qarolmayman. Biz do`stlashishimiz mumkin, nima bo`lishni keyin ko`ramiz”.
31
Qarshimizda ayollar uni ko`rsa yiqilishiga o`rganib qolgan yigit. Kelli esa unga go`yoki
ringga chaqiriqdek bo`ldi. Qo`lga kiritish oson emasligini darrovgina ko`rsatib qo`ygan
bu ayolning ko`nglini olish uchun uning izidan qolmaslikka to`g`ri keldi. Kelli uni deb
har ko`yga tushmadi, balki aslicha qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |