tayyorgarlikni talab qiladi. Ularni o‘tkazishdan bir hafta oldin reklama e’lonlari radio
va televidenie orqali berilishi, mahalliy matbuotda chop etilishi mumkin (agar bu
etarli darajada yirik magazin bo‘lsa). Magazinda vitrinalar va savdo zali bezatiladi.
Kichik magazinlar ichki va tashqi reklama taxtalari, plakatlar va ko‘rgazma
o‘tkaziladigan joy va vaqt, qo‘shimcha xizmatlar, yangi tovarlar, ularning
307
xususiyatlari va afzalliklari haqida axborot beradigan boshqa reklama-axborot
vositalari tayyorlashi mumkin.
Oziq-ovqat
magazinlarida
ko‘rgazma-savdolar
reklama
qilinayotgan
mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni tatib ko‘rish bilan biralikda o‘tkazilishi
mumkin.
Ma’lumki, magazindagi xaridlarning qariyb yarmi xaridorlar tomonidan
impulsiv ravishda, ya’ni oldindan rejalashtirilmagan ravishda, tovarning tashqi
ko‘rinishi, o‘rovi ta’siri ostida yoki sotuvchining maslahati bilan amalga oshiriladi.
Masalan, AQSHda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, amerikaliklar o‘ziga-
o‘zi xizmat ko‘rsatish magazinlarida xaridlarning 40%igacha impulsiv ravishda,
asosan magazindagi ichki reklama ta’siri sotida amalga oshiradi. Tovar haqida
sotuvchidan olinadian axborot og‘zaki reklamani ifodalaydi. Shu sababli
magazinning reklama faoliyatida sotuvchining roli ancha sezilarli. Uning ishi faqat
taklif etilayotgan tovarlarni bilishga emas, balki ularni xaridorlarga to‘g‘ri taklif qila
olishga ham asoslanishi lozim.
Sotuvchi ishtirokida og‘zaki reklama boshqa barcha reklama turlaridan
individual muloqot imkoniyati bilan farqlanadi. Sotuvchi, xaridorning xarakterini
baholar ekan, unga yondashuv usulini belgilab oladi. Masalan, xarakteri bo‘yicha
harakatsiz, sust xaridorlarga faolroq xizmat ko‘rsatish, ularga maslahat berish va
ishontirish yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatish lozim. Xolerik xarakterga ega bo‘lgan odmlar
bilan muloqotda sotuvchi ayniqsa iltifotli bo‘lishi lozim.
Xaridor xarakterini o‘rganish jarayoni bir lahzada, deyarli intuitiv ravishda
amalga oshirilishi lozim. Xaridor xarakteri unga psixologik ta’sir ko‘rsatish usulini
aniqlashda – tovarni ko‘rsatish, u haqida batafsil so‘zlab berish, o‘xshash tovarlar
oldidagi ustunliklari va xususiyatlarini ta’kidlashda ham boshlang‘ich nuqta bo‘lib
xizmat qiladi. Xaridorni tinglar ekan, shu tariqa sotuvchi xarid motivlarini bilib oladi.
Xarid motivatsiyasiga ichki va tashqi omillar ta’sir etadi. Ichki omillar tovarning
o‘zida mujassam topadi. Ko‘pincha xaridor tovarning tashqi ko‘rinishi ta’siri ostida
xarid haqida qaror qabul qiladi. Xarid motivlari xilma-xil bo‘lishi mumkin. Motivga
qarab xaridorga yondashuv ham belgilanadi.
308
Xaridor bilan muloqot jarayonida sotuvchi uning tovardan manfaatdorligini
qo‘llab-quvvatlashi lozim. Agar xaridor e’tiroz yoki shubha bildiradigan bo‘lsa,
sotuvchi tovarni himoya qilish uchun dalillar topishi va uning adolatli fikrlariga
qo‘shilishi lozim.
Og‘zaki reklamada xaridorda tovarga e’tibor tugamasligiga erishish lozim.
Savdo amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, xaridor bir vaqtning o‘zida uchtadan ortiq
predmetni ko‘rib chiqishi qiyin, chunki bunda uning e’tibor taqalib ketadi. SHu
sababli sotuvchi bir xil tovarning uchtadan ortiq namunasini ko‘rsatmasligi lozim.
Magazinda ichki radiotranslyasiya muhim rol o‘ynashi mumkin. Yirik
magazinlarda uning ma’muriyati savdo zaliga yangi tovarlar kelib tushgani haqida
radio orqali e’lon qilishi, tovarlarni seksiya va bo‘limlarda tovarlarni joylashtirish
haqida axborotga e’tibor qaratishi mumkin. Quruk e’lonlar bilan chegaralanmasdan,
vaqti-vaqti bilan radioroliklar ham berish kerak.
Xaridorlarda magazinga tashrif buyurish bilan bog‘liq ijobiy hissiyotlar
uyg‘otish va kuchaytirish uchun mahalliy radio orqali musiqa eshittirishni yo‘lga
qo‘yish lozim. Lekin shuni ta’kidlash joizki, bu tadbir mas’uliyatli bo‘lib, u yoki bu
xodimning musiqiy ta’biga ishonib qolish kerak emas. Bu erda xaridorlar asosiy
qismining dididan kelib chiqish lozim. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, kundalik
tovarlar sotiladigan magazinga ish vaqtida asosan pensionerlar tashrif buyuradi,
ularda esa retro musiqalar ijobiy hissiyotlar uyg‘otishi mumkin. Mehnatga layoqatli
yoshdagi xaridolar uchun esa turli avlodlar va ijtimoiy guruhlarga to‘g‘ri keladigan
universal musiqa qo‘yish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: