Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B


 Vitrinalar reklama vositasi sifatida



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

15.4. Vitrinalar reklama vositasi sifatida  

 

Vitrinalar, ularning turlari, tasniflanishi va ularga qo‘yiladigan talablar 

Vitrinalar eng  muhim savdo reklamasi  vositalaridan sanaladi. Ularni bezatishda 

natural tovarning reklama namoyishi tamoyili asos qilib olinishi lozim. 

Magazinning  funksional  elementi  sifatida  vitrinaning  asosiy  vazifalari 

quyidagilardan iborat: 



 

309 


•  sotuvda  bo‘lgan  tovarlar  assortimenti  bilan  tanishtirish,  u  yoki  bu  mavsum 

yaqinlashayotganini eslatish; 

• yangilik tovarlarni reklama qilish, modadagi yangi yo‘nalishlarni aks ettirish; 

•  magazinda  mavjud  bo‘lgan  savdo  usullari  va  xaridorlarga  taklif  etiladigan 

maxsus xizmatlar haqida xabar berish. 

Vitrinalar  sof  reklama  rolidan  tashqari  muhim  tarbiyaviy  rol  ham  o‘ynaydi, 

chunki  nooziq-ovqat  tovarlar  va  oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  haqida, 

turmush tarzi va milliy an’analar haqida so‘zlab beradigan xalq iste’moli predmetlari 

doimiy ishlab turadigan o‘ziga xos ko‘rgazmasini ifodalaydi. 

Vitrinalarning  ahamiyati  kiyinish  madaniyati,  estetikani  targ‘ib  qilishdan  ham 

iborat.  Did  bilan  bezatilgan  vitrinalar  xaridorni  yangi  moda  yo‘nalishlariga 

yo‘naltiradi,  ularni  ayrim  aksessuarlarni  to‘g‘ri  tanlashga,  dasturxon  bezatish  va 

h.k.ga o‘rgatadi. Vitrinalar xaridorlarga savdo korxonasi taqdim etadigan qo‘shimcha 

xizmatlar haqida ham gapirib beradi. 

Bundan  tashqari,  vitrinalar  ko‘chalarni  bezatishning  ham  asosiy  elementi 

hisoblanadi.  Ular  ko‘chalarni  jonlantiradi,  bayramona  ruh  baxsh  etadi. 

Magazinlarning  yorug‘lik  reklamasi  va  viveskalar  bilan  birgalikdagi  yoritilgan 

oynalari  zamnoaviy  shaharlar  va  boshqa  aholi  punktlarining  tungi  bezagi  bo‘lib 

xizmat qiladi. 

Vitrinalar magazin intereriga qarab uchta asosiy turda bo‘lishi mumkin: 

1. Interer bilan to‘liq uyg‘unlashadigan vitrinalar. Ular zamonaviy me’morchilik 

magazinlari uchun xosdir. 

2.  Intererni  ko‘chadan  erkin  tomosha  qilish  imkonini  beradigan  tasma  turidagi 

vitrinalar.  Bunday  vitrinalar  savdo  zalidan  oyna  bilan  ajratilgan  va  poldan  biroz 

ko‘tarilgan holda bo‘ladi. 

3.Bir-biridan  ikki  deraza  o‘rtasidagi  devor  bilan  ajratilgan  vitrinalar  (eski 

me’morchilik magazinlarida). 

Zamonaviy  me’morchilik  magazinlarida  vitrina  yo‘lovchilarga  magazin 

intererini  ochib  beradi.  Savdo  zali:  uning  intereri,  tovarlar  ekspozitsiyasi  ham 

vitrinaga  aylanadi.  Ilgari  vitrina  qutisining  asosiy  qismi  bo‘lib  xizmat  qilgan  orqa 




 

310 


devor  endi  olib  tashlangan.  Boshdan-oyoq  ko‘rinib  turadigan  vitrina  xaridorlarni 

magazinga  jalb  qiladi,  an’anaviy  (orqa  devori  bor)  vitrina  esa  bu  maqsadga  kamroq 

darajada javob beradi. 

SHu bilan birga, vitrinada – u an’anaviy yoki zamonaviy bo‘lishidan qat’i nazar 

–  reklama  funksiyasi  o‘zgarmagan.  U  avvalgidek  tovarlar  haqida  axborot  berishi, 

ularni xarid qilishga yordam berishi lozim. 



Magazinlarning  oynali  vitrinalarini  reklama  qilinadigan  tovarlarni  tanlash, 

mazmunga qarab tasniflash mumkin. 

Tovar belgisi bo‘yicha vitrinalar quyidagilarga bo‘linadi: 



kombinatsiyalangan  vitrina  –  talab  yoki  iste’mol  umumiyligi  bilan  bog‘liq  bir 

nechta  tovar  guruhlari  mahsulotlarini  reklama  qiladi.  Masalan,  «Kiyim-kechaklar» 

magazinlarida  bolalar,  ayollar  va  erkaklar  uchun  iste’mol  komplekslarini  namoyish 

etadigan vitrinalar bo‘lishi mumkin; 



ixtisoslashgan  vitrina  –  bitta  tovar  guruhidagi  tovarlarni  namoyish  etadi. 

Masalan,  maishiy  elektr  jihozlar  sotish  bo‘yicha  magazinlarda  elektr  yoritish 

uskunalari,  kir  yuvish  mashinalari,  changyutgichlar,  muzlatgichlar  alohida  namoyish 

etiladi; 



tor  ixtisoslashgan  vitrina  –  tovar  guruhi  mahsulotlari  qismini  namoyish  etadi 

(masalan, fotoapparatlar, qo‘l soatlari, erkaklar ko‘ylaklari); 



aralash  turdagi  vitrina  –  ular  o‘rtasida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  aloqa  bo‘lmagan  turli 

guruhga mansub tovarlarni namoyish etadi. 

Bezatish xarakteri bo‘yicha vitrinalar quyidagicha bo‘ladi: 

tovar  vitrinalari  –  ularning  asosini  dekorativ  elementlardan  foydalanmagan 

holdagi tovarlar tashkil qiladi. Masalan, «Oshxona  uchun  idish-tovoqlar» vitrinasida 

tovar keng assortimentda taqdim etiladi; 

tovar-dekorativ  vitrinalar  –  bu  erda  tovar  bilan  bir  qatorda  ularning  yordamida 

tovarning  eng  muhim  xususiyatlari  va  xossalari  ta’kidlab  ko‘rsatiladigan  dekorativ 

elementlar qo‘llanadi. Masalan, sovutgichlar, kir yuvish mashinalari, changyutgichlar 

reklamasi; 



syujetli vitrinalar – biron-bir janrga oid sahnadan  foydalangan holda bezatiladi. 


 

311 


Masalan,  bolalar  uchun  tovarlar  sotishga  ixtisoslashgan  magazinlarda  ertak  va 

multfilmlar mavzusidagi vitrinalar; 



tematik vitrinalar – bayram, yubiley va tantanali voqealarga moslab bajariladi. 

Tematik  vitrinalarni  bezatishda  matn,  fotosurat,  plakat,  diagrammalardan  keng 

foydalanish zarur. Tovarlarni joylashtirish yorqin va samarali bo‘lishi lozim. 

Texnik vositalar bo‘yicha vitrinalar statik, dinamik, kombinatsiyalangan turlarga 

bo‘linadi.  Ularda  ekspozitsiyaga  harakat  va  dinamika  baxsh  etish  uchun  mexanik 

qurilmalar va boshqa moslamalar o‘rnatish mumkin. 

Vitrinalarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: 

1. Vitrinalar, qoidaga ko‘ra, boshdan-oyoq ko‘rinadigan, imkon bo‘lgan joylarda 

esa  –  ularda  qo‘yilgan  tovarlar  ko‘chadan  ham,  savdo  zalidan  ham  ko‘rinib  turishi 

uchun ikki tomonlama bo‘lishi lozim. 

2.  Vitrinada  faqat  sotuvda  bo‘lgan  tovarlarni  namoyish  etish  mumkin.  Agar 

tovar sotib bo‘lingan bo‘lsa, uning namunalari vitrinadan olib qo‘yilishi lozim. 

3.  Vitrinada  faqat  tovarlarning  natural  namunalari  (atir,  odekolon,  pudra,  krem 

qutilari va h.k.) qo‘yishga ruxsat etiladi. 

4.  Vitrinada  mulyaj  va  butaforiya  ko‘rinishida  tovarlarning  sun’iy  qiyofalarini 

namoyish etish taqiqlanadi. 

5.  Vitrinada  tovarlar  bilan  bir  qatorda  qo‘yilgan  tovarlarning,  ayniqsa,  yangilik 

tovarlar va xaridorga yaxshi ma’lum bo‘lmagan tovarlarning iste’mol xususiyatlarini 

ochib beradigan reklama matni berilgan plakatlardan foydalanish maqsadga muvofiq. 

Vitrinaga  qo‘yilgan  tovar  namunalari  raqamlari  aniq  yozib  qo‘yilgan 

narxko‘rsatkichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 

6.  Savdo  zalini  tabiiy  yorug‘lik  bilan  ta’minlaash  maqsadida  ko‘rgazma 

bezaklari qoidaga ko‘ra vitrina oynasi maydonining yarmidan ortig‘ini egallamasligi 

lozim. 


7.  Vitrinada  foydalaniladigan  inventar  tovardan  e’tiborni  chalg‘itmasligi  uchun 

ko‘zga tashlanmaydigan bo‘lishi lozim. 

8.  Ayni  paytda  magazinda  mavjud  bo‘lgan  tovarlar  assortimentini  namoyish 

etishda mavsumiylik omilini hisobga olish zarur. 




 

312 


9.  Vitrinalar  kamida  bir  oyda  ikki  marta  yangilanib  turishi  lozim.  Dinamik 

qurilmali  va  mavsumiy  vitrinalar  har  uch  oyda  yangilanib  turishi  mumkin.  Rangi 

o‘chib  ketishi  va  dastlabki  ko‘rinishini  yo‘qotishi  mumkin  bo‘lgan  tovarlar  tez-tez 

almashtirib turiladi. 




Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish