Tentlar suv yuqmaydigan mato tortilgan metall romni ifodalaydi. Yig‘iladigan
tentlar eng qulay hisoblanadi. Bunday tentni ochish va yig‘ish uchun mexanizm unga
mato tortiladigan valik va shu valikni qo‘lda aylantiradigan yoki mexanik uzatmadan
iborat. Tent vitrina ichkarisida tovarlar yonida joylashgan hamda quyosh nurlari
tushganda uzatma dvigatelini ishga tushiradigan fotoelement yordamida avtomatik
Vitrinalar ustidagi soyabonlar vitrinalarni quyosh nurlari ta’siridan saqlash,
316
shuningdek, yoritish qurilmalari armaturasi va reklama yorug‘lik qurilmalari
o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ular xaridorlarni qor va yomg‘irdan
himoya qiladi. SHu sababli yog‘in-sochin kunlarda soyabonli vitrinalar reklama rolini
o‘ynashda davom etadi.
Zamonaviy soyabonlar konstruksiyalari soddaligi va engilligi bilan ajralib
turadi. Soyabonlarni jihozlash uchun shifer, asbotsement plita, stekloplastik kabi
materiallar keng foydalaniladi.
Vitrina inventari va vitrinalarni bezatish uchun materiallar
Vitrina inventari tovarlarni vitrinada ko‘rsatish, shuningdek, ularni magazinning
savdo zalida reklama uchun joylashtirish maqsadlarida xizmat qiladigan moslama va
qurilmalarni ifodalaydi.
Zamonaviy vitrina inventari bu – peshtaxta, stellaj, podium, turli balandlikdagi
kublar, parallelepiped va silindrlar, turli konstruksiyadagi tagliklar, manekenlar va
ularning qismlari (qo‘l, oyoq, byust, bosh), shuningdek, gorka, postament, taxta, narx
yorliqlari, tovarlarni joylashtirish uchun lotoklar, dinamik va yorug‘lik qurilmalari va
boshqalardir.
Vitrinalarni bezatishda inventarning vazifasi – tovarga makonda ma’lum bir
holat berish, uni eng ifodali namoyish etishdir.
Vitrina inventari oddiy va mustahkam bo‘lishi, beso‘naqay bo‘lmasligi, ko‘zga
tashlanmaydigan va universal bo‘lishi lozim. Vitrinani minimal sondagi inventarlar
bilan bezatishdan boshlash kerak.
Vitrinani sistematik ravishda qayta bezatish kerakligi sababli inventar undan har
bir ekspozitsiyani almashtirishda foydalanish mumkin bo‘lishi uchun universal
bo‘lishi lozim. O‘rnatish tezligi va foydalanish qulayligi, boshqa joyga ko‘chirish
mumkinligi – yaxshi inventarning muhim jihatlaridir. SHu bilan birga inventar
magazin xarakteriga, vitrinalarga, shuningdek, tovarning ko‘rinishiga aniq mos
kelishi lozim.
Ko‘zga kam tashlanadigan inventar dekoratorga vitrina ekspozitsiyasini
xaridorlarning e’tibori bevosita tovarning o‘ziga qaratiladiagn darajada bezatishga
imkon beradi.
317
Vitrina inventarini tayyorlash uchun turli materiallar qo‘llanadi, xususan: metall
novdachalar, quvurlar, metall tasmalar, tunuka, yog‘och, yog‘och va qirindi plitalar,
pape-mashe, fanera, shpon, qatlamli plastik, silikat va organik oyna, penoplast,
porolon.
Barcha vitrina inventarini vazifalari, tuzilishi va tayyorlash xarakteri bo‘yicha
ajratish mumkin.
Vazifalar bo‘yicha vitrina inventari quyidagilarga ajratiladi:
universal – vitrinalarda har xil shakldagi (kvadrat, silindr, uchburchak, kub)
modellar ko‘rinishida tayyorlanadigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari turli
guruhlarini namoyish etish uchun qo‘llanadigan tagliklar, gorka, stolchalar;
Do'stlaringiz bilan baham: