Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

Vitrina ko‘rgazmasi kompozitsiyasini ishlab chiqish qoidalari 

Oynali vitrinani bezatish bo‘yicha ishlar reklama qilish mo‘ljallangan tovarlarni 

tanlashdan  boshlanadi.  Tovarni  tanlash  korxonaning  reklama  faoliyati  rejasiga 

muvofiq,  shuningdek,  tijorat  vazifalarini  hisobga  olgan  holda  belgilanadi.  Reklama 




 

323 


ob’ektini  –  tovarning  vazifalari  va  xossalari,  iste’mol  shartlari  va  boshqa 

xususiyatlarini  –  batafsil  o‘rganish  vitrina  g‘oyasi  va  maqsadli  ko‘rsatmalarini 

belgilash  uchun  xizmat  qilishi  lozim.  Vitrina  g‘oyasiga  muvofiq  unda 

joylashtiriladigan  matn  va  shiorlar  belgilanadi,  vitrinaning  kompozitsion  tuzilishi 

ishlab chiqiladi. Ish vitrinani bezatish eskizi tuzish bilan yakun topadi. 

Eskiz tovarlar, asbob-uskunalar va dekorativ elementlarni vitrinada joylashtirish 

dastlabki  sxematik  rejasi  bo‘lib,  qalam,  bo‘yoq  yoki  applikatsiya  yordamida  qog‘oz 

varoqda chiziladi. 

Eskizga  odatda  izohlovchi  xat  biriktirilib,  unda  oynali  vitrinaning  asosiy 

mazmuni bayon qilinadi, foydalanish zarur bo‘lgan vitrina inventari, tovarlar soni va 

ro‘yxati keltiriladi, vitrinani bezatish bo‘yicha boshqa ko‘rsatmalar beriladi. Vitrinani 

bezatish san’ati shundan iboratki, vitrina qutisi maydoni va kompozitsiya tuzilishidan 

oqilona foydalanish  lozim. 

Vitrinada  ekspozitsiya  makon  jihatidan  old,  o‘rta  va  orqa  sahnaga  bo‘linishi 

lozim. Bu esa ayrim predmetlar boshqalardan ko‘ra oynaga yaqinroq, boshqalari esa 

–  vitrina  ichkarisida  joylashishi  lozimligini  anglatadi.  Qo‘shimcha  ekranlar 

yordamida  yaratiladigan  fon  yordamida  vitrina,  uning  proporsiyasi  va  ko‘lamini 

ko‘rish yordamida idrok qilishni o‘zgartirish mumkin. 

Vitrina  ko‘zga  yaqqol  tashlanib  turadigan  bo‘lishi  kerak.  Bunga  vitrinaning 

kompozitsion  markazi  yaratish  yo‘li  bilan  erishish  mumkin  bo‘lib,  u  tomoshabin 

nazariga  birinchi  bo‘lib  tashlanadigan,  undan  keyin  esa  tomoshabin  e’tibori 

ahamiyatning  o‘sib  borish  tartibida  ekspozitsiyaning  boshqa  elementlariga  ko‘chib 

o‘tadi.  Alohida  qismlarga  bir  xil  ahamiyat  qaratiladigan  vitrina  hech  qachon 

uyg‘unlikdagi  bir  yaxlitlik  sifatida  qabul  qilinmaydi:  u  betartiblik  va  chalkashliklar 

yuzaga keltirib, odamning ko‘zini charchatadi, xolos. 

Kompozitsiya  markazi  o‘rtacha  bo‘yli  odamning  ko‘zlari  balandligida  bo‘lgan 

yuzada, ya’ni 150-165 sm balandlikda joylashgan bo‘lishi kerak. 

Vitrinaning  u  yoki  bu  qismi,  u  yoki  bu  tovar  yoki  dekorativ  element 

kompozitsion  markaz  bo‘lishi  mumkin.  U  optik  markaz  bilan  mos  tushishish  ham, 

undan biroz og‘ishi ham mumkin. 



 

324 


Tomoshabinni  vitrina  ekspozitsiyasini  ko‘rib  chiqishga  majbur  qilish  uchun 

tovarlar  va  bezatish  elementlarini  to‘g‘ri  joylashtirish  va  guruhlash  zarur,  bunda 

dekorativ  san’atda  qabul  qilingan  eng  muhim  kompozitsiya  qoidalariga  amal  qilish 

kerak.  Vitrinalarni  bezatishda  tovarlar  va  dekorativ  elementlarni  kompozitsion 

guruhlashning uchta asosiy tamoyiliga rioya qilinadi. 

Birinchi  tamoyil  –  muvozanatga  amal  qilish.  Muvozanatning  eng  oddiy  turi  bu 

simmetriya hisoblanadi. 

Vitrina  kompozitsiyasi  turlicha  bo‘lishi  mumkin:  simmetrik  va  nosimmetrik, 

tekislikka oid va makonga oid. 

Simmetrik  kompozitsiyada  predmetlar  markazdan  faraz  qilingan  o‘qning  ikki 

tomoni bo‘ylab bir maromda joylashtiriladi, ya’ni chap tomonning oynadagi aksi kabi 

bo‘ladi. 

Nosimmetrik  kompozitsiyada  uning  markazi  biroz  siljigan  bo‘ladi.  Vitrinaning 

bir tarafi ko‘proq to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin, lekin umuman olganda kompozitsiya 

muvozanatli  bo‘lishi  lozim.  Muvozanatga  vitrina  yuzasida  alohida  elementlarni 

to‘g‘ri taqsimlash yo‘li bilan erishiladi. 

Simmetrik  kompozitsiya  ko‘pincha  statik  (harakatsiz)  bo‘ladi.  Nosimmetrik 

kompozitsiya – dinamik bo‘ladi, ya’ni vitrinadagi bezatish elementlari joylashuvining 

o‘zi  harakat  taassurotini  uyg‘otadi.  Dinamik  echim  inson  ko‘rish  orqali  idrok 

qilishiga  ko‘proq  ta’sir  ko‘rsatadi,  demak,  xaridor  e’tiborini  reklama  qilinayotgan 

tovarga  qaratishga  yordam  beradi.  Amaliyotda  ko‘pincha  nosimmetrik  muvozanat 

qo‘llanadi. Bundan tashqari, nosimmetrik kompozitsiya ko‘proq bezatish variantlarini 

beradi. 

Vitrina chuqurligiga qarab, kompozitsiya tekislikka oid va makonga oid bo‘lishi 

mumkin. Vitrina makonida ichkariga qarab foydalanish imkoni bo‘lmagan tovarlarni 

yon  tomondan  joylashtirishga  to‘g‘ri  keladigan  hollarda  kompozitsion  echim  frontal 

yoki tekislikka oid hisoblanadi. 

Agar  vitrina  etarli  darajada  (0,8-1,2  m  va  undan  ortiq)  chuqurlikka  ega  bo‘lsa, 

kompozitsiyani makonda hal etish mumkin. Bunday echim butun vitrina ichkarisidan 

foydalanish va tovarlarni bir necha qator qilib joylashtirish imkonini beradi. 




 

325 


Ikkinchi  tamoyil  –  barqarorlikni  ta’minlash.  Vitrina  ekspozitsiyasi  barqarorligi 

odatda  ko‘rgazma  asosini  kengaytirish,  shuningdek,  yirik  predmetlarni  vitrinaning 

quyi  qismida  va  tomoshabindan  uzoqda  joylashtirish  bilan    erishiladi.  Bunday 

barqarorlikka misol – piramida. 

Uchinchi  tamoyil  –  ritmga  rioya  qilish.  Vitrinani  bezatishning  kompozitsion 

echimida  ritm  alohida  predmetlar  yoki  tovarlar  guruhi  konturining,  shuningdek, 

alohida predmetlar yoki ularning guruhlari o‘rtasidagi  masofa va h.k. takrorlanishini 

ifodalaydi. 

Tovarlarni  vitrinada  namoyish  etish  uchun  ularni  joylashtirishning  xilma-xil 

usullaridan foydalaniladi. Masalan, tovarlar vertikal va gorizontal bo‘yicha harakatsiz 

joylashtiriladi.  Dinamik  joylashtirish  qiya  chiziqlardan.  Aralash  yoki  «fantastik» 

chiziqlar  bo‘yicha  tovarlarni  joylashtirish  qiziqarli  g‘oyalar  yaratadi.  Tovarlarni 

joylashtirishning  u  yoki  bu  usulidan  foydalanish  tovar  xarakteriga  bog‘liq  bo‘ladi. 

Masalan, beso‘naqay mebel statik joylashtirishni, bijuteriya – dinamik joylashtirishni, 

bolalar uchun tovarlar esa - «fantastik» joylashtirishni talab qiladi. 

Amaliyotda tovarlarni  vitrinada joylashtirishda quyidagi kompozitsion echimlar 

ko‘proq tarqalgan: 


Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish