Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

Vitrinalar  tuzilishi.  Vitrinalarni  yaxshi  bezatish  shartlaridan  biri  vitrina  oynasi 

tuzilishining to‘g‘ri bo‘lishi hisoblanadi. 

Vitrina  oynalari  alohida,  devor  teshigiga  o‘rnatilgan  yoki  tashqariga  olib 

chiqiladigan  bo‘lishi  mumkin.  Magazin  binosining  old  tomonini  to‘liq  oyna  bilan 

yopish ham foydalaniladi. 

Konstruktiv jihatdan vitrina shakli va o‘lchami (bo‘yi, eni va chuqurligi) asosan 

vitrinaning  joylashuvi  va  vazifalari  bilan  belgilanadigan  quti  ko‘rinishida  bo‘ladi. 

Ko‘cha  magazinlari  vitrinalari  tuzilishida  ko‘p  narsa  magazin  joylashgan  bino 

fasadining arxitektura echimiga bog‘liq bo‘ladi. 

Vitrinalar  uchun  maxsus  mo‘ljallangan joylarga ega bo‘lgan eski  me’morchilik 

binolarida vitrina qutilari devor teshigiga o‘rnatiladi, bu holatda ularning o‘lchami va 

shakli  uning  konfiguratsiyasi  va  gabariti  bilan  izohlanadi.  Biroq,  qoidaga  ko‘ra, 

bunday  binolarda  oyna  uchun  mo‘ljallangan  devor  teshiklari  oddiy  oynalari 

takrorlaydi  va  ularda  vitrina  qutilarini  joylashtirish  uchun  unchalik  yaramaydi. 

Ba’zida  butun  magazin  fasadi  bo‘ylab  bitta  vitrina  qutisi  o‘rnatiladi.  Bunday  vitrina 

tasmali vitrina deb ataladi. 

Odatda  vitrinalar  uchun  maxsus  joylar  ko‘zda  tutilmagan  zamonaviy 

me’morchilik  binolarida  vitrina  qutilari  bino  fasadining  tayanch  ustunlari  oralig‘ida 

yoki joylashtiriladi tasma turidagi vitrina qutisi ustunlar qatori oldiga o‘rnatiladi. 

Zamonaviy  savdo  binolarida  bir  qator  hollarda  vitrina  qutisi  umuman  mavjud 

bo‘lmaydi,  buning  o‘rniga  to‘liq  oynalangan  fasad  devor  («ochiq  fasad»)  magazin 

savdo zalining intererini o‘ziga xos vitrinaga aylantiradi. 

Vitrina  qutilariga  qo‘yiladigan  asosiy  talab  shundaki,  ular  gorizontal  bo‘yicha 

cho‘zilgan to‘rtburchak shakliga ega bo‘lishi  lozim. Baland  va tor, shuningdek, tepa 

qismi  yumaloqlangan  vitrina  qutilari  vitrina  jihozlarini  joylashtirish  va  bezatishda 

ko‘p qiyinchiliklar tug‘diradi. 




 

313 


Vitrina  qutisining  balandligi  2,5-3  metr,  kengligi  esa  –  mos  ravishda  4-5 

metrdan  oshmasligi  lozim.  Tasmasimon  vitrinalar  istisno  bo‘lib,  ularning  balandligi 

shunday bo‘lgani holda eni (aniqrog‘i – uzunligi) bir necha o‘n metrni tashkil qilishi 

mumkin. 


Har  qanday  vitrina  qutisi,  uning  tuzilishi  qanday  bo‘lishidan  qat’i  nazar,  pol, 

ikkita yon devor va shiftga ega bo‘ladi. Vitrinaning ekspozitsion maydonchasi bo‘lib 

xizmat  qiladigan  pol  tekis  bo‘lishi  lozim.  U  yaxlit  bo‘lishi  yoki  bir  nechta  plitadan 

iborat bo‘lishi mumkin.  

Vitrina  devorlari  silliq  bo‘lishi  lozim.  Devorlar  bo‘yalgan,  elimqog‘oz 

yopishtirilgan,  turli  materiallar  yoki  matolar  qoplangan  bo‘lishi  mumkin.  Vitrina 

qutilari  devorlari  sirtini  qoplash  uchun  karton,  fanera,  plastik,  keramik  plitalar, 

shisha, yog‘och-qirindi plitalar foydalaniladi. Pardoz berish usuli, shuningdek, vitrina 

poli  va  devorlarini  bezash  uchun  materiallar  reklama  qilinayotgan  tovar 

xususiyatlariga,  vitrina  qutisi  o‘lchami  va  tuzilishiga,  vitrinani  bezashning  badiiy 

g‘oyalariga  qarab  tanlanadi.  Oziq-ovqat  tovarlari  vitrinalarini  ochiq  rangli  va  oson 

yuviladigan materiallar bilan qoplash yoki moybo‘yoq bilan bo‘yash afzalroq. 

Vitrina qutisi tuzilishining muhim elementi – oyna solishdir. 

Vitrinalarga  oyna  solishning  bir  nechta  usuli  qo‘llanadi:  oyna  solishning  shkaf 

turi;  juftlab  oyna  solish;  romlarni  qiyaroq  joylashtirgan  holda  juftlab  oyna  solish; 

ekspozitsion oynali ochiladigan tashqi romli shkaf turida oyna solish. 

Oyna solishning shkaf usulida tovar ekspozitsiyasi ekspozitsion va ekran oynasi 

oralig‘ida  joylashtiriladi.  Juftlab  oyna  solishda  ekspozitsion  maydon  bevosita  rom 

ortida, savdo zali tomonda o‘rnatiladi. 

Zamonaviy vitrinalarda ingichka metall romda katta hajmli ko‘zguli oynalardan 

foydalaniladi.  Tasmasimon  vitrinalarda  alohida  oyna  qismlari  o‘zaro  vertikal  metall 

ustunlar yordamida birlashtiriladi. 

Vitrinalarni  yoritish  zaruriy  darajasini  aniqlashda  pol  va  devorlar  rangi  va 

bezalishi,  vitrina  hajmi  e’tiborga  olinadi.  SHuningdek,  tovarlarning  ekspozitsiya 

maydonida joylashishi, ularning rangi, o‘lchami, shakli va h.k. ham muhim ahamiyat 

kasb  etadi.  Magazin  joylashgan  ko‘chaning  yoki  savdo  zalining  umumiy 




 

314 


yoritilganligi  hisobga  olinadi:  ko‘cha  yoki  savdo  zali  qanchalik  yaxshi  yoritilgan 

bo‘lsa, vitrina yoritilganligi ham shunchalik yuqori bo‘lishi lozim. 

Vitrinalarni  to‘g‘ri  yoritish  uchun  yorug‘lik  manbalarini  shunday  joylashtirish 

kerakki,  ular  odamlarning  ko‘zini  qamashtirmasligi  va  tovarlarni  ko‘rib  chiqishga 

xalal  bermasligi  lozim.  SHu  sababli  vitrinada  joylashtirilgan  yorug‘lik  manbalari 

to‘silgan bo‘lishi lozim. 

Ba’zida vitrina shiftiga osilgan lampalar ochiq qoladi, lekin bu holatda oynaning 

yuqori qismi yarim shaffof bo‘yoq bilan bo‘yaladi. 

Vitrinada to‘g‘ri tashkil qilingan yorug‘lik oqimi xaridorlarning asosiy e’tiborini 

qaratish  lozim  bo‘lgan  tovarlarni  ko‘rishga,  rangi  to‘qroq  predmetlarni  yoritishni 

kuchaytirishga,  kerakli  soyalar  hosil  qilishga  va  nihoyat,  elektr  energiyasi  sarfini 

kamaytirishga imkon beradi. 

Yorug‘lik manbalari vitrinaning old qismida (ko‘cha tomonidan) joylashtiriladi. 

Aks holda ayrim tovar o‘z soyasida qolib ketadi va yaxshi ko‘rinmaydi. 

Vitrinaning  barcha  qismlari  bir  tekisda  yoritilishi  uchun  bitta  katta  quvvatli 

lampa  emas,  balki  bir  nechta  kichik  quvvatli  lampalardan  foydalanish  maqsadga 

muvofiq.  Masalan,  vitrina  oynasi  romining  yuqori  qismiga  mustahkamlab  qo‘yilgan 

oynali  qaytargich  bilan  cho‘g‘lanma  lampalar  juda  yaxshi  samara  beradi.  SHakli 

bo‘yicha  turlicha  bo‘lgan  nurqaytargichlar  vitrinada  o‘rnatilgan  lampalardan 

chiqadigan  yorug‘lik  oqimidan  maksimal  darajada  foydalanishga  imkon  beradi. 

Bunday  nurqaytargichlar  yordamida  yorug‘lik  oqimini  turlicha  taqsimlash  mumkin. 

Masalan, qo‘ng‘iroqsimon nurqaytargich ancha katta maydonga bir tekisda yorug‘lik 

tarqatadi.  SHu  sababli  u  keng  vitrinalarda  qo‘llanadi.  Bir  tomonga  qiya  bo‘lgan 

nurqaytargich  yorug‘likni  vitrinaning  ichkarisiga  yaxshi  aks  ettiradi  va  chuqu 

vitrinalarni yoritish uchun foydalaniladi. 

Tashqi  vitrinalarda  yoritilganlik  darajasi  doimo  magazinning  o‘zidagidan  ko‘ra 

balandroq  bo‘lishi  kerakli  sababli  vitrinalarni  yoritish  uchun  lyuminessent 

lampalardan  foydalanish  maqsadga  muvofiq.  ularning  ko‘chadan  ko‘rinib  turmasligi 

uchun  odatda  vitrina  oynasi  romining  yuqori  va  quyi  qismiga  biriktirib  qo‘yiladi. 

Lyuminessent  lampalar  vitrina  shiftiga  osib  qo‘yilishi  ham  mumkin.  Bu  holatda 




 

315 


ushbu  lampalar  yog‘och,  tunuka,  oyna  yoki  plastikdan  yasalgan  ekran  yoki 

soyabonlar yordamida yashiriladi. 

Lyuminessent  lampalarni  shift  bo‘ylab  bir  necha  qator  joylashtirgan  holda 

vitrinani  yaxshi  yoritishga  erishish  mumkin.  Pastdan  oynali  yoki  panjarasimon 

tarqatgichlar  bilan  to‘silgan  bunday  lampalar  vitrina  shiftining  yorug‘lik  oqimini 

hosil qiladi. Xuddi shu tarzda vitrina polini ham yoritish mumkin. 

Vitrinada  faqat  bitta  tarqatiladigan  yorug‘likdan  foydalanish  vitrina 

ekspozitsiyasini  soyasiz,  zerikarli  qilib  qo‘yadi,  tovarlaning  fakturali  xususiyatlarini 

idrok  qilishga  xalal  beradi.  SHu  sababli,  umumiy  yoritishdan  tashqari,  vitrinalarda 

alohida tovarlarni yoritish uchun chiroqlardan foydalaniladi. Bunday pastdan yoritish 

shisha  va  billur  idishlar,  parfyumeriya  va  boshqa  ayrim  tovarlarni  namoyish  etishda 

foydalaniladi.  Ba’zida  buning  uchun  maxsus  moslamali  projektor  qo‘llanib,  unda 

ma’lum  vaqt  oralig‘idan  so‘ng  projektor  nuri  oldiga  o‘rnatilgan  rangli  shishalar 

almashib  turadi.  Vitrinaning  pastki  qismida  joylashtirilgan  yorug‘lik  manbalari  va 

chiroqlar  ekran  yoki    nur  tarqatgichlar  bilan  shunday  himoya  qilingan  bo‘lishi 

lozimki,  ochiq  yorug‘lik  manbalarining  yonib  turadigan  yuzalari  1,8  metrgacha 

balandlikdagi hududdan ko‘rinmasin. 

Agar  vitrina  savdo  zali  tomonidan  yopiq  bo‘lsa  va  faqat  ko‘cha  tomonidan 

ko‘rinib  turadigan  bo‘lsa,  umumiy  yuqoridan  va  pastdan  yoritishdan  tashqari  yon 

tomondan  yoritish  ham  ko‘zda  tutilishi  lozim,  bunda  yorug‘lik  manbalari  tovarlarni 

ko‘rib chiqish paytida odamlar nigohidan panada bo‘lishi kerak. 


Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish