Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

Magazinda reklama ko‘rsatkichlari  

Ko‘rsatkichlar, o‘zining magazin savdo zali bo‘ylab xaridorlar oqimi harakatini 

«tartibga  soluvchi»  asosiy  rolidan  tashqari  yana  bir  rol  –  reklama  rolini  ham 

o‘ynaydi.  Ular  xaridorlarga  yaxshi  ma’lum  bo‘lgan  tovarlarni  esga  soladi,  ularning 

e’tiborini  yangilik tovarlarga qaratadi. Ko‘rsatkichlar – har  xil turdagi tablo, strelka, 

sxema, piktogrammalar – xaridorlarga tovar bo‘limlarida va seksiyalarida yo‘l topish, 

ularga kerakli tovarlarni tezda izlab topishga yordam beradi. 

Ko‘rsatkichlar  konstruksiyasi,  shakli,  o‘lchami,  ular  tayyorlangan  material, 

shuningdek,  ularni  bezash  xarakteri  xilma-xil  bo‘lishi  mumkin.  Bularning  barchasi 

ko‘rsatkichning vazifasi va mazmuni, joylatirilgan o‘rni, magazin savdo zalini bezash 

umumiy  uslubi  bilan  belgilanadi.  Ko‘rsatkichlar  rassomlar  tomonidan  oynada, 

fanerada,  kartonda  bo‘yoqlar  yoki  yog‘och,  penoplast,  porolon  va  boshqa 

materiallardan  qoplanadigan  harflar  yordamida  bajariladi.  Aksariyat  hollarda 

ko‘rsatkichlar to‘rtburchak – 1:3 yoki 1:2 nisbatda qilinadi. Reklama ko‘rsatkichlari 

trapetsiya, aylan, oval shaklida yasalishi mumkin. 




 

303 


Konstruksiyasi  bo‘yicha  ko‘rsatkichlar  yassi  va  bo‘rtma  turlarga  bo‘linadi. 

YAssi  ko‘rsatkichlar  taxtachalar  ko‘rinishida  bajariladi.  Ular  uchun  material  bo‘lib 

yog‘och, karton, fanera, plastmassa, organik va silikat oyna, penoplast, metall xizmat 

qilishi mumkin. YAssi ko‘rsatkichlar bir tomonlama va ikki tomonlama bo‘ladi. Ular 

ba’zida  o‘zaro  shunday  biriktiriladiki,  savdo  zalining  shiftiga  osib  qo‘yiladigan  uch 

yoki to‘rt tomonlama ko‘rsatkich hosil bo‘ladi. 

Yirik  magazinlarda  bo‘rtma  ko‘rsatkichlar  foydalaniladi.  Ular  yuzasiga  turli 

rasmlar va yozuvlar tushirilgan to‘rtburchakli qutini ifodalaydi. 

Ko‘rsatkichlar  savdo  zallarining  devorlarida,  zinapoya  maydonchalarida, 

peshtaxtada joylashtiriladi yoki shiftga osib qo‘yiladi. Ko‘rsatkich magazindagi tovar 

bo‘limlari  va seksiyalarning joylashuv sxemasini aks ettirshii  mumkin. Unda bo‘lim 

yoki  seksiya  nomi  yoziladi.  Yozuv  rasm  bilan  to‘ldirilishi  mumkin  (bo‘lim  yoki 

seksiyada  sotiladigan  mahsulot  silueti).  Ko‘rsatkichdagi  rasm  piktogramma 

ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 

Xaridorlar  oqimi  harakati  tartibsiz  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  katta  zallarda 

ko‘rsatkichlar o‘zaro perpendikulyar taxtalarda takrorlanishi lozim. 

Prizma  shaklidagi  tablo-ko‘rsatkichlar  keng  tarqalgan.  Tepasi  ochiq  bo‘lgan 

tablo  bevosita  lyuminisset  yoritgichlar  ustiga  osib  qo‘yiladi.  Lampalar  yoqilganda 

tablo-ko‘rsatkich yonib turganday, yozuvlar esa juda aniq bo‘lib turadi.  

Ko‘rsatkichlar  yordamidagi  reklamaning  yana  bir  o‘zgarmas  sharti  ko‘rsatkich 

va  u  ko‘rsatadigan  bo‘limni  ko‘rish  orqali  bog‘lash  mumkinligi  hisoblanadi.  Agar 

ko‘rsatkich  juda  baland  joylashtirilgan  bo‘lsa,  uzoqdan  turib  uning  savdo 

maydonchasi aynan qaysi qismiga mansub ekanligini aniqlash qiyin. 

Ko‘rsatkich  tovarlar  joylashtirilgan  tokchalarga  yaqin  bo‘lgan  hollarda  uning 

echimi  (rangi,  o‘lchami,  harflar  shakli)  tovarning  o‘zidan  ko‘ra  faolroq  bo‘lishi 

lozim. Aks holda u tovar tomonidan «siqib» chiqariladi. 

Uchinchi  shart  –  ko‘rsatkichning  ma’no  jihatidan  o‘qilishi.  Harflar  fonga 

nisbatan ularning kontrasti va o‘lchami kattalashuvi bilan osonroq o‘qiladi. Eng katta 

kontrast yoki harflarning o‘zini, yoki ularning atrofidagi maydonni yoritishda olinadi. 

SHu  bosidan  yonib  turadigan  yozuvlar  oson  o‘qiladi.  Keyingi  o‘rinda  oq  yoki  sariq 




 

304 


fondagi to‘q rangli harflar turadi. 

Ko‘rsatkichda so‘zlar qanchalik kam bo‘lsa, u shunchalik oson o‘qiladi. Xaridor 

raqamli  indekslardan  ko‘ra  tovar  nomini  osonroq  aytishi  qayd  etilgan.  SHu  sababli 

bo‘limlar  nomini  belgilaydigan  yozuvlarda  harf  va  raqamlar  birikuvidan 

foydalanmaslik kerak. 

Reklama  vositasi  sifatida  piktogrammaning  albatta  bajarilishi  kerak  bo‘lgan 

sharti  ko‘rsatkich-simvolni  ko‘rish  orqali  qabul  qilishning  osonligi  va  tushunarliligi 

hisoblanadi (15.3-rasm). 

Savdo  zali  devorining  ma’lum  bir  qismini  doimiy  ravishda  egallab  turadigan 

badiiy panno seksiya yoki bo‘lim tovar profilining o‘ziga xos ko‘rsatkichi va magazin 

intereri elementlaridan biri bo‘lishi mumkin. yorqin bo‘yoqlar bilan bezalgan holda u 

tovarlar  guruhlari  vazifalarini  ta’kidlab  ko‘rsatadigan  va  shu  tariqa  xaridorlar 

e’tiborini  jalb  qiladigan  rangli  fon  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Pannoda  u  yoki  bu  tovarni 

ishlab chiqarish va foydalanish bilan bog‘liq sahnalar tasvirlanishi mumkin. Masalan, 

non  va  non  mahsulotlari  bilan  savdo  qiluvchi  magazinda  tegirmonchi  va  novvoylar 

mehnatini aks ettiradigan  hamda rastalarda keng assortimentda berilgan asosiy oziq-

ovqat mahsulotining asl qimmatini ko‘rsatadigan panno o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. 

Baliqlar  sotiladigan  bo‘limda  pannoda  baliqchilik  bilan  bog‘liq  tasvirlar  berilishi 

mumkin. 

Tovarlar ular uchun odatiy bo‘lgan vaziyatlarda taqim etiladigan bo‘lsa, syujetli 

pannolar  ma’noli  yuklamaga  ega  bo‘ladi.  Masalan,  o‘yinchoqlar  do‘konida 

bolalarning sevimli o‘yinlari, ertak va multfilm qahramonlari haqida eslatib turadigan 

panno joylashtirilishi mumkin. 

Panno tayyorlashning eng tarqalgan usullari rassomchilikka oid va grafikaga oid 

hisoblanadi.  Rassomchilikka  oid  panno  bo‘yoqlar  bilan  matoda,  shishada  yoki 

devorning o‘zida bajariladi, grafikaga oid panno esa – qalam  yoki tush bilan karton 

yoki  qalin  qog‘ozda.  Panno  sifatida  mozaika  va  vitrajlar  foydalaniladi.  Reklama-

dekorativ  panno  yog‘och  va  metalldan  galvanoplastika,  o‘yma  naqsh  usulida,  rangli 

organik  shisha  panno  esa  –  applikatsiya  usuli  bilan  yasaladi.  Reklama  pannolarida 

oq-qora  va  rangli  yirik  formatli  fotosuratlar,  ba’zida  esa  grafik  tasvirlar  bilan 




 

305 


birgalikda foydalaniladi. 

 

 




Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish