Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B


 Magazin intereri reklama vositasi sifatida



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

15.2. Magazin intereri reklama vositasi sifatida  

 

Magazin  intereri  tovarlarni  muvaffaqiyatli  sotish  va  tijorat  faoliyati 



samaradorligini  oshirishga  xizmat  qiladi.  Magazinda  uning  «firma  yuzi»ni  belgilab 

beradigan,  o‘zining  qandaydir  jalb  etuvchan    jihatlari  bo‘lishi  lozim.  Zamonaviy 

magazin nafaqat bevosita tovarlar sotiladigan joy, balki ularni reklama qilish vositasi 

sifatida ham ko‘rib chiqiladi. 

Magazin  intereri  yangi  mijozlar  jalb  qilish  va  doimiy  xaridorlarni  ushlab 

turishda muhim o‘rin egallaydi. Ma’lumki, xaridor doim ham magazinga ma’lum bir 

tovarni xarid qilishning aniq shakllangan rejasi bilan kiravermaydi. 

Tovarlarni savdo zalida reklamaga mos joylashtirish uchun asbob-uskunalar 

Zamonaviy  magazin  intererida  xaridorlarning  asosiy  e’tibori  savdo  jihozlarida 

joylashtiriladigan  tovarlarga  qaratiladi.  Savdo  jihozlari  va  asbob-uskunalarining  eng 

tarqalgan  turlari  peshtaxtalar,  erkin  turadigan  vitrinalar,  javon-stendlar,  tokchalar, 

kassa  kabinalari,  savatlar,  kiyim  ilgichlar  va  h.k.  hisoblanadi.  Savdo  uskunalarining 

estetik xislatlari badiiy bezalgan magazin intereri yaratishga imkon beradi. 

Zamonaviy  savdo  uskunalariga  qo‘yiladigan  eng  muhim  talab  shundaki,  ular 

unchalik sezilarli bo‘lmasligi,  xaridorning  e’tiborini  unda joylashtirilgan tovarlardan 

chalg‘itmasligi, bundan tashqari, tovarni eng yaxshi ko‘rinishda taqdim etishi lozim. 

Tovarlarni  magazinlarda  ko‘rsatish  uchun  shiroko  unifikatsiyalangan  savdo 




 

293 


uskunalari  qo‘llanib,  uning  yig‘ma  detallari  osonlik  bilan  yig‘ish,  uning 

konfiguratsiyasini  o‘zgartirish,  boshqa  joyga  qo‘yish,  zarur  hollarda  esa  savdo  zali 

joylashuvini  yoki  xaridorlarga  xizmat  ko‘rsatish  texnologiyasini  qisqa  vaqt  ichida 

o‘zgartirish mumkin. 

Unifikatsiyalangan  savdo  uskunasi  asosan  tekis  yuzali,  sterjenbop  va  bo‘rtma 

elementlardan  iborat  bo‘ladi.  U  mustaqil  ravishda  ham,  blok  tarkibida  kompleksli 

ravishda ham qo‘llaniladi. 

Osma (devorga ilinadigan) karkaslar, maxsus ishlov berib silliqlangan elementli 

alohida  turadigan  tirgaklar,  qisman  polga  yoki  shiftga  kiritilgan  ustunchalar    keng 

foydalaniladi.  Bu  savdo  zali  maydonidan  maksimal  darajada  foydalanish,  uning 

ekspozitsion  maydonini  oshirishga  imkon  beradi.  Universal  tirgaklar  har  xil  turdagi 

shiyponlar qo‘llashda manevr qilish imkonini beradi. Konstruksiya tamoyili tirgaklar 

xilma-xilligini,  elementlar  birikuvi  soddaligini,  ularning  engilligi  va  transport 

vositasida  tashish  qulayligini  ta’minlaydi.  Ular  texnologik  vazifa  va  yuklamalar 

o‘zgargan hollarda osonlik bilan almashtiriladi. 

Amaliyotda  asosiy  elementlar  quyidagi  o‘lchamlari  eng  qulay  ekanligi 

belgilangan:  tokchalar  chuqurligi  -  32,  40,  56  va  64  sm,  eng  yuqoridagi  tokchalar 

balandligi – pol yuzasidan 175-180 sm. 

Har bir magazinda bir xil turdagi savdo uskunalari o‘rnatilishi lozim. Aks holda 

tovarlarni  joylashtirish  unumdorligi  pasayadi,  xaridorlar  e’tibori  unda  sotish  uchun 

qo‘yilgan tovarlardan chalg‘itiladi. 

Savdo  zali  intereri  orastaligi,  yuqori  baddiy  darajasi  bilan  ajralib  turishi  kerak. 

Devorlar  va  shiftlarni  bo‘yashda  ortiqcha  va  oqlanmagan  rang-baranglikdan, 

keragidan  ortiqcha  ko‘zgular  va  bezaklar  joylashtirishdan,  intererni  didsiz  va 

beo‘xshov  qilib  qo‘yadigan  vitrinalar  konstruksiyalari,  eshiklar  va  asbob-uskuna 

qo‘polligidan qochish kerak. 

Savdo zali intererida xaridorga tovarning shakli,  fakturasi  va rangi  haqida etarli 

darajada to‘liq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradigan devorlar rangi ham muhim 

ahamiyatga  ega.  Magazinlar  devorlari  ko‘pincha  yumshoq  tusdagi  ranglarga 

bo‘yaladi,  bunda  hamma  devorlar  bri  xil  rangda  bo‘lishi  shart  emas.  Rangli 




 

294 


tonlarning  muvaffaqiyatli  uyg‘unlashuvi  qiziqarli  ranglar  samarasi  beradi.  Pushti  va 

yashil, sariq va binafsha rang tuslar bir-biri bilan yaxshi chiqishadi. 

Magazin  intererida  pol  v  ashift  ham  o‘ziga  xos  rol  o‘ynaydi.  Magazin  poli 

chiroyli,  xaridorlarning  harakatlanishi  uchun  qulay  bo‘lishi  va  savdo  zalida  yuzaga 

keladigan  ortiqcha  shovqinni  yutishga  xizmat  qilishi  lozim.  SHiftlar  ham  ortiqcha 

shovqinni yutishi va yortigichlarning oqilona joylashuvini ta’minlashi lozim. 



Savdo zalida yoritish 

Tovarlarni  magazinda  joylashtirish  va  qo‘yilgan  tovarlarni  tanlash  qanchalik 

muvaffaqiyatli  bo‘lmasin,  ular  to  yorug‘lik  magazin  intererini  bezashning  tarkibiy 

qismiga  aylanmagunga  qadar  kerakli  taassurot  qoldirmaydi.  Magazinni  yoritish 

intererni  dekorativ  bezash  vazifasini  hal  qilibgina  qolmaydi,  u  tovarlarni  sotish 

texnologik jarayoni zaruriy  shartlarini ta’minlashi ham ko‘zda tutilgan. SHu sababli 

dekoratorga  yorug‘lik  texnikasi  sohasida  ayrim  ma’lumotlar,  xususan,  yoritish 

uskunalari tavsifnomalarini bilish zarur bo‘ladi. Savdo zali va magazin ichkarisidagi 

vitrinalarni  yoritish  muammosini  hal  qilishga  nafaqat  estetik,  balki  texnik  talablarni 

ham hisobga olishga qodir bo‘lgan yorug‘lik texnikasi mutaxassisini jalb qilish kerak. 

Magazinlarda  qoidaga  ko‘ra,  ham  tabiiy,  ham  sun’iy  yoritishdan  foydalaniladi. 

Tabiiy  yoritish  etarlicha  geometrik  yorug‘lik  koeffitsienti  rioya  qilingan,  ya’ni 

oynalar maydoni pol maydoniga nisbati normal bo‘lgan holatda foydalaniladi. 

Bu nisbat (yorug‘lik koeffitsienti) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 


Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish