Ma’lumki, manbadan chiqadigan yorug‘lik predmet yuzasining rangiga qarab uning
tusini o‘zgartiradi. Turli ranglarga bo‘yalgan predmetlar va yuzalar yorug‘likni
qaytarishda turli koeffitsientga ega bo‘ladi. To‘q ranglar – qora, to‘q ko‘k, to‘q
yashil, to‘q jigarrang ranglar eng kam yorug‘lik nurini qaytaradi; oq, och pushti va
och sariq ranglarda yorug‘likni qaytarish koeffitsienti eng katta. Bundan kelib
chiqadiki, magazin intereri predmetlarining to‘q rangli yuzalari ko‘proq, och rangli
(qizil, to‘q sariq, sariq) ularni cho‘g‘lanma lampalar bilan yoritishda ocharadi, sovuq
ranglar (yashil, ko‘k) esa to‘qroq bo‘lib qoladi. Havorang tusdagi lyuminessent
298
lampalar sovuq ranglarni kuchaytiradi, iliq ranglar esa yanada ocharadi. Savdo zalida
tovarlar reklama ekspozitsiyasida rangli yorug‘likdan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Rang odamlar hissiyotiga, ularning kayfiyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, qizil rang odamni to‘lqinlantiradi, biroq tezda toliqtiradi; to‘q sariq rang
odamni
qizdiradi,
tetiklashtiradi;
yashil
rang
odamning
asab
tizimiga
tinchlantiradigan tarzda ta’sir ko‘rsatadi, bezovtalikni yo‘qotadi; kulrang loqaydlik va
zerikish hissini uyg‘otadi; qora rang kayfiyatni keskin tushirib yuboradi va h.k.
Tabiatda uchraydigan barcha ranglar olimlar tomonidan ikki guruhga ajratiladi:
axromatik va xromatik ranglar. Axromatik ranglarga barcha oraliq tuslar bilan birga
oq va qora rang kiradi. Xromatik ranglarga qolgan barcha ranglar ular joylashgan
ketma-ketlikda kiradi: qizil, to‘q sariq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsharang.
Bu ranglar oralig‘ida ko‘p sonli oraliq ranglar mavjud.
Xromatik ranglar quyidagi asosiy xislatlar bilan tavsiflanadi: rang tusi, rang
to‘yinganligi va yorug‘ligi. Rang tusi u tufayli bitta xromatik rang boshqasidan,
masalan, sariq rang qoradan, yashil rang qizildan ajralib turadigan asosiy xislat
hisoblanadi. Rang to‘yinganligi shunda namoyon bo‘ladiki, ikkita bir xil masalan,
qizil rangdagi tuslardan biri yorqinroq, ikkinchisi esa xiraroq bo‘ladi. Rang yorug‘ligi
ayrim ranglar ochroq, boshqalari esa unchalik och emas, uchinchi turdagi ranglar to‘q
rang sifatida qabul qilinishidan iborat.
Rang iliq va sovuq turlarga ham bo‘linadi. Spektrning chap qismida joylashgan
ranglar – quyosh rangini yodga soladigan qizil, to‘q sariq va sariq ranglar iliq ranglar
deb ataladi. Spektrning o‘ng qismi yashil, havo rang, ko‘k va binafsharangni o‘z
ichiga oladi. Bu ranglarning har xil tuslarini sovuq ranglar deb atash qabul qilingan.
Barcha xromatik ranglarni rang doirasi bo‘ylab xuddi spektrdagi kabi ketma-
ketlikda joylashtirish mumkin. Rang doirasida bir-birining qarshisida joylashgan
ranglar kontrastli ranglar deb ataladi. Masalan, qizil va yashil, ko‘k va to‘q sariq.
Reklama vositalarida ko‘pincha rangga oid kontrastlar foydalaniladi. Ular
svetlotnыe??? va
xromatik turlarga ajratiladi
. Masalan, qora fonda kulrang predmet
ochroq qabul qilinishi mumkin. Oq fonda predmetlar aslidan ko‘ra to‘qroq bo‘lib
ko‘rinadi. Bu holat bir vaqtdagi svetlotnogo??? kontrast nomini olgan.
299
Xuddi shu tarzda bir vaqtdagi xromatik kontrast taassuroti ham olinadi.
Masalan, qizil fonda yashil predmet boshqa fondagidan ko‘ra yashilroq bo‘lib
ko‘rinadi. Bir vaqtdagi rang kontrasti bu holatishundan iboratki, ikkita qo‘shimcha
ranglar qo‘shniligida ulardan har birining sifati kuchayadi.
Reklama vositalrini ishlab chiqishda, shuningdek, magazin binolari yuzasi
bo‘yog‘ida ranglar uyg‘unligini to‘g‘ri tanlash, ularning o‘zaro aloqalar
xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: