10. O‘quvchiga u nima qilishi kerakligini tushuntirib bering.
Reklama o‘quvchiga belgilangan iboralar yordamida muayyyan va ijobiy
ko‘rsatmalar berishi lozim.
Reklama matni ishlab chiqishning bu asosiy tamoyillari masalan, davriy
matbuotda reklama tayyorlashda foydalanilishi mumkin.
Ko‘p sonli va xilma-xil shriftlar mavjud. Har bir alohida shriftning o‘z nomi
bo‘lib, ularning ko‘pchiligi asosiy tur va rasmning turli variantlariga ega bo‘ladi.
Faqat bitta garnituraning o‘zida (ya’ni harf, belgi rasmida) shriftlar yarim qalin,
yarim qalin kursiv, qalin, qalin kursiv, yarim qalin ingichka, yarim qalin ingichka
kursiv bo‘lishi mumkin.
Bunday ko‘p sonli shriftlarni har bir muayyan holat uchun optimal tanlash faqat
reklama sohasidagi mutaxassis-rassomlar qo‘lidan keladi. SHu bilan birga, dekorator-
bezakchilar va magazinning boshqa xodimlari shriftlardan foydalanish sohasida
umumiy bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
SHrift o‘quvchining e’tiborini jalb qilishi va unga matnni o‘qishda fikrni to‘plab
olishga va eng muhim dalillarni ajratishga yordam berishi lozim.
SHriftning har bir rasmi matnga o‘ziga xos emotsional tus beradi. SHrift
tanlashda shuni yodda tutish kerakki, u reklama qilinadigan tovarlarga mos kelishi
lozim. Masalan, xarf chetlari yumaloq va kontrast shtrixli murakkab rasmli shriftlar
yordamida matnda u haqida gap borayotgan mahsulot engilligi va nafisligini
ta’kidlash mumkin. harflar chetlari to‘rtburchak va oddiyroq rasmli shriftlar
predmetning oddiyligi, mustahkamligi va ishonchliligi reklama qilinadi matnlarda
foydalanish uchun ko‘proq to‘g‘ri keladi.
Inson ko‘zi alohida harflarni emas, balki butun boshli so‘zlarni va harflar
birikmalarini idrok qiladi. Ko‘zning harflar guruhini, ularning shaklini, shuningdek,
satrlar belgilangan uzunligini qamrab olish bo‘yicha bu xususiyati o‘qishni
287
tezlatuvchi yoki sekinlashtiruvchi omil hisoblanadi. shu sababli shrift rasmidan
tashqari uning hajmini, harflar va satrlar o‘rtasidagi masofani, satrlar uzunligini,
matnning varaqda joylagan o‘rnini ham to‘g‘ri tanlash zarur.
Matnni idrok qilishda u yozilgan bo‘yq rangi ham muhim rol o‘ynaydi. Katta
matndan iborat bo‘lgan reklama vositalarida (e’lonlar, o‘rov, varaqalar) rang fonida
bosilgan nusxa aniqligiga alohida ahamiyat berish kerak. Reklama taxtalarida
reklama matnini bezashda esa quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak.
Harflar yozilish shakli va o‘lchami reklama qilinayotgan ob’ekt xususiyatlariga,
varaq maydoniga mos kelishi lozim. Eng yaxshi variant turli kengladgi (o‘lchamli)
bitta garnituradan (rasmdan) foydalanish hisoblanadi.
Bo‘yoq rangini to‘g‘ri tanlash reklama matnining o‘quvchiga emotsional
ta’sirini kuchaytirish uchun zarur.
Fon va shrift rangi doim bir-biridan keskin ajralib turishi kerak – shrift fondan
qanchalik ajralib tursa, u shunchalik oson o‘qiladi va idrok qilinadi.
Rasm (tasvir), xuddi matn kabi, reklama vositasini tashkil qiladigan elementlar
ichida alohida o‘rin egallaydi. Tasvir ko‘p hollarda reklama matni ta’sirini sezilarli
kuchaytiradi, ayrim hollarda esa – to‘laligicha yoki qisman uning o‘rnini bosadi.
Tasvir rasmni, fotosurat esa – diapozitivni ifodalashi mumkin.
Reklama rasmida tasvirlarning turli grafika va rassomlik texnikasi qo‘llanadi.
Rasmlar oq-qora yoki rangli bo‘lishi, qalamda, mo‘yqalamda, ko‘mir va h.k. bilan
bajarilishi mumkin. Reklamada rasm ko‘p hollarda yumoristik obrazni ifodalaydi.
Biron-bir detalni bo‘rttirib ko‘rsatish, jonivorlar va jonsiz predmetlarni inson
xususiyatlariga ega qilish, harakatlar va holatning bir-biriga muvofiq emasligi, so‘zlar
o‘yinini rasm bilan kuchaytirish va h.k. foydalaniladi.
Agar predmet strukturasini, uning shakli, mayda detallari, material rasmi yoki
rangini va h.k.ni aniq ko‘rsatish zarur bo‘lsa fotosuratlardan foydalanish tavsiya
etiladi. Ularda reklama qilinayotgan tovarlardan tashqari bu mahsulotlarni iste’mol
qilish usullari ko‘rsatilishi, ularning alohida xususiyatlari namoyish etilishi yoki
ularning jalb etuvchanligi ta’kidlanishi mumkin.
Fotosurat odamda u reklamadan oladigan ma’lumotlar ishonchliligi borasida
288
hech qanday shubha qoldirmaydi. SHu sababli bunday reklamaga xaridor o‘zgacha
ishonch bilan munosabatda bo‘ladi. Fotosuratlardan batafsil matnli izoh talab
qilmaydigan tovarlar, masalan, kiyim-kechak reklamasida foydalanish eng samarali
hisoblanadi. Reklama maqsadlarida uning yordamida predmetning real bo‘yoqlari va
tusini ifodalash mumkin bo‘lgan rangli fotosuratlardan foydalanish ayniqsa unumli
bo‘ladi.
Magazin tomonidan reklama maqsadlari uchun foydalaniladigan fotosurat va
rasmli plakatlarni shunday joylashtirish kerakki, ular yog‘in-sochinlardan, quyosh
nuridan aziyat chekmasin.
Aniqlanishicha, rasmlarga berilgan izohlarni o‘qiydiganlar soni matn o‘qiydigan
kishilardan ikki baravar ko‘p ekan. Har bir rasm izohida tovar xaridor uchun keltirishi
mumkin bo‘lgan foyda asoslab berilishi lozim.
Tasvirlarga qo‘yiladigan talablar:
• tasvir o‘quvchida qiziqish uyg‘otishi kerak;
• fotosuratlar, rasmlarda telereklama orqali yaxshi tanish bo‘lgan tipajlardan
foydalanish reklamaning esda qolarligini ta’minlaydi;
• tasvirlar oddiy bo‘lishi va detallar bilan ortiqcha to‘ldirib yuborilgan
bo‘lmasligi lozim;
• agar reklama xabari ayollar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, rasmda erkak emas,
ayol tasvirlangan bo‘lishi lozim;
• rangli fotosurat 50%ga oq-qora bo‘lsa ham, uning esda qolarligi 100% yuqori
bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini reklama qilishda tayyor taomni reklama qilish kreak,
uning tarkibidagi elementlarni emas.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, birinchi bo‘lib rasmlar ko‘rib chiqiladi, so‘ngra
sarlavha va shundan keyingina matn o‘qiladi. Materalni ham shunday tartibda
taqsimlash kerak: eng yuqorida rasm, uning ostida sarlavha, undan keyin esa – matn.
Agar sarlavha rasmdan tepada bo‘lsa, matnni qabul qilish 10%ga pasayadi. Matnni
hamma ham o‘qimaydi, lekin hamma rasm ostidagi yozuvlarni o‘qiydi. SHu sababli
tagida yozuvsiz rasmlar bo‘lmasligi kerak.
289
Magazinning tashqi ko‘rinishi, rang va yorug‘lik bilan bezalishi potensial
xaridorlar e’tiborini va ularning sonini oshiradigan muhim omillar sanaladi. YOrqin,
ko‘zga tashlanib turadigan, yaltirab turadigan, top-toza vitrina beixtiyor odamlar
e’tiborini jalb qiladi va ularda magazinga kirish istagini uyg‘otadi.
Hozirgi paytda yo‘lovchilar e’tiborini jalb qilish uchun ko‘pincha quyida usul
foydalaniladi: mayda, kam quvvatli lampochkalar magazin yonida o‘sadigan daraxtga
tashlub qo‘yiladi va bu beixtiyor odamlarda bayramona kayfiya uyg‘otadi. Bunday
girlyandalar narxi 1 metri o‘rtacha 3 dollar, tayyor girlyanda setkalari - 90 dollar,
yorug‘lik «yomg‘iri» - 1 kv.metri 40 dollar turadi.
Magazinlar viveskalarini bezash borasida ma’lum bir talablar mavjud.
Viveskalar savdo korxonasi tashqi reklamasining turlaridan biri hisoblanadi. Ular
magazin joylashuvi va uning tovar profili bilib olinadigan mo‘ljal bo‘lib xizmat
qiladi.
Joylagan joyi bo‘yicha viveskalar old tomonda (fasadda), tomning tepasida, bino
burchagida, frontonga oid, bino qismlarini bir-biridan ajratuvchi yonmaydigan g‘ov-
devorda joylashtiriladi. Viveska turi bino turiga, uning arxitektura echimiga, yondagi
binolarga nisbatan joylashuviga, odamlar oqimi yo‘nalishiga, shuningdek, magazin
faoliyati va uning moliyaviy holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Fasad viveskasi qoidaga ko‘ra, yorug‘lik reklamasi bo‘ladi va binoning old
tomonida joylashtiriladi. Viveska bevosita magazinga kiraverish ustida yoki devor
bo‘ylab uning frontonida yoki kronshteynga perpendikulyar ravishda joylashtirilishi
mumkin.
Magazin viveskasi kam so‘zli bo‘lishi va uning tovar profilini aniq aks ettirishi
lozim. Viveska karkasini (fonini) tayyorlash uchun materiallar metall, shisha,
plastmassa bo‘lishi mumkin. Harflar va dekorativ elementlar karkas sirtiga bo‘yoqlar
bilan chiziladi yoki yog‘och, gips, polistirol, penoplast, metalldan qoplama detallar
bilan mstahkamlanadi. Viveska bezalishi jalb etuvchan bo‘lishi lozim, bunda metall
va yog‘ochga naqsh berishdan foydalaniladi. Kichik ixtisoslashgan magazin devoriga
perpendikulyar o‘rnatilgan va etik ko‘rinishidagi (oyoq kiyim do‘koni uchun), patir
ko‘rinishidagi (non do‘koni uchun), yo‘lakning har tomonidan yaxshi ko‘rinib
290
turadigan, hajmli viveska original ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bunday viveskalar savdo
korxonasining individualligini ko‘rsatishga imkon beradi va xaridorlar e’tiborini jalb
etishga xizmat qiladi.
Viveskadagi matn yaqin masofadan ham, uzoqdan ham oson o‘qiladigan bo‘lishi
lozim. SHu sababli harflar hajmi, shuningdek, viveskaning o‘lchami uni yo‘lovchilar
ko‘rishi mumkin bo‘lgan masofani hisobga olgan holda tanlanadi. Harflar va rasmlar
rangi fonga nisbatan keskin ajralib turadigan darajada tanlanadi. Viveska uchun shrift
oddiy va aniq bo‘lishi lozim. Bosh harflar, ayniqsa, qiya yoziladigan shriftlar tafsiya
etilmaydi. Viveska matnini butun fasad bo‘ylab cho‘zmaslik kerak, chunki bu holatda
harflar bir-biridan uzoqlashib ketadi, matnni esa o‘qish qiyinlashadi.
Savdo korxonalarining viveskalari namunaviy va individual bo‘lishi mumkin.
Magazin nomining namunaviy viveskalari kenglik va uzunlik nisbatlarida, shriftlar
yozilishi va ranglarda bir xillik, kostruksiya umumiy tamoyili bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |