2. O‘z fikringizni oddiy bayon qiling.
Imkon qadar ularning ma’nosini har qanday kishi ham tushunishi mumkin
bo‘lgan oddiy so‘zlar va qisqa gaplardan foydalanish lozim. Texnik atamalar,
tushunarsiz va taniqli bo‘lmagan so‘zlardan foydalanish zarur. «Ishonchimiz komilki,
…», «…deb hisoblaymiz», «Ajoyib, fantastik..» deb yozib bo‘lmaydi.
3. O‘z fikringizni qiziqarli bayon qiling.
Matn maroqli bo‘lishi va qiziqish uyg‘otishi lozim. Uzundan uzoq va zerikarli
sanab chiqishdan qochish kerak. O‘quvchini tovarlarning o‘zi emas, balki ulardan
olinadigan foyda qiziqtiradi. O‘tkir, yumoristik matnlar eng yaxshi taassurot
qoldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |