281
15-BOB. REKLAMA FAOLIYATINING ASOSIY TURLARI
15.1.
Magazinda tashqi reklama
Zamonaviy magazin reklamasi magazining o‘zini reklama qilish va unda
sotiladigan tovarlarni reklama qilishdan iborat. Bu reklama turlari o‘zaro
chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni doim ham aniq ajratib bo‘lmaydi.
Magazin va undagi tovarlar reklamasi magazin tashqarisida ham, uning
ichkarisida ham amalga oshiriladi. Magazin reklamasining tashqi vositalari qatoriga
plakat va afishali reklama taxtalari; viveskalar; magazinning tashqaridan bezalishi;
tashqi vitrinalar kiradi. Magazin ichki reklamasining asosiy vositalari savdo zali
intereri; savdo korxonasi ichkarisida tovarlar namoyishi; reklama yo‘lko‘rsatkichlari,
plakatlar va afishalar, shuningdek, magazinda radio orqali reklama, yangi oziq-ovqat
tovarlarini tatib ko‘rish kabi reklama tadbirlari hisoblanadi.
Hozirgi paytda magistral ko‘chalar va jamoat transporti bekatlaridan chetda,
muyulishlarda, kvartallar ichkarisida, ba’zida esa erto‘lalarda ham ularga joy
ajratilgan ko‘plab magazinlar barpo etilmoqda.
Ular uchun, ayniqsa, faoliyatning boshlang‘ich davrida reklama vositalari bilan
o‘ziga potensial xaridorlar e’tiborini jalb qilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
maqsadda odamlar gavjum to‘planadigan eng yaqin joylarda, chorrahalarda,
magistral ko‘chalarda aholini magazin haqida xabardor qiladigan reklama plakatlari
yopishtirilgan reklama taxtalari o‘rnatiladi (mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan
va mos keluvchi haq to‘langanidan so‘ng).
Plakatlar qog‘oz, xolst, fanerada bajarilgan, qisqa matn va yozuvli rasmlardan
iborat bo‘ladi, afishalar esa faqat reklama matnlaridan iborat bo‘ladi. Reklama
taxtalarida joylashtiriladigan plakat va afishalar bir vaqtning o‘zida sodda bo‘lishi va
shu bilan bir paytda ko‘zga yaqqol tashlanishi, potensial xaridorlarning e’tiborini jalb
qila olishi lozim. Ko‘chada joylashtiriladigan afisha matni qisqa, uning shrifti yirik
bo‘lishi, fon va harflar rangi esa bir-biridan keskin farq qilishi lozim.
Rang bilan bog‘liq qarorlar turlicha bo‘lishi mumkin. Quyidagi ranglar birikuvi
282
tavsiya etiladi: qora rang sariq yoki oq rang bilan, qizil rang oq yoki yashil rang bilan,
oq rang yashil rang bilan. Yorug‘likni aks ettiradigan va qorong‘uda yonib turadigan
turli rangdagi lyuminessent bo‘yoqlar foydalanilishi mumkin.
Badiiy bezalish usullari bo‘yicha ko‘cha plakatlari chizilgan, fotosuratlar
yordamida bajarilgan bo‘lishi, shuningdek, fotosuratlar va rasmlar kompozitsiyasini
ifodalashi mumkin.
Tuzilishi bo‘yicha reklama taxtalari tekis (yassi) va bo‘rtma (yaqqol)
ko‘rinishda bajariladi. Tekis reklama taxtalari fanera yoki ingichka tunuka bilan
qoplanadi. Ba’zida ramkaga tortildan matodan foydalaniladi. Bo‘rtma reklama
taxtalari prizma, kub va boshqa ko‘peqliklar shaklida bajariladi. Bunday reklama
taxtalari aylanib turadigan bo‘lishi mumkin. Ular magazinga kiraverish oldidagi keng
yo‘laklarda joylashtiriladi. Bunday reklama taxtalari o‘rnatishdan maqsad – o‘tib
ketayotgan yo‘lovchilar e’tiborini jalb qilish va bironta tovar xarid qilishga
undashdir.
Potensial xaridorlar e’tiborini magazin oldida o‘rnatilgan, sotilayotgan tovarlar
assortimenti qisqacha ko‘rsatilgan, yangi tovarlarni tatib ko‘rish haqidagi e’lonlardan
iborat bo‘lgan kichik ko‘chma reklama taxtalari ham jalb qiladi. Mustahkamroq
bo‘lishi uchun ular ikkiyoqlama qilinadi va yo‘lakka chayla ko‘rinishida o‘rnatiladi.
Matn ikkala tomondan shunday beriladiki, magazin yonidan o‘tib ketayotgan va
yo‘laning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan odamlar uni bemalol ko‘ra oladi.
Bunday statsionar va ko‘chma reklama taxtalari ixtisoslashgan magazinlar uchun
samaraliroq bo‘ladi («Ehtiyot qismlar», «Xo‘jalik mollari» va h.k.).
Shunday qilib, ko‘chadagi reklama taxtalarida joylashtiriladigan reklama
e’tiborni o‘ziga jalb qilishi, qisqa, tushunarli va oson o‘qiladigan bo‘lishi lozim.
Ko‘chadagi reklama taxtalariga yopishtirilgan plakatlar va afishalar yomg‘irli
kunlarda qanday bo‘lishi, ularni avtomobillar, daraxtlar va to‘sib qo‘ymasligiga
e’tibor qaratish kerak.
Transparantlar – vaqtinchalik reklamasi. Ular magazinga kiraverishda yoki
ko‘chadagi ustunlarda biron-bir reklama kampaniyasi, ko‘rgazma-savdo o‘tkazilishi
yoki yangi magazin ochilishida joylashtiriladi. Magazinga tashrif buyurish murojaati
283
yozilgan transparant chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim. Bu maqsadda qoidaga
ko‘ra, oq, sariq yoki qizil rangdagi matolar tanlanadi, chunki bu ranglar stidan
yozilgan boshqa rangdagi harflar aniq ko‘rinib turadi.
Reklama xabarlari matnining bir necha xil turi mavjud: axborot beruvchi, eslatib
turuvchi, ta’sir ko‘rsatuvchi va ishontiruvchi. Axborot beruvchi matnlar oddiy, qisqa
va aniq, eslatib turuvchi matnlar – qisqa, ta’sir ko‘rsatuvchi matnlar – tovar nomini
ko‘p marta takrorlaydigan bo‘lishi lozim. Ishontiruvchi matnlar emotsional shaklda
e’tiborni tovarning afzalliklariga qaratadi.
Reklama taxtalarida ham, reklama varaqalarida ham joylashtiriladigan reklama
elementlarining asosiy elementlari matn va rasmlar sanalib, ularning vositasida
reklama ma’lum bir g‘oya va axborotni odamlarga etkazadi. Matn taklifning
mohiyatini bayon qiladi, rasm esa uni ko‘rish orqali qabul qilinadigan obraz bilan
to‘ldiradi, lekin aslo uning mazmunini takrorlamaydi. Reklama e’lonlarining
elementlari qatoriga reklamaga emotsional ruh baxsh etadigan, uning ta’sirini
kuchaytiradigan shrift va rang ham kiradi. Reklama taxtalarida bu elementlarning
barchasi birgalikda yoki alohida holatda foydalanilishi mumkin.
Reklama matni, qoidaga ko‘ra, sarlavha, izoh va xulosadan iborat bo‘ladi.
Sarlavha (slogan) matnga e’tiborni jalb qiladi, xaridorni qiziqtirib qo‘yadi. Izohdan
maqsad – reklama qilinayotgan ob’ektni uning foydaliligi isbotlarini keltirgan holda
ko‘rsatishdir. Xulosa xaridorlarni taklif etilayotgan tovarni xarid qilishga ishonch
bilan ko‘ndirishi lozim.
Aniqlanishicha, odamlar sarlavhani matndan ko‘ra besh marta ko‘proq o‘qiydi,
ko‘pchilik esa faqat sarlavhaga ko‘z yugurtirib chiqadi, xolos. Reklama qilinayotgan
tovardan foyda olishni (sog‘liqni mustahkamlash, oshxona mehnatini engillashtirish
va h.k.) va’da qiladigan sarlavhalar doimo boshqalardan samaraliroq bo‘ladi.
Sarlavhadan nima haqida gap ketayotganini tushunib bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yish
mumkin emas. Sarlavha nuqta bilan yakunlanmasligi lozim.
Eksperimentlar shuni ko‘rsatadiki, 10 va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lgan
sarlavhalar qisqa sarlavhalardan yomonroq bo‘ladi. Agar sarlavha sitatadan iborat
bo‘lsa va qo‘shtironoq ichida berilsa, uning esda qolinarligi 28%ga ortadi. Noodatiy
284
sarlavhalar muvaffaqiyatli bo‘ladi. Masalan: «Agar siz o‘zingiz nima qilishni
bilmasangiz, keling, bizda bu narsa bor».
Do'stlaringiz bilan baham: |