Tovarlar va xizmatlar reklamasini joylashtirishda har bir reklama beruvchi
reklama, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta orqali reklama va h.k. orasidan zarur reklama
vositalarini tanlab oladi. Bu erda qandaydir umume’tirof etilgan qoidalar deyarli
yo‘q, chunki har bir reklama vositasiga o‘ziga xos xususiyatlar xos bo‘lib, ularning
har biri o‘z navbatida, boshqasidan farq qiladi. Xamma vaziyatlar uchun yaroqli
bo‘lgan bironta «eng yaxshi» vosita mavjud emas. SHu sababli qarorni muayyan
Reklama vositalarini tanlashning muhimligi haqida shu ham dalolat beradiki,
reklamaga sarflanadigan mablag‘larning 80%i reklama tarqatish vositalariga
Reklama vositasini tanlashda to‘rtta savolga javob berish maqsadga muvofiq: 1)
kimni qamrab olish kerak? 2) ular qaerda joylagan? 3) reklama murojaati nimani
potensial xaridorlarni aniq bilishni talab qiladi. Bironta tovar, bironta xizmat hamma
tomonidan birdaniga va bir xil tarzda foydalanilmaydi. Ayrim kishilar boshqalardan
ko‘ra ko‘proq potensial iste’molchilar hisoblanadi. SHuning uchun reklama
beruvchining o‘zi yoki reklama agentligi xodimi bozorni segmentlaydi, ya’ni
demografiya, ijtimoiy ahvol, turmush tarzi, tovardan foydalanish darajasi va h.k.
nuqtai-nazaridan eng ehtimoliy potensial xaridorlarni tanlaydi va tavsiflaydi. So‘ngra
277
maqsadli bozor talablariga eng to‘liq javob beradigan va eng ko‘p sonli potensial
xaridorlarni qamrab oladigan reklama vositalari tanlab olinadi.
Reklamani potensial xaridorlarning ko‘pchiligi joylashgan joylarda berish zarur,
muayyan nashrda chop etish uchun mo‘ljallangan e’lon esa uning o‘quvchilari uchun
tushunarli bo‘lgan tilda yozilgan bo‘lishi lozim. Qachon reklama qilish masalasini hal
qilishda gap yil fasllari, oy, hafta, kun, soat, daqiqalar haqida borishi mumkin. Bosma
nashrlarning chiqish davriyligi (kundalik gazetalar, haftalik va oylik jurnallar) hamda
televidenie va radioda vaqt kesimlarining o‘ziga xos tasniflanishi reklama
beruvchilarga reklama xabarlari ko‘riladigan, o‘qiladigan yoki eshitiladigan vaqtni
aniq tanlash imkoniyatini taqdim etadi.
Hozirgi paytda reklama beruvchilar va reklama agentliklar tomonidan reklama
dasturlarini amalga oshirish doirasida reklama kampaniyalari o‘tkazishda
foydalaniladigan reklama vositalari xilma-xilligi kuzatilmoqda.
Tanlov reklama beruvchi bo‘lgan muayyan vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
yaqqol ajralib turadigan o‘rovdagi tovar (kosmetik tovarlar) uchun jurnallar va
televidenie kabi reklama vositalaridan foydalanish talab qilinishi mumkin.
Deyarli bir xil afzalliklarga ega bo‘lgan reklama tarqatish vositalarini tanlashda
ularning ustunliklari va cheklovlariga, shuningdek, ayni paytdagi reklama vositalari
qiymatiga amal qilish zarur.
Quyida asosiy reklama tarqatish vositalarining ustunliklari va kamchiliklari aks
ettirilgan (14.1-jadval).
Reklama murojaatini ishlab chiqish bosqichida qamrov kengligi, paydo bo‘lish
tez-tezligi va reklamaning ta’sir kuchi haqidagi ma’lumotlar hisobga olinishi lozim.
Qamrov deganda belgilangan vaqt oralig‘ida reklama ta’siriga uchrashi lozim
bo‘lgan maqsadli doira doirasidagi shaxslar doirasi tushuniladi. Ajratilgan
mablag‘larni hisobga olgan holda eng ko‘p sonli potensial xaridorlar qamrovini
ta’minlash muhim ahamiyatga ega.