338
mos keluvchi maqsadli guruh (masalan: soat 8 gacha va 20 dan keyin – ishchilar,
xizmatchilar, talabalar, soat 9 dan 12 gacha – uy bekalari, pensionerlar va h.k.) tinglashi
talab etiladi.
Radioreklama murojaatida takrorlash usuliga gazeta va jurnal reklamasidagidan
ko‘ra ko‘proq murojaat qilish lozim, chunki radiotinglovchi reklama dasturining ayrim
joylarini bir martada tushunmasligi mumkin.
Qat’iy belgilangan vaqtda eshittiriladigan muntazam radioreklama eng samarali
hisoblanadi, ayniqsa, eshittirish bitta musiqiy signal bilan boshlanishi va yakunlanii
ahamiyatga ega.
Radioreklama magazindan tashqaridagi va magazin
ichkarisidagi turlarga
taqsimlanadi.
Magazindan tashqaridagi reklama
radiotranslyasiya tarmog‘i: qishloq, shahar,
tuman, viloyat tarmog‘i, shuningdek, yarmarka, bozor, ko‘rgazma-savdolar
radiouzellari orqali eshittiriladi.
Magazin ichkarisidagi reklama
bitta savdo korxonasi doirasi bilan chegaralanadi
va ovoz kuchaytirgichlari magazin tashqarisiga ham chiqarilishi mumkin bo‘lgan
radiotranslyasiya uskunalari orqali amalga oshiriladi. Bu holatda eshittirishlarning
reklama ta’siri va tinglovchilar qamrovi ortadi.
Magazin ichkarisidagi reklama tovar kelib tushgani
va mavjudligi haqida
e’lonlarni, ularning xususiyatlari izohlanishini, xaridorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar
(tovarni uyigacha etkazib berish va h.k.), tovarlar sotish usullari va tartibi haqida
xabarlarni o‘z ichiga olishi mumkin. e’lonlar matni mikrofon orqali o‘qib eshittiriladi.
Radio orqali e’lonlar qoidaga ko‘ra, davriy matbuotda reklama qilish maqsadga
muvofiq bo‘lmagan, kichik partiyadagi tovarlar reklamasi uchun qulay hisoblanadi.
Deyarli barcha tovarlar guruhlarini radio orqali reklama qilish mumkin. Biroq
radioreklama amalga oshirishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: ular haqida
aniq va obrazli hikoya qilish mumkin bo‘lgan tovarlar tanlash;
radio keng
ommalashganligi sababli undan ko‘pchilik aholi tomonidan talab katta bo‘lgan,
xaridorlarning turli toifalari muntazam xarid qiladigan tovarlar reklamasi uchun
foydalanish tavsiya etiladi; potensial xaridor tovarni xarid qilish haqida qaror qabul
339
qilishdan oldin tovar haqida to‘liq axborotga ega bo‘lishi uchun radioreklama
eshittirishining istalgan turida tovarlar narxi haqida albatta gapirib o‘tish kerak.
Radio orqali reklama turlari orasida eng tarqalgan turlar radioe’lonlar,
radioroliklar, turli radiojurnallar va reklama radioreportajlari
hisoblanadi.
Radioe’lon
– odatda diktor tomonidan o‘qib eshittiriladigan axborot.
Radiorolik
– maxsus tayyorlangan sahnalashtirilgan (badiiy) radiosyujet, u
original tarzda (ko‘pincha haazil yoki qiziqtirib qo‘yadigan suhbat ko‘rinishida) va,
qoidaga ko‘ra, musiqa jo‘rligida
taklif etilayotgan mahsulot, tovar yoki xizmatlar
haqida axborotni bayon qiladi. Ba’zida reklama radioroliki kichik reklama qo‘shig‘i-
shlyager shaklida bo‘lishi mumkin.
Radiojurnal
– axborot-reklama xarakteriga ega bo‘gan, uning alohida elementlari
qisqa konferans bilan birlashtiriladigan tematik radioeshittirish.
YArmarka, ko‘rgazma-savdolar yoki boshqa hodisalar haqida
radioreportajlar
ham bilvosita, ham bevosita reklamadan iborat bo‘lishi mumkin.
Televizion reklamaning
eng tarqalgan turlari orasida
televizion reklama roliklari,
televizion reklama e’lonlari, reklama telereportajlari va teleko‘rsatuvlari, ko‘rsatuvlar
oralig‘idagi reklamani
alohida ajratib ko‘rsatish mumkin
.
Teleroliklar
bu – bir necha soniyadan 2-3 daqiqagacha davom etadigan va
televidenie orqali namoyish etiladigan reklama kino- yoki videoroliklari. Ko‘pincha
bunday reklama roliklari vaqti-vaqti bilan turli ommaviy,
badiiy va publitsistik
ko‘rsatuv va dasturlarga kiritilishi mumkin. Xorijiy amaliyotda hattoki badiiy filmlar
ham eng qiziq paytda reklama bilan uzib qo‘yiladi.
Telee’lonlar
– diktor tomonidan o‘qiladigan reklama axboroti.
Reklama teleko‘rsatuvlari
ularning davomida u yoki bu tovarlar faol reklama
qilinadigan xilma-xil teledasturlarni: shou, viktorina, reportaj, intervyularni aks
ettirishi mumkin.
Radio- va telereklama afzalliklari ularning o‘ta tezkorligidadir (chunki reklama
xabari tahririyatga kelib tushishi bilan efirga berilishi mumkin).
Bu vositalarni aholining keng qatlamlari iste’moli uchun mo‘ljallangan, ommaviy
talab tovarlari va xizmatalrini reklama qilishda foydalanish eng samarali hisoblanadi.
340
O‘z reklama dasturlarida radioreklamadan foydalanadigan reklama beruvchilar va
reklama agentliklari radiodasturning turli toifadagi tinglovchilar orasida ommaviyligi
borasida tadqiqot o‘tkazishlari zarur. Bu radiotinglovchilar
orasidan reklama
qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) potensial xaridorlarni ajratish va reklama uchun
muayyan radiodasturlardan uchun qilinadi.
Telereklamaga keladigan bo‘lsak, bu vosita barcha afzalliklariga qaramay
(maqsadli doirani keng qamrab olish, tezkorlik, ishtirok etish samarasi),
u ancha
qimmat va narxlarning o‘sish tendensiyasiga ega hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: