328
16-BOB. REKLAMA TARQATISH VOSITALARI VA ULARNING
QO‘LLANILISHI
16.1. Matbuotdagi reklama
Matbuotdagi reklama davriy matbuotda chop etilgan turli reklama materiallarini
o‘z ichiga oladi. Ularni shartli ravishda ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin:
reklama
e’lonlari va sharh-reklama xarakteriga ega e’lonlar,
ular qatoriga ba’zida bevosita,
ba’zida esa bilvosita reklamali turli maqolalar, reportajlar, sharhlar.
Reklama e’loni
– davriy matbuotda joylashtirilgan pullik reklama xabari. Klassik
variantda e’lon reklama beruvchining tijorat taklifi afzalliklari va
mohiyatini qisqacha
shaklda aks ettiradigan reklama sarlavhasi-shiordan boshlanadi. Reklama e’lonining
maydaroq shriftda yozilgan asosiy matnli qismi, batafsil, lekin kam so‘zlar
bilan
reklama murojaatining mohiyatini bayon qiladi, iste’molchi uchun foydali bo‘lgan
mahsulot xususiyatlari va afzalliklarini ajratib ko‘rsatadi. E’lonning oxirida murojaat
qilish uchun manzil ko‘rsatiladi (zarur hollarda - telefon, faks yoki boshqa rekvizitlar).
Ta’kidlash joizki, oxirgi paytlarda reklama e’lonlari chop etishda u bilan
birgalikda qaytariladigan yirtma kupon yoki blank-buyurtma ham chop etilmoqda.
Reklama e’lonining badiiy bezalishi imkon qadar uning mazmuniga mos kelishi
lozim. Firma simvolikasining asosiy elementlari (tovar belgisi, firma bloki)
alohida
ajratilishi maqsadga muvofiq.
Maqolalar va sharh-reklama xarakteriga ega e’lonlar
qoidaga ko‘ra, korxona
faoliyati haqida sharh shaklida yoki korxona rahbari, ishbilarmonlik
hamkorlari va
iste’molchilar bilan intervyu shaklida yozilgan tahririyat materialini ifodalaydi (xorijiy
amaliyotda uni joylashtirishga alohida huquqlar pullik reklama e’lonlarini doimiy chop
etadigan mijozlarga taqdim etiladi). Bunday materiallar rasmlar bezalishi maqsadga
muvofiq – rasmlarsiz quruq so‘zlardan iborat bo‘gan katta matn unchalik samarali
qabul qilinmaydi. Bunday maqolalarning
badiiy bezagida shuningdek, firma
simvolikasidan keng foydalanish lozim.
Reklama e’lonlari va sharh-reklama xarakteriga ega maqolalar chop etish uchun
329
gazeta, jurnal, byulleten kabi davriy matbuot, turli ma’lumotnomalar,
yo‘lko‘rsatkichlar va h.k. foydalaniladi.
Barcha davriy matbuot naщrlarini tematikaga
qarab ijtimoiy-siyosiy va
ixtisoslashgan (turli tarmoq nashrlari) turlarga ajratish mumkin. Ijtimoiy-siyosiy
nashrlarda asosan aholining keng qatlamlari uchun mo‘ljallangan tovarlar va xizmatlar
haqida reklama e’lonlari chop etiladi.
Fan, texnika va sanoatning u yoki bu tarmoqlari mutaxassislari o‘qishi uchun
mo‘ljallangan sanoat uchun tovarlar va mahsulotlar haqida reklama e’lonlarini
ixtisoslashgan nashrlarda
chop etish maqsadga muvofiq
Do'stlaringiz bilan baham: