336
aholining keng qatlamlariga namoyish etish uchun mo‘ljallangan, qoidaga ko‘ra, xalq
iste’moli tovarlarini (xizmatlarni) reklama qiladigan qisqa reklama filmlari. Ular
kinoteatrlarda badiiy filmlar seanslari oldidan yoki televidenie orqali namoyish etilishi
mumkin. Kinematografning barcha janrlari qo‘llanishi mumkin; qoidaga ko‘ra,
dinamik syujetlarda, o‘tkir
vaziyatlar, kutilmagan yakunlar foydalaniladi.
Reklama-texnika filmlari
– 10-20 daqiqa (ba’zida undan uzoq) davom etadigan,
mahsulotdan tashqari buyurtmachi korxona haqida hikoya qiladigan reklama filmlari;
reklama beruvchining faoliyati haqida ijobiy fikr uyg‘otish va uning nufuzini oshirish
maqsadida turli maqsadli guruhlarga (mutaxassislar va aholining keng qatlamlariga)
namoyish etish uchun yaratiladi.
Reklama-texnika va nufuzli-reklama filmlari janri bo‘yicha ilmiy-ommabop
filmlarga yaqin bo‘lib, ba’zida ularni yaratishda multiplikatsiya, kompyuter grafikasi
va badiiy filmlar elementlari foydalaniladi. Bunday filmlar ko‘rgazma va
yarmarkalarda,
taqdimotlarda,
matbuot
anjumanlarida,
simpoziumlar
va
ishbilarmonlik uchrashuvlarida namoyish etish uchun mo‘ljallanadi.
Reklama videofilmlari tasnifi ham xuddi kinofilmlar tasnifiga o‘xshab ketadi.
Reklama videoekspressaxboroti
– videoreklamaning o‘ziga xos turi bo‘lib,
reklama beruvchi tashkilot hayotidagi bironta muhim hodisa (yangi
liniya ishga
tushirilishi, yirik tijorat bitimi imzolanishi, yangi tovarlar
ilk partiyasi chiqarilishi,
yubiley tantanalari va h.k.) haqida tezkor bajarilgan videosyujetni ifodalaydi.
Ta’kidlash joizki, hozirgi paytda reklama amaliyotida kinofilmlar o‘rniga
videofilmlar chiqarishning ortishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu videoreklamaning
tezkor va tejamkor
ishlab chiqarish, nusxa ko‘paytirish mumkinligi, keng doiradagi
ifodali elektron spetseffektlardan
foydalanish imkoniyati, tayyor videofilmlarni bir
joydan boshqa joyga oli borish osonligi, ularni maishiy videomagnitofonlar yordamida
namoyish etish uchun qulayligi kabi afzalliklari bilan bog‘liq. Biroq katta ekranda va
katta maqsadli doiraga namoyish etish uchun baribir reklama kinofilmlari ko‘proq sifat
va samara beradi.
Slayd-filmlar
bitta yoki bir
nechta ekranga tushiriladigan, avtomatik ravishda
almashib turadigan rangli diapozitivlardan iborat dasturni ifodalaydi. Bunday dasturga
337
maxsus tayyorlangan fonogramma jo‘k qiladi. Slayd-filmlardan
xilma-xil tovarlar
assortimenti, sanoat mahsulotlari va xizmatlari uchun foydalanish mumkin. Bundan
tashqari, ular nufuzli-reklama yo‘nalganligiga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ushbu
reklama turining asosiy ustunliklaridan biri tezkor va tejamkor modifikatsiya qilish
yoki dastur to‘liqligini buzmagan holda slaydlar o‘rnini olmashtira olish imkoniyati
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: