98
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari «Ommaviy axborot vositalari
to’g’risida»gi, «Reklama to’g’risida»gi, «Axborot, axborotlashtirish va axborotni
himoya qilish to’g’risida»gi qonunlar asosida faoliyat ko’rsatadi. Ushbu qonunlardan
tashqari OAV o’z faoliyatida mamlakat Prezidenti va hukumatining turli farmonlari,
qarorlar va farmoyishlariga amal qiladi. OAV bilan
ishlashda barcha korxona va
tashkilotlar doimo ushbu hujjatlarga asoslanadi.
PR xizmati uchun asosiy vazifa OAV bilan aloqa o’rnatish va ular orqali
jamoatchilikka (muloqot doirasiga) ta’sir ko’rsatish hisoblanadi. Buning uchun PR
xizmati quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:
– OAV tomonidan chop etilgan axborotlarni to’plash va tahlil qilish;
– OAV uchun axborot taqim etish;
Korxona uchun OAV xush ko’rishiga erishish muhim vazifa hisoblanadi. PR
mutaxassislari o’z firmasi va OAV o’rtasidagi munosabatlarni boshqarishga harakat
qilishlari lozim. OAV bilan munosabatlarni shakllantirar ekak, firma u bilan o’zaro
aloqalar aniq siyosatini belgilab olishi lozim. Bu siyosat
PR xizmatining quyidagi
qoidalarga amal qilishini ko’zda tutadi:
– OAV bilan muloqot qilish uchun doimo ochiq bo’lish;
– OAV uchun ular asosida jurnalistlar chop etish uchun material tayyorlaydigan
materiallar taqdim etish;
– OAVga ularni o’rganish va o’z vaqtida chop etish imkoniyatini berish uchun
axborotni oldindanberish;
– OAV uchun xabarlar aniq, tushunarli bo’lishi va qabul qilingan me’yorlarga
javob berishi lozim;
– xabarlar ob’ektiv, mubolag’asiz va xatolarsiz bo’lishi lozim;
– yolg’on xabarlarga, noto’g’ri dalillarga zudlik bilan javob berish va ularni rad
qilish zarur.
PR xizmati OAV bilan amalga oshiriladigan ishlarni o’z rahbariyati bilan
muvofiqlashtirishi va doimo o’z axborotiga kerakli ohang berishi lozim.
Korxonalarning iste’molchilar bilan munosabatlari birinchi navbatda,
«Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi
Qonun asosida tashkil
99
qilishlari lozim.
Iste’molchilar bilan munosabatlarning asosiy maqsadi – korxonaning o’z
mahsulotlarini soitsh hajmini oshirishdir. Bu maqsad quyidagi shartlarda erishilishi
mumkin:
1.Mavjud iste’molchilarni saqlab qolish. Iste’molchilar bilan munosabatlar
ma’lum bir harakatlar bilan bu xaridorlarning firmadan qoniqqanligini ta’minlashi
lozim. Masalan, o’z mavzesidagi doimiy xaridorlarga tovarni kreditga, «chin so’z»ga
ishongan holda berar ekan, oziq-ovqat magazini bu odamlarni o’ziga «bog’lab»
qo’yishi mumkin.
2. Yangi iste’molchilar jalb qilish. Masalan,
biron-bir tabiiy ofat yoki
favqulodda vaziyat ro’y bergan holatda firma bundan zarar ko’rganlarni oziq-ovqat,
issiq kiyim bilan ta’minlagan holda o’zi uchun ijobiy imidj yaratadi, demak, yangi
xaridorlarni jolb qiladi, bu esa mahsulot sotish hajmining o’sishiga olib keladi.
Iste’molchilar bilan barqaror, ishonch asosidagi munosabatlar ancha ko’proq
tovarlar va xizmatlar sotishga imkon beradi. Shu boisdan iste’molchi bilan
munosabatlar PR faoliyatining muhim yo’nalishi hisoblanadi. G’arb mamlakatlarida
ko’plab firmalar PR xizmati tarkibida iste’molchilar bilan munosabatlar bo’linmalariga
egadir.
90-yillarda AQShda konsyumeristik (iste’molchi) falsafasi, ya’ni iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish falsafasi keng tarqaldi. Masalan, Chrysler Motors
kompaniyasi tovar kafolati bilan bog’liq muammolarni hal
qilishni kafolatlaydigan
«Xaridorlar huquqlari haqida Bill» ishlab chiqdi va e’lon qildi. Xaridorlar ishonchini
saqlash, ularni yo’qotmaslik uchun firmalar katta mablag’lar sarflaydi. Misol uchun,
1995 yil Intel firmasi nuqsoni bo’lgan chipli Pentium prosessorlarini almashtirish
bo’yicha keng miqyosdagi kampaniyani amalga oshirdi. Natijada kompaniya nafaqat
iste’molchilar bilan, balki hamkorlar va kompyuter sotuvchilari bilan ham ishonch
asosidagi munosabatlarni saqlab qoldi.
Asosiy faoliyat – tovarlar sotishdan tashqari korxonalar xaridorlarga turli bepul
xizmatlar ko’rsatishi ham mumkin. Masalan, tovarlar assortimentining xaridorlarni
shoshirib qo’yadigan darajada kengligi tufayli General
Electric kompaniyasi
100
iste’molchilarni yangi tovarlar haqida xabardor qiladigan, tunu-kun ishlaydigan bepul
telefon xizmatini joriy qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: