Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

Anjuman 
bu – ilmiy, siyosiy, professional jamiyatlarda muloqot qilish
muammolarni muhokama qilish va hal etish vositasidir. Shu bilan birga, anjumanlar 
tadbirkorlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ularning ishbilarmonlik 
aloqalari vositasi ham hisoblanadi. 
Anjumanlar tadbirkorlarga o’z g’oyalarini hayotga tatbiq etish, o’z mahsulotini 
ilgari surish, o’zi uchun biznesda qulay vaziyatlar yaratishga imkon beradi. 
Anjumanlar ichki va tashqi anjumanlar bo’lishi mumkin – ichki anjuman 
qatnashchilari korxona jamoasining a’zolari hisoblanadi, tashqi anjumanda esa turli 
muassasalarning vakillari ham ishtirok etadi. Anjumanlar ilmiy, amaliy va ilmiy-
amaliy turlarda bo’lishi mumkin. Ular istalgan muammolar bo’yicha: siyosat, ta’lim, 
biznes yoki masalan, raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida korxonalar hamkorligi 
masalalari bo’yicha o’tkazilishi mumkin. 
Anjuman boshlanishidan ancha oldin so’zga chiquvchilarning asosiy tarkibi 
tayyorlanadi. Anjuman o’tkaziladigan kunlar, soatlar, ma’ruzalar mavzulari, 
ma’ruzachilar ko’rsatilgan holda anjuman o’tkazish tartibi ko’rsatilgan dastur oldindan 
shakllantiriladi. Anjuman materiallari bo’yicha hali anjmuan o’tkazilishidan oldin yoki 
uning natijalari bo’yicha keng omma uchun qiziqish uyg’otadigan ma’ruzalar yoki 
tezislar to’plamlari chop etilishi mumkin. Anjuman dasturida ekskursiyalar, korxonalar 
yoki ularning bo’linmalariga tashrif buyuurish, furshet va h.k. ko’zda tutilgan bo’lishi 
mumkin. 
Anjuman o’tkazish uchun shu tadbir uchun mas’ul shaxs sanalgan rais 
rahbarligidagi qo’mita tashkil etilishi mumkin. Qo’mita tarkibiga ularning har biri 
anjuman o’tkazishning ma’lum bir bosqichi – anjumant qatnashchilarini qabul qilish 
va joylashtirish, ularning ovqatlanishini tashkillashtirish va furshet o’tkazish, OAV 
vakillari bilan aloqalar uchun javobgar bo’lgan shaxslar kiradi. 
Anjuman va uning tashkilotchisi sanalgan korxonani reklama qilish maqsadida 
anjuman mavzusi va mazmunini shunday tashkil qilish kerakki, u keng ishbilarmonlik 


88 
jamoatchiligi uchun katta qiziqish uyg’otsin, anjumanga ommaviy axborot vositalari 
qiziqib qolsin va uning materiallarini chop etsin. Buning uchun anjuman 
tashkilotchilari oldindan media-kit tayyorlashi va jurnalistlarga taqdim etishit lozim 
bo’lib, u quyidalardan iborat bo’lishi ko’zda tutiladi: 
– anjuman dasturi; 
– anjuman tashkilotchisi sanalgan korxona haqida umumiy axborot (nomi, 
faoliyat turlari, qisqacha tarixi, strukturasi va h.k.); 
– anjuman qatnashchilari ro’yxati va ularning qisqacha tavsifnomasi
– eng muhim va jamoatchilik uchun qiziqarli bo’lgan ma’ruzalar tezislari; 
–press-reliza matni. 
Anjuman o’tkazish natijasida ishbilarmonlik jamoatchiligida tashkilotchi 
korxona va uning mahsulotlari haqida ijobiy fikr va tasavvurlar shakllanishi juda 
muhim. 
«Davra stoli» 
- muammoni muhokama qilish, korxonalar hamjamiyati yoki 
firmaning ishbilarmonlik siyosati, taktika va strategiyasini ishlab chiqish vositalaridan 
biri. 
Davra stoli qatnashchilari odatda korxonalar rahbarlari yoki mos keluvchi 
tadbirkorlik faoliyati sohasining nufuzli mutaxassislari hisoblanadi. Davra stolida 
firma vakillarining qatnashishi ma’lum bir muammolarni hal qilishdan tashqari, uning 
faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritishda keng ishbilarmonlik jamoatchiligi 
orasida yetarli darajada mashhurlikni qo’lga kiritishga ham yordam beradi. 
«Pablik rileyshnz» sohasidagi har qanday tadbir kabi «davra stoli» faoliyati 
oldindan tegishli ravishda rejalashtirilgan va tayyorgarlik ko’rilgan bo’lishi lozim. 
Davra stoli mavzusi, muhokama qilinadigan masalalar va qatnashchilar tarkibi 
oldindan belgilanadi. Davra stoli qatnashchilarini muhokama uchun taklif etilayotgan 
masalalar bilan dastlabki tanishtirish ularga o’z pozisiyalarini, fikrlarini aniqlashtirib 
olish, dalillar va materiallar tayyorlashga imkon beradi. 
Bunday tadbir qatnashchilari soni 10-15 kishidan oshmasligi kerak. Ish uchun 
haqiqatda aylana shaklidagi stol bo’lishi shart emas. Qatnashchilar bir-biriga 
yuzlangan holda o’tirishi uchun aylana, to’rtburchak yoki kvadrat shaklida o’rnatilgan 


89 
stollar ortida joylashtiriladi. Har bir qatnashchining oldida stolda tablichka-
identifikator turishi lozim bo’lib, unda yirik shrift bilan ularning ismi-sharifi
firmasining nomi va lavozimi ko’rsatiladi. 
Davra stoli ishini boshqaruvchi «stol» qatnashchilari bilan oldindan kelishilgan 
holda ssenariy, muhokama qilinadigan savollar va so’zga chiqishlar ro’yxati va ketma-
ketligini tayyorlashi mumkin. bunday tayyorgarlik, ayniqsa, tadbir televidenie 
dasturlarida namoyish etiladigan bo’lsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holatda, 
muhokama qilinadigan muammolar va hal etilmagan masalalar mavjudligiga qaramay, 
«davra stoli» qatnashchilari, boshlovchi bu tadbir jarayonida alohida shtrixlar, iboralar 
yordamida o’z korxonasi yoki davra stoli qatnashchisi bo’lgan korxonalar haqida 
teletomoshabinlar yoki o’quvchilarda ijobiy taassurot uyg’otishi lozim. 
OAV vakillari uchun ular o’z muloqot doirasini bu hodisa haqida xabardor 
etishda foydalanishi mumkin bo’lishi uchun boshlang’ich materialni oldindan 
tayyorlab qo’yish zarur. 
Ko’plab tashkilot va muassasalar uchun 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish