Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


Pablik rileyshnz xizmatining ommaviy axborot vositalari bilan ishlashi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

Pablik rileyshnz xizmatining ommaviy axborot vositalari bilan ishlashi 
Muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun korxona va tashkilotlar, ayniqsa, faoliyat 
hajmi keng bo’lgan yirik korxona va tashkilotlar doimiy ravishda jamoatchilik bilan 
o’z aloqalarini rivojlantirish va bunda ommaviy axborot vositalari bilan ishlashiga 
to’g’ri keladi. 
Ommaviy axborot vositalari 
bu – har xil turdagi axborotlarni keng 
muloqot doirasiga tezkorlik bilan yetkazadigan tashkiliy-texnik komplekslardir. 
Axborot vositalarga qarab og’zaki yoki yozma shaklda, vizual tarzda yoki musiqa 
jo’rligida berilishi mumkin. 
Hozirgi paytda quyidagi ommaviy axborot vositalari keng tarqalgan: 
– axborot agentliklari; 
– matbuot; 


93 
– radio; 

televidenie;
– Internet. 
Axborot agentliklari bu – qoidaga ko’ra, pullik asosda axborot to’playdigan va 
ommaviy axborot vositalarini (gazeta, jurnal, radio, televidenie), davlat, jamoat va 
tijorat muassasalarini yangiliklar bilan ta’minlaydigan tashkilotlar. 
Masalan, AQShning Shiroko, naprimer, Associated Press (AR) axborot agentligi 
juda mashur. U dunyoning dunyoning turli mamlakatlarida 80 dan ortiq va AQShning 
o’zida 140 ta byuroga ega. Ushbu agentlik dunyo bo’ylab 15 mingdan ortiq mijozga 
(gazeta, jurnal, tele va radiokompaniyalar, davlat tashkilotlari va h.k.) xizmat 
ko’rsatadi. 
AQShda yiriklik darajasi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan va AR raqobatchisi 
bo’lgan United Press International (UPI) AQSh da 146 ta va uning hududidan 
tashqarida 80 dan ortiq bo’inmaga ega. 
Moskvada 16 dan ortiq mahalliy axborot agentiklari mavjud. ularnin gorasida 
eng mashhurlari RIA «Novosti», ITAR-TASS, «Praym»-TASS, «Interfaks» bo’lib, 
ularning axborotlaridan turli ommaviy axborot vositalari keng foydalanadi. 
Alohida tashkilot va korxonalar buyurtmasi bilan ommaviy axborot vositalari 
monitoringi bilan shug’ullanadigan axborot agentliklari ham mavjud. 
Monitoring 
bu – 
matbuot, radio, televideniedagi xabarlarni kuzatib borish, tahlil qilish va baholashdir. 
Bunday agentliklar istalgan masala bo’yicha va istalgan kompaniya haqida gazeta va 
jurnallarda bosib chiqarilgan materiallar taqdim etishi mumkin. Masalan, AQShda 
shunday agentlik mavjud – press-kliping byuro Burrel, u har kuni o’z mijozlariga 50 
minggacha klip-podborka (clip – qirqib olingan parcha) yuboradi. Byuro 1700 ta 
kundalik va 8300 ta haftalik gazetaga, 6300 ta jurnalga obuna bo’lgan. Byuro 
xizmatlarining narxi oyiga 200 dollarni va bundan tashqari, har bitta klip uchun 1 
dollarni tashkil qiladi. 
AQShda asosiy radio va telestansiyalarni kunu-tun monitoring qilish bilan 
shug’ullanuvchi kompaniyalar mavjud. 
Har bir korxona o’zi haqida ijobiy axborot tarqatish, jamoatchilik fikrini 


94 
yaratishga intiladi. Shu bilan birga, korxona uchun boshqa firmalar, raqobatchilar 
faoliyati haqidagi axborotlar, shuningdek, OAVda ular haqida chiqarilgan barcha 
axborotlar qiziqish uyg’otadi. 
OAV monitoringi korxonalar tomonidan nafaqat o’z faoliyati haqida 
jamoatchilik fikrini baholash uchun olib boriladi. U boshqa korxonalar va 
raqobatchilarning o’z muammolarini hal qilishdagi tajribasini tahlil qilish va 
foydalanish, raqobatbardoshlikni oshirishda katta foyda berishi mumkin. 
Matbuot bu – davriy bosma nashrlar bo’lib, ularning qatoriga gazeta va jurnallar 
kiradi. Faqat Moskva shahrining o’zida 600 ga yaqin davriy nashrlar bosib chiqariladi. 
«Argumentы i faktы» haftalik gazetasi eng ommaviy sanalib, hattoki 1998 yilgi 
iqtisodiy inqiroz sharoitlarida ham uning adadi 3 mln. nusxadan ortiq bo’lgan. AQShda 
1650dan ortiq kundalik gazeta chiqariladi. 
Dunyoning yetakchi gazetalari turli xorijiy mamlakatlarda o’z byurolariga ega. 
Masalan, Moskvada «Time» haftalik jurnali (adadi 4 mln. ekz. hajmi 80-100 bet.), 
«Wall Street Jornal» (2 mln. ekz.), «New York Times» (1,2 mln. ekz.), «Business 
Week» (1 mln. ekz.) gazetalari va h.k. kabi AQShning yirik nashrlariga tegishli 
byurolar ishlab turibdi. 
Gazetalar asosan joriy dolzarb voqea-hodisalar haqida axborot, tahliliy-sharhlov 
materiallari chop etadi. Reklama-axborot materiallariga katta joy ajratiladi. Masalan, 
amerika va nemis gazetalari 50-70%ga turli tashkilotlardan PR bo’yicha mutaxassislar 
yuborgan materiallardan iborat. Gazeta hajmi turlicha, 2 betadn 100 betgacha va hatto 
undan ko’p ham bo’ladi. 
Gazetalar quyidagicha farqlanadi: 
• chiqish davriyligi bo’yicha – kundalik (tonggi, kechki); yakshanbalik; haftalik; 
• ko’lami bo’yicha – markaziy yoki umummillik; mintaqaviy; mahalliy (viloyat, 
tuman, shahar); korporativ (kompaniya, OTM va h.k.); 
• ixtisoslik bo’yicha (ommaviy; ixtisoslashgan; tarmoq). 
Qoidaga ko’ra, har bir gazeta ma’lum bir sondagi, ijtimoiy-demografik 
qatlamdagi o’z muloqot doirasiga ega bo’ladi. o’z firmasi haqida reklama-axborot 
materiallari tayyorlar ekan, PR bo’yicha mutaxassislar ular qaysi ijtimoiy guruhga 


95 
qarab ish tutishi kerakligini bilishlari lozim. 
Radio, 
xuddi matbuot kabi, axborot agentliklari taqdim etadigan axborotdan 
keng foydalanadi. Bu axborotlar muharrirlar tomonidan radio uchun qulay shakldagi 
matnga aylantiriladi. 
Faqat Moskva shahrining o’zitda 30 ta mahalliy va 90 ga yaqin xorijiy tele- va 
radiokompaniyalar ro’yxatdan o’tgan. 
Radio matbuot oldida shunday afzallikka egaki, u aholining kengroq 
qatlamlarini qamrab oladi. Radio avtomobilda ketayotganda ham, bo’sh vaqtda va 
hatto ish jarayonida ham tinglanishi mumkin. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish