Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


 Pablik rileyshnz tadbirlarini tashkil qilish



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

 
5.4. Pablik rileyshnz tadbirlarini tashkil qilish 
PR sohasida turli tadbirlar o’tkazish jamoatchilik e’tiborini firmaga, uning 
faoliyati va mahsulotlariga qaratishi ko’zda tutilgan. 
Tadbir maqsadi va unga erishish vositalarini aniq belgilab olish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Maqsadga qarab turli tadbirlar foydalanilishi mumkin. shunga intilish 
kerakki, tadbirlar jamiyatda keng aks topsin, ular haqida axborot esa ommaviy axborot 
vositalari yordamida va boshqa yo’llar bilan keng tarqatilsin. 
PR tadbirlarini samarali o’tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko’rish zarur. 
Buning uchun barcha bosqichlar ketma-ketligi ko’rsatilgan holda to’liq ssenariy, 
shuningdek, mufassal dastur tayyorlanadi. Mos keluvchi bosma materiallar: 
prospektlar, press-reliz, katalog va h.k. oldindan tayyorlanishi va chop etilishi lozim. 
Tadbirda ishtirok etish uchun taklif etiladiganlar doirasi belgilab olinadi. Ularga 
tadbir o’tkazish vaqti, joyi va boshqa axborotlar ko’rsatilgan dastur bilan maxsus 
taklifnomalar yuboriladi. 
PR sohasida firmaning asosiy tadbirlari quyidalar hisoblanadi: 
– taqdimotlar; 
– anjumanlar; 
– davra stollari; 
– ochiq eshiklar kuni; 
– ko’rgazmalar; 


85 
– qabul marosimlari. 
Taqdimot (prezentasiya - presentation) 
– birno-bir firma, shaxs, mahsulotni 
jamoatchilik vakillariga taqdiy etish, ko’rsatish, tanishtirish. 
Korxona taqdimoti quyidagi sabablarga ko’ra o’tkazilishi mumkin: 

korxona ochilishi; 

korxona qayta tashkil qilinishi, yangi bo’linmalar ochilishi; 
– faoliyatda yuqori, sifat jihatidan yangi yutuqlarga erishilishi va h.k. 
Qoidaga ko’ra, taqdimot yangi korxona faoliyatining boshlang’ich bosqichi 
hisoblanadi. Biroq bu tadbir mavjud korxonaning biron-bir yangi bo’linmasi – sex, 
filial va h.k. ochilishi munosabati bilan ham o’tkazilishi mumkin. Taqdimot nafaqat 
ishlab chiqarish korxonasi, magazin, restoran, mehmonxona uchun, balki ta’lim 
muassasasi, tibbiyot muassasasi va h.k. uchun ham foydali bo’lishi mumkin. 
Bu tadbir unga keng jamoatchilik vakillari, ya’ni potensial xaridorlar, 
mijozlardan tashqari, birinchi navbatda, shahar ma’muriyati, qonunchilik organlari, 
mashhur shaxslar ham taklif etilgan hollarda samarali bo’ladi. Agar ochilish 
marosimiga ommaviy xab vositalari, ya’ni gazeta, radio, televidenie xodimlari taklif 
etiladigan bo’lsa, natijaning yuqori bo’lishi muqarrar. 
Ta’kidlash joizki, marosimda shahar, mintaqa yoki mamlakat miqyosida 
mashhur bo’lgan shaxslar ishtirok etadigan bo’lsa, OAV xodimlari taqdimotda 
bajonudil ishtirok etadi. Masalan, agar yirik shaharda yoki mamlakat poytaxtida 
qo’shma korxona ochiladigan bo’lsa, tashkilotchilar mos keluvchi mamlakat elchisini 
taklif qilishlari mumkin. Jurnalistlarda elchiga joriy siyosat masalalari, dunyoda ro’y 
berayotgan hodisalar va mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlar haqida savol berish 
imkoniyati paydo bo’ladi va bu ularni tadbirga tashrif buyurishga majbur qiladi. Kichik 
shaharlarda mahalliy jurnalistlarda mahalliy ma’muriyat, qonunchilik organlari 
rahbariyati bilan uchrashish va ulardan intervyu olish imkoniyati ham katta qiziqish 
uyg’otishi mumkin. 
Shuni e’tiborga olish kerakki, shahar yoki mintaqa rahbariyati, deputatlarni 
taklif qilishdan farqli ravishda, ochilish marosimiga mashhur artistilar, sportchilarni 
taklif qilish ularga gonorar, qimmatbaho sovg’alar taqdim etilishi ko’zda tutiladi. 


86 
Taqdimot odatda kunning ikkinchi yarmida o’tkaziladi. 
U shartli ravishda ikki qismga bo’linishi mumkin. Birinchi, rasmiy qismda 
firmani taklif etilganlarga tanishtirish ko’zda tutiladi, ikkinchi, norasmiy qism esa – 
furshet va h.k.ni o’z ichiga oladi. 
Taqdimotning birinchi qismi firma rahbarlaridan birining kirish so’zidan 
boshlanib, u korxona, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, kelgusi rejalar haqida 
qisqacha tavsifnoma beradi. Mahalliy hukumat vakili o’z chiqishida bu tadbirning 
shahar xo’jalik yoki ijtimoiy tizimidagi o’rni haqida gapirishi mumkin. 
Yuqorida aytilgan so’zga chiqishlardan so’ng mehmonlarda turli savollar 
vujudga kelishi mumkin bo’lib, firma rahbarlari bu savollarga to’liq va batafsil javob 
berishlari kerak. Taqdimot jarayonida tabriklar, istaklar, firma faoliyatini yanada 
takomillashtirish bo’yicha kostruktiv takliflar bildirish uchun mehmonlarga ham so’z 
berilishi mumkin. 
Bu kichik so’zga chiqishlar jarayonida yoki ulardan so’ng firma va uning 
mahsulotlari haqida 10 daqiqalik reklama videofilmi namoyish etilishi mumkin. Zalda 
taqdimot qatnashchilari uchun yirik fotosuratlar joylashtirilishi yoki tasvirli 
diapozitivlar o’rnatilishi mumkin. 
Taqdimot tashkilotchilari o’z dasturida reklama va esdalik suvenirlari 
topshirishni ham ko’zda tutishi mumkin. Bundan tashqari, reklama prospektlari, 
bukletlar, kataloglar tarqatish ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin.
Taqdimotning norsamiy hisoblangan ikkinchi qismi shu binoning o’zida yoki 
boshqa binoda bo’lib o’tishi mumkin. Qoidaga ko’ra, bino devorlari oldida spirtli va 
spirtsiz ichimliklar, shuningdek, buterbrod, salat va h.k. ko’rinishidagi yengil 
yeguliklar qo’yilgan stollar joylashtiriladi. 
Furshet ahamiyatiga ko’ra taqdimotning rasmiy qismidan ko’ra muhimroq 
bo’lishi mumkin. Bu yerda taqdimot qatnashchilari erkin holatda kichik guruhlarga 
birlashishi, bir guruhdan boshqasiga o’tishi, tanishishi, bir-biriga tashrif qog’ozlari 
berishi, qaysidir masalalarni muhokama qilishi, biznesda o’zaro qiziqarli manfaatlar 
topishi, kelgusi ishbilarmonlik uchrashuvlari haqida kelishib olishi mumkin. 
Korxonalar rahbariyati mahalliy hukumat organlari vakillari bilan do’stona, norasmiy 


87 
aloqalar o’rnatishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ommaviy axborot vositalari vakillari 
uchun reklama prospektlaridan tashqari, firma haqida batafsil ma’lumotlar oldindan 
tayyorlab qo’yilishi lozim. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish