Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


Sotishni rag’batlantirish tadbirlari haqida xabardor qilish usullari



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

 
3.4. Sotishni rag’batlantirish tadbirlari haqida xabardor qilish usullari 
Amalga oshirilayotgan rag’batlantirish tadbirlari samaradorligini ta’minlash 
uchun ularning mazmuni haqidagi axborotni iste’molchilarga o’z vaqtida yetkazish 
zarur. Sotishni rag’batlantirish tadbirlari haqidagi axborotni tarqatish turar joy 
bo’yicha, matbuot, radio, televidenie, plakatlar yordamida o’tkaziladi. 
Axborotni iste’molchiga turar joy bo’yicha yetkazish – eng tarqalgan usullardan 
biri bo’lib, bunga biz pochta qutilarini ochganda ishonch hosil qilishimiz mumkin. 
Reklama materiallari hozirgi kunda maqsadli muloqot doirasining 5-7%i tomonidan 
diqqat bilan o’qiladi, 18-20%i ko’rib chiqadi va yarmidan ko’pi o’qimasdan tashlab 
yuboradi. Biroq qator tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, respondentlarning 72%i 
olingan materiallarni bir necha kun saqlab turadi. 
Matbuotda sotishni rag’batlantirish haqida e’lonlar davriy va maxsus nashrlar, 
mahsulot va kamdan-kam hollarda – umummilliy gazetalar orqali tarqatiladi. 
Kommunikatsiya vositasi sifatida radio tadbirni e’lon qilish yoki reklama uchun, 
tinglovchilarga o’tkazilayotgan konkurslar haqida axborot taqdim etish yoki 
tadbirlardan to’g’ridan-to’g’ri eshittirish tashkil qilish uchun foydalaniladi. 


63 
Televidenie sotishni rag’batlantirish uchun qo’llanganda taxmin qilinayotgan 
tadbirlar haqida oldindan xabar beriladi va bevosita iste’molchi bilan muloqot 
o’rnatishga xizmat qiladi. Televidenieda sotishni rag’batlantirish muammolari 
umuman olganda radiodagi muammolar bilan o’xshab ketadi, faqat muloqot doirasi 
kengroq bo’ladi. Televidenie, barcha qonunchilik cheklovlari sharoitlarida ham
product placement nomini olgan (rekvizit sifatida syujetga harakat, telefilm yoki 
ko’rsatuvdagi tovar va xizmat suhbatini kiritish) maxsus texnologiyadan foydalanishda 
katta ustunlikka ega. 
Product placement texnologiyasi kinoda keng qo’llanadi. Bundan tashqari
kinofilmlar qahramonlari tovarlar o’rovida paydo bo’lib, tovarni va filmning o’zini 
ilgari surishga xizmat qiladi, markalar esa – filmlarning yakuniy titrlarida paydo 
bo’ladi. 
Sotishni rag’batlantirish tadbirlari haqida xabardor qilishning navbatdagi 
yo’nalishi bu – iste’molchilar va hamkorlar uchun PR tadbirlaridir. Ular tovarlar va 
xizmatalr ommaviyligini oshirish va imidjni yaxshilash uchun xizmat qiladi. 
Marketingning tarkibiy qismi sifatida PR axborot taqdim etish va muloqot doirasida, 
jumladan, davlat strukturalarida ijobiy jamoatchilik fikri shakllantirishning yordamchi 
vositasi hisoblanadi. 
Potensial 
iste’molchilar 
bilan 
to’g’ridan-to’g’ri 
muloqot 
sotishni 
rag’batlantirishning muhim jihati hisoblanadi. Buning uchun maqsadli mijozlarning 
ma’lumotlar to’plami shakllantiriladi. To’g’ridan-to’g’ri muloqotning jalb 
etuvchanligi vositachi yo’qligida, tadbirlarni tezkor takomillashtirish imkoniyatida
axborot sir saqlanishida, javob reaksiyasi tezligida va istiqbolli potensial iste’molchilar 
identifikasiyasida namoyon bo’ladi. 
Sotishni rag’batlantirish usullaridan amaliy foydalanishda maqsadli muloqot 
doirasini aniqlash, sinov tariqasidagi xarid imkoniyatlarini hisobga olish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Sinov tariqasida xarid usulini qo’llashda rag’batlantirish nuqtai 
nazaridan tovar bepul berilishi (xaridor o’z pullari ilan tavakkal qilmasligi uchun), 
iste’molchiga xarid uchun stimul taqdim etilishi va xaridorlarni xaridni amalga 
oshirishga ishontiradigan imidj yaratishi mumkin. 


64 
Sotishni rag’batlantirish uchun maqsadli muloqot doirasini aniqlash (targeting) 
maqsadida uning javob reaksiyasi darajasini bashorat qilish maqsadga muvofiq. 
Maqsadli muloqot doirasini aniq belgilash ehtimoliy xatoliklar va kamchiliklar 
ishonarli doirasida baholash aniqligiga bog’liq. 
Amaliyotda ko’pincha javob reaksiyasi darajasini tahlil qilish natijalarini 
hisobga olgan holda taxminiy baholash bilan chegaralanishga to’g’ri keladi. Shu 
sababli narxlarning o’sishi sekin, pasayishi esa – tez bo’lishi mumkin. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish