Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


Marketing kommunikatsiyasini boshqarish



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

Marketing kommunikatsiyasini boshqarish
– bozor tendensiyalari va 
qonuniyatlari ta’sirini hisobga olgan holda jamoatchilik bilan aloqalar, ko’rgazmalar 
tashkil qilish, reklama va ilgari surish elementlarining axborot texnologiyalari 
vositasida bozor barkarorligini tartibga solish bo’yicha kompaniyaning maqsadli 
yo’naltirilgan faoliyati. 
Marketing kommunikatsiyalarini boshqarish jarayoni kommunikatsiyalarga 
qarash, strategiya tanlash va asoslab berish, jamoatchilik bilan aloqalar va ijtimoiy-
korporativ javobgarlik bo’yicha qarorlarni kompleksli ravishda ishlab chiqishni taqozo 
etadi. 
Har qanday kompaniya marketingni boshqarish tizimini ta’minlaydigan 
kommunikatsiyalar optimal to’plamiga ega bo’lishga intiladi. 
Marketing kommunikatsiyalari to’plamini asoslab berishda kommunikatsiya 
strategiyalari ishlab chiqish bosqichlarining asosiy ketma-ketligi, mezonlari va tarkibiy 
qismlarini diqqat bilan hisobga olish zarur. 
Har bir kompaniya uchun muloqot strategiyasi modelini tuzishni hisobga olgan 
holda missiyaga erishishga qaratilgan o’z kommunikatsiyalariga ega bo’lish dolzarb 
ahamiyatga ega. Mazkur model uning doirasida katta biznes falsafasini tashkil 
qiladigan kishilar doimiy o’zaro aloqa qiladigan, tijorat aloqalari va zarur muloqotlar 
yaratish natijasida ayirboshlash jarayonini amalga oshiradigan dinamik tizimni 
ifodalaydi. 


42 
Menejmenti marketing kommunikatsiyalari ketma-ketligi va tarkibiy qismlarini 
yaxshilab o’ylab chiqa olgan kompaniya yutuqda qoladi. 
Marketing kommunikatsiyalarini tanlashda marketing bo’yicha menejer 
korporativ strategiya ishlab chiqish bosqichlarining ketma-ketligi va asosiy 
mezonlarini hisobga olishi shart. Marketing kommunikatsiya strategiyasining eng 
muhim mezonlari qatoriga quyidagilar kiradi: 
-
Bozorga 
kirib 
borish, 
innovasiyalarni 
rivojlantirish, 
muvaffaqiyatli 
joylashtirish bo’yicha marketing maqsadlari. 
-
Axborot uzatish kanali sifat tarkibiy qismlarlari, jumladan: kanal tozaligi 
(shovqinlar yo’qligi); axborot oluvchiga ta’sir darajasi; xabar mazmuniga ijodiy 
yondashuv; axborot istiqbolliligi, ob’ektivligi; xabarni idrok qilish va eslab qolish 
darajasi. 
-
Kommunikasion muvofiqlashtirish. Mazkur mezonlar guruhinng xususiyati 
shundaki, u bir vaqtning o’zida hamkorlarning idrok qilishi va tushunishi boshqaruv 
va psixologik muammolarini hisobga oladi. Hissiyotlar, ehtiyojlar va moyilliklarni 
hisobga olgan holda ijtimoiy guruhda shaxs va uning xulq-atvori psixologik 
reaksiyalarini bilib olish natijalari foydalanish uchun asos qilib olinadi. 
-
TV, radio, elektron OAV, mass-mediadan mohirona foydalanish natijasida 
iste’molchilar maqsadli guruhlariga kommunikativ xabarning kirib borish va qamrab 
olish darajasi. 
-
Xabar o’tishining qulay shartlari mavjudligi bilan belgilanadigan 
kommunikatsiya kanali ochiqligining tarkibiy qismlarlari. Bunda kanal tannarxini, 
shuningdek, maqsadli muloqot doirasiga «kirish» umumiy xarajatlarini hisobga olish 
muhim ahamiyatga ega. Ular juda katta bo’lmasligi va kompaniya rentabelligiga ziyon 
yetkazmasligi lozim. 
-
Marketing kommunikatsiyalarini boshqarish jarayoni dinamikasi va 
natijaviyligini ta’minlaydigan qaytuvchan aloqa samaradorligini nazorat qilish va 
kompleksli baholash. 


43 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish