Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


Integrasiyalangan marketing kommunikatsiyasini boshqarish



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

 
2.2. Integrasiyalangan marketing kommunikatsiyasini boshqarish 
Bozor munosabatlari sharoitlarida xaridorlarning tovar va xizmatlarga bo’lgan 
ehtiyojini maksimal darajada qondirishga qaratilgan marketing kommunikatsiyalari 
samaradorligi firmaning iqtisodiy farovonlikka erishishi uchun asosiy va hal qiluvchi 
omilga aylanadi. 
Oxirgi paytlarda kompaniyalar 
integrasiyalangan kommunikatsiyalarni 
rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. 
Marketing 
kommunikatsiyalarini 
boshqarish 
jarayoni 
amaliyotda 
foydalanadigan integrasiyalangan kommunikatsiyalar, yoki "kommunikatsiyalar 
g’ildiragi" tarkibiga quyidagilar kiradi: reklama, to’g’ridan-to’g’ri marketing, siljitish 
tizimi, shaxsiy sotuvlar, PR, ko’rgazma marketingi, interaktiv marketing, korporativ 


40 
taniqlilik, homiylik. Bunda to’g’ridan-to’g’ri marketing telefon marketingi, direkt-
meyl, korporasiya kuchlari bilan reklama kampaniyalarini ko’zda tutadigan bir nechta 
kommunikatsiya usullarini taqozo etadi. Korporativ taniqlilik kommunikatsiyasi katta 
ahamiyatga ega bo’lib, u arxitektura dizayni, firma uslubi, tashkilot madaniyati, brend 
ommaviyligi, mijozlarga servis xizmati ko’rsatishni o’z ichiga olgan holda 
jamoatchilik vakillari bilan umumiy aloqalar orqali namoyon bo’ladi. 
Integrasiyalangan marketing kommunikatsiyalarini boshqarish jarayoni 
quyidagi yo’nalishlarni nazarda tutadi: 
-
marketing kommunikatsiyalarini korporativ maqsadlar bilan muvofiqlashtirish 
(vertikal bo’yicha integrasiya). Bunda oliy bo’g’in rahbariyatining nafaqat integrasiya 
masalalari bo’yicha, balki kommunikatsiyalarni amalga oshirish shakllari bo’yicha 
ham qo’llab-quvvatlashi zarur. Bunga sotuv bozorlarida mustahkam pozisiyalar 
egallash bo’yicha kommunikatsiya maqsadlari va vazifalari aniq ifodalangan holda 
erishish mumkin bo’ladi. 
-
marketing kommunikatsiyalari strategiyalarini korporativ bloklarning 
funksional faoliyati bilan muvofiqlashtirish (gorizontal bo’yicha integrasiya). 
Muvofiqlashtirish jarayonida muddatlar bo’yicha ham, ehtiyojlarni qoplash manbalari 
bo’yicha ham real ijro etilishi mumkin bo’lgan marketing kommunikatsiyalari aniq 
dasturi zarur. 
-
marketing to’plami doirasida, ya’ni tovar, narx, taqsimot, ilgari surish va 
jamoatchilik bilan aloqalarni hisobga olgan holda integrasiya. Bir vaqtning o’zida 
xabarni va xaridorlar maqsadli muloqot doiralari e’tiborini jalb qilishning korporativ 
usulini integrasiya qiladigan kompaniya brendi hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
-
Moliyaviy integrasiya. Nolga teng byudjetdan boshlang va unga 
kommunikatsiya kanali tannarxi hamda tanlab olingan maqsadlarga erishish uchun 
zarur bo’lgan kommunikatsiya dasturi bo’limlari bo’yicha umumiy xarajatlarni 
qo’shing. 
-
joylashtirishni integrasiyalash birinchi navbatda eng yangi axborot 
texnologiyalari, yangilik press-relizlari, raqobatli ustunliklar, bozordagi barkarorlikdan 
foydalanish; korporativ ta’sirni mustahkamlash uchun ijtimoiy aksiyalar va 


41 
taqdimotlar tashkil qilish; tarmoq ko’rgazmalarida ishtirok etishni nazarda tutadi. 
Integrasiyalangan marketing kommunikatsiyalarini amalga oshirish muayyan 
ustunliklarga ega, chunonchi: yakuniy hisobda, doimo sotuvni oshirish va belgilangan 
miqdorda foyda olish; to’siqlarni bartaraf qilish natijasida kommunikatsiya kanali 
tozaligini ta’minlash; umumiy dasturni bajarish doirasida takrorlanish, parallellik 
elementlarini yo’qotish hisobiga pul mablag’larini tejashga erishiladi. Kompaniya 
menejmentining korporativ sa’y-harakatlari birinchi navbatda kommunikasion 
marketing strategiyalari ishlab chiqishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. 
Firma strategiyasi
bu – ular yordamida kompaniya qo’yilgan vazifalarni 
bajarishga umid qiladigan chora-tadbirlar mantiqiy sxemasi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish