Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

Vitrina ko‘rgazmasi kompozitsiyasini ishlab chiqish qoidalari
Oynali vitrinani bezatish bo‘yicha ishlar reklama qilish mo‘ljallangan tovarlarni 
tanlashdan boshlanadi. Tovarni tanlash korxonaning reklama faoliyati rejasiga 


321 
muvofiq, shuningdek, tijorat vazifalarini hisobga olgan holda belgilanadi. Reklama 
ob’ektini – tovarning vazifalari va xossalari, iste’mol shartlari va boshqa 
xususiyatlarini – batafsil o‘rganish vitrina g‘oyasi va maqsadli ko‘rsatmalarini 
belgilash uchun xizmat qilishi lozim. Vitrina g‘oyasiga muvofiq unda 
joylashtiriladigan matn va shiorlar belgilanadi, vitrinaning kompozitsion tuzilishi 
ishlab chiqiladi. Ish vitrinani bezatish eskizi tuzish bilan yakun topadi. 
Eskiz tovarlar, asbob-uskunalar va dekorativ elementlarni vitrinada joylashtirish 
dastlabki sxematik rejasi bo‘lib, qalam, bo‘yoq yoki applikatsiya yordamida qog‘oz 
varoqda chiziladi. 
Eskizga odatda izohlovchi xat biriktirilib, unda oynali vitrinaning asosiy mazmuni 
bayon qilinadi, foydalanish zarur bo‘lgan vitrina inventari, tovarlar soni va ro‘yxati 
keltiriladi, vitrinani bezatish bo‘yicha boshqa ko‘rsatmalar beriladi. Vitrinani bezatish 
san’ati shundan iboratki, vitrina qutisi maydoni va kompozitsiya tuzilishidan oqilona 
foydalanish lozim. 
Vitrinada 
ekspozitsiya 
makon jihatidan old, o‘rta va orqa sahnaga bo‘linishi 
lozim. Bu esa ayrim predmetlar boshqalardan ko‘ra oynaga yaqinroq, boshqalari esa – 
vitrina ichkarisida joylashishi lozimligini anglatadi. Qo‘shimcha ekranlar yordamida 
yaratiladigan fon yordamida vitrina, uning proporsiyasi va ko‘lamini ko‘rish 
yordamida idrok qilishni o‘zgartirish mumkin. 
Vitrina ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan bo‘lishi kerak. Bunga 
vitrinaning 
kompozitsion markazi 
yaratish yo‘li bilan erishish mumkin bo‘lib, u tomoshabin 
nazariga birinchi bo‘lib tashlanadigan, undan keyin esa tomoshabin e’tibori 
ahamiyatning o‘sib borish tartibida ekspozitsiyaning boshqa elementlariga ko‘chib 
o‘tadi. Alohida qismlarga bir xil ahamiyat qaratiladigan vitrina hech qachon 
uyg‘unlikdagi bir yaxlitlik sifatida qabul qilinmaydi: u betartiblik va chalkashliklar 
yuzaga keltirib, odamning ko‘zini charchatadi, xolos. 
Kompozitsiya markazi o‘rtacha bo‘yli odamning ko‘zlari balandligida bo‘lgan 
yuzada, ya’ni 150-165 sm balandlikda joylashgan bo‘lishi kerak. 
Vitrinaning u yoki bu qismi, u yoki bu tovar yoki dekorativ element kompozitsion 
markaz bo‘lishi mumkin. U optik markaz bilan mos tushishish ham, undan biroz 


322 
og‘ishi ham mumkin. 
Tomoshabinni vitrina ekspozitsiyasini ko‘rib chiqishga majbur qilish uchun 
tovarlar va bezatish elementlarini to‘g‘ri joylashtirish va guruhlash zarur, bunda 
dekorativ san’atda qabul qilingan eng muhim kompozitsiya qoidalariga amal qilish 
kerak. Vitrinalarni bezatishda tovarlar va dekorativ elementlarni kompozitsion 
guruhlashning uchta asosiy tamoyiliga rioya qilinadi
.
Birinchi tamoyil – muvozanatga amal qilish. Muvozanatning eng oddiy turi bu 
simmetriya hisoblanadi. 
Vitrina kompozitsiyasi turlicha bo‘lishi mumkin: simmetrik va nosimmetrik, 
tekislikka oid va makonga oid. 
Simmetrik kompozitsiyada
predmetlar markazdan faraz qilingan o‘qning ikki 
tomoni bo‘ylab bir maromda joylashtiriladi, ya’ni chap tomonning oynadagi aksi kabi 
bo‘ladi. 
Nosimmetrik kompozitsiyada 
uning markazi biroz siljigan bo‘ladi. Vitrinaning bir 
tarafi ko‘proq to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin, lekin umuman olganda kompozitsiya 
muvozanatli bo‘lishi lozim. Muvozanatga vitrina yuzasida alohida elementlarni to‘g‘ri 
taqsimlash yo‘li bilan erishiladi. 
Simmetrik kompozitsiya ko‘pincha statik (harakatsiz) bo‘ladi. Nosimmetrik 
kompozitsiya – dinamik bo‘ladi, ya’ni vitrinadagi bezatish elementlari joylashuvining 
o‘zi harakat taassurotini uyg‘otadi. Dinamik echim inson ko‘rish orqali idrok qilishiga 
ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, demak, xaridor e’tiborini reklama qilinayotgan tovarga 
qaratishga yordam beradi. Amaliyotda ko‘pincha nosimmetrik muvozanat qo‘llanadi. 
Bundan tashqari, nosimmetrik kompozitsiya ko‘proq bezatish variantlarini beradi. 
Vitrina chuqurligiga qarab, kompozitsiya tekislikka oid va makonga oid bo‘lishi 
mumkin. Vitrina makonida ichkariga qarab foydalanish imkoni bo‘lmagan tovarlarni 
yon tomondan joylashtirishga to‘g‘ri keladigan hollarda kompozitsion echim frontal 
yoki tekislikka oid hisoblanadi. 
Agar vitrina etarli darajada (0,8-1,2 m va undan ortiq) chuqurlikka ega bo‘lsa, 
kompozitsiyani makonda hal etish mumkin. Bunday echim butun vitrina ichkarisidan 
foydalanish va tovarlarni bir necha qator qilib joylashtirish imkonini beradi. 


323 
Ikkinchi tamoyil – barqarorlikni ta’minlash. Vitrina ekspozitsiyasi barqarorligi 
odatda ko‘rgazma asosini kengaytirish, shuningdek, yirik predmetlarni vitrinaning 
quyi qismida va tomoshabindan uzoqda joylashtirish bilan erishiladi. Bunday 
barqarorlikka misol – piramida. 
Uchinchi tamoyil – ritmga rioya qilish. Vitrinani bezatishning kompozitsion 
echimida ritm alohida predmetlar yoki tovarlar guruhi konturining, shuningdek, 
alohida predmetlar yoki ularning guruhlari o‘rtasidagi masofa va h.k. takrorlanishini 
ifodalaydi. 
Tovarlarni vitrinada namoyish etish uchun ularni joylashtirishning xilma-xil 
usullaridan foydalaniladi. Masalan, tovarlar vertikal va gorizontal bo‘yicha harakatsiz 
joylashtiriladi. Dinamik joylashtirish qiya chiziqlardan. Aralash yoki «fantastik» 
chiziqlar bo‘yicha tovarlarni joylashtirish qiziqarli g‘oyalar yaratadi. Tovarlarni 
joylashtirishning u yoki bu usulidan foydalanish tovar xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. 
Masalan, beso‘naqay mebel statik joylashtirishni, bijuteriya – dinamik joylashtirishni, 
bolalar uchun tovarlar esa - «fantastik» joylashtirishni talab qiladi. 
Amaliyotda tovarlarni vitrinada joylashtirishda quyidagi kompozitsion echimlar 
ko‘proq tarqalgan: 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish