bo‘laklarga ajralmaydigan
– bu dekorator tomonidan vitrina ko‘rgazmasini
bezatishda foydalaniladigan tayyor moslamalar;
yig‘iladigan va bo‘laklarga ajraladigan
– dekorator qo‘ygan maqsad va
vazifalarga qarab turli moslamalardan yig‘ilishi mumkin bo‘lgan detallar to‘plami.
Tayyorlash xarakteri bo‘yicha vitrina inventari namunaviy va individual bo‘lishi
mumkin.
Namunaviy inventar
reklama kombinatlari yoki ustaxonalar tomonidan katta
miqdorda ishlab chiqariladi. Qoidaga ko‘ra, u tuzilishi bo‘yicha oddiy bo‘ladi.
Individual inventar
dekoratorning eskizi bo‘yicha bitta yoki bir nechta nusxada
tayyorlanadi va muayyan vitrinani bezatishda qo‘llanadi.
Dekoratorlarning ishida turli xildagi takliklar muhim rol o‘ynaydi. Dekorativ
tagliklarda sharf, kiyim-bosh, oyoq kiyimi kabi turli tovarlarni ko‘rsatish va ulardan
jalb etuvchan uyg‘unlikdagi kompozitsiyalar yaratish mumkin. Tagliklardan vitrinada
316
foydalanish imkoniyatlari xilma-xildir. Biroq vitrinani ularga to‘ldirib tashlamaslik
kerak, chunki bu potensial xaridorlar e’tiborini tovardan chalg‘itadi. SHuni esdan
chiqarmaslik kerakki, tagliklar – faqat yordamchi inventardir.
Tovarlarni vitrinada reklama qilishda tagliklar katta rol o‘ynaydi. Ular tovar bilan
birgikda vitrinaning umumiy mazmunini tashkil qiladi, tartib kiritadi, shuningdek,
qo‘yilgan u yoki bu namunani ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ularning
yordamida tovarlar joylashtiriladigan maydon kengaytiriladi.
Vitrina tagliklariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir: ko‘zga
tashlanmaslik, soddalik, tayyorlash uchun materiallar minimal sarfi, mustahkamlik,
shuningdek, vitrina qutisi, tovar o‘lchamlari va xarakteri bilan to‘g‘ri nisbatda bo‘lish.
Vitrinani bezatishda shuni yodda tutish kerakki, u faqat tovarlarni reklama qilish
uchun mo‘ljallanadi. Vitrinada tovarni eng foydali tarzda ko‘rsatish uchun xizmat
qiladigan barcha yordamchi elementlar (bu erga tagliklar ham kiradi) to‘laligicha
tovarga bo‘ysunishi lozim. Tagliklarning o‘zi xaridorning e’tiborini jalb qilmasligi
lozim, shu sababli vitrinani bezatishda xaridorlar ko‘ziga tashlanmaydigan yoki
ulardan yashirish oson bo‘lgan konstruksiyalar tanlash lozim. Vitrinada ishchi
elementlar qanchalik kam ko‘rinadigan bo‘lsa, tovarga shunchalik ko‘p e’tibor
qaratiladi. Xaridorni birinchi navbatda, tovarning o‘zi qiziqtiradi, uning vitrinada
qanday joylagani emas. Bundan kelib chiqib, tagliklar shakli eng soddalashtirilgan
ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Konstruksiyalarda ortiqcha bezaklardan foydalanish
ma’noga ega emas. Tagliklar engil va ixcham bo‘lishi uchun ularni tayyorlashda
minimal miqdorda materiallardan foydalanish kerak. Birinchidan, bu ularga qarashda
qulayliklar yaratadi, ikkinchidan, ularni vitrinada tez joylashtirish imkonini beradi.
Katta va beso‘naqay tagliklardan foydalanish tovarni ijobiy tomondan ko‘rsatishga
yordam bermaydigina emas, balki bunga xalaqit qilishi ham mumkin.
Tagliklar tovar o‘lchamiga mos kelishi lozim. Katta yuzada kichik tovar
namunalari chiroyli ko‘rinmaydi, katta tovarni kichkina joyda joylashtirish esa oson
bo‘lmaydi.
Tagliklar qattiq konstruksiyali yoki ulardan turli konstruksiyalar yig‘ish mumkin
bo‘lgan detallar elementlarini ifodalaydigan, bo‘laklarga ajratiladigan holda yasaladi.
317
Qoidaga ko‘ra, tagliklar metall, organik oyna, silikat oyna yoki yog‘ochdan yasaladi.
Bajaradigan vazifalariga ko‘ra tagliklar universal va maxsus turlarga ajratiladi.
Universal tagliklar
sanoat tovarlari turli guruhlarini joylashtirish uchun yaraydi.
Ular oyna yoki plastik tokchali metall konstruksiyalar shaklida bo‘ladi. Bunday
tagliklarda parfyumeriya, kanselyariya anjomlari, mayda tovarlar, oyoq kiyimi, idish-
tovoq (shisha va metall) va xo‘jalik tovarlarining ayrim turlarini namoyish etish
mumkin.
Maxsus tagliklar
bu – belgilangan tovar guruhlarini namoyish etish uchun
mo‘ljallangan tagliklardir.
Boshqa inventar turlariga geometrik shakllar ko‘rinishidagi konstruksiyalar
kiradi. Ular yog‘och-qirindi plitalardan tayyorlanib, ustidan material yoki rangli
qog‘oz tortiladi. Har xil o‘lchamdagi stendlar komplekti vitrina bezalishini tez-tez
almashtirishga imokn beradi. Stendlar oziq-ovqat mahsulotlari, yozuv qog‘ozi mollari,
attorlik mollari, oyoq kiyimi va turli anjomlarni namoyish etish uchun foydalaniladi.
Tayyor kiyimlarni, shuningdek, tayyor ayollar ko‘ylagi ko‘rinishida matolarni
namoyish etish uchun manekenlar foydalaniladi. Sanoatda magazinlarning savdo
zallarida ham, vitrinalarda ham keng qo‘llanadigan erkaklar, ayollar, bolalar va
o‘smirlar manekenlari ishlab chiqariladi.
Hozirgi paytda manekenlarning roli ham, ko‘rinishi ham o‘zgargan. Agar ilgari
manekenlar bilan odam qiyofasiga yaqinlashtirgan holda realistik jihatlar va shakllar
ko‘rsatishga harakat qilingan bo‘lsa, hozirda ular, qoidaga ko‘ra, ma’lum uslubga
solingan shaklga ega, ularning silueti esa dinamik xarakterga ega.
Kiyim-boshlarni vitrinada joylashtirishda pape-mashe, sim va novdalardan
qilingan gavda va yarim manekenlar ham muvaffaqiyat bilan foydalaniladi. Ularning
yordamida vitrina kompozitsiyasini turli tusga kiritish mumkin. YArim manekenlar
vitrinada turli rakursda osib qo‘yiladi, mustahkam bir o‘zakka o‘rnatiladi yoki
oddiygina polga qo‘yib qo‘yiladi. Ular qulay va engil bo‘lib, mahsulotlarni har
tomonlama ko‘rsatish uchun ko‘plab imkoniyat beradi.
Erkaklar va ayollarning tayyor ko‘ylaklari va ayollarning ichkiyimini
joylashtirish uchun sim va organik oynadan yasalgan byust-karkaslar ko‘p
318
foydalaniladi. Ixchamligi tufayli ular xaridor ko‘zlaridan deyarli yashiringan bo‘ladi,
lekin o‘z shakli bilan taqdim etilayotgan mahsulotga kerakli hajmdorlik baxsh etadi.
Ular ustki trikotaj kiyimlar (erkaklar va ayollar uchun) namoyishida ham foydalanilishi
mumkin.
Vitrinada bosh kiyimlarni namoyish etish qiziqarli uchun kompozitsiyalar
yaratishga imkon beradigan yarim manekenlar, erkaklar va ayollarning boshchalari
mo‘ljallanadi.
Vitrina inventarining eng muhim elementlaridan biri bo‘lib planshet xizmat
qiladi. U vitrinaga turlicha shakl berish, yo‘lovchilarni jalb qilish, vitrinaning amaliy
natija berishini oshirishga imkon yaratadi.
Planshet tayyorlash ko‘p xarajat talab qilmaydi. U rasm chizish, fotosuratlar va
boshqa elementlarni joylashtirish mumkin bo‘lgan, qanor tortilgan va qog‘oz
yopishtirilgan romdan iborat bo‘ladi. Agar planshet doimiy foydalaniladigan bo‘lsa, u
ikki tomondan, zar qog‘oz, rangli qog‘oz yopishtiriladi yoki bo‘yaladi.
Planshetning ifodaliligi, ma’nodorligi ko‘p jihatdan bo‘yoq tanlashga bog‘liq
bo‘ladi. Zaruriy rang boyligi bera olmaydigan guash va meldan foydalanish tavsiya
etilmaydi. Moybo‘yoq va elimbo‘yoqdan, shuningdek, qorong‘ida nurlanadigan
bo‘yoqlardan foydalangan ma’qul.
Vitrinada foydalaniladigan xilma-xil reklama elementlari orasida fotosurati
alohida o‘rin egallaydi. Dekorativ funksiyadan tashqari fotosurat tovar haqida batafsil,
aniq va haqqoniy axborot beradi.
Fotoplanshet vitrinada quyidagi fotosuratlarni o‘z ichiga olishi mumkin: tovarni
xarid qilish yoki undan foydalanish paytidagi iste’molchi; reklama shiori yoki firma
belgisi bilan tovar; turli harakat bosqichidagi tovar (fotomontaj); tovarga xos bo‘lgan
detal; tovar qimmatini naamoyish etadigan ob’ekt.
Do'stlaringiz bilan baham: |