Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

Vitrinalar tuzilishi. 
Vitrinalarni yaxshi bezatish shartlaridan biri vitrina oynasi 
tuzilishining to‘g‘ri bo‘lishi hisoblanadi
.
Vitrina oynalari alohida, devor teshigiga o‘rnatilgan yoki tashqariga olib 
chiqiladigan bo‘lishi mumkin. Magazin binosining old tomonini to‘liq oyna bilan 
yopish ham foydalaniladi. 
Konstruktiv jihatdan vitrina shakli va o‘lchami (bo‘yi, eni va chuqurligi) asosan 
vitrinaning joylashuvi va vazifalari bilan belgilanadigan quti ko‘rinishida bo‘ladi. 
Ko‘cha magazinlari vitrinalari tuzilishida ko‘p narsa magazin joylashgan bino 
fasadining arxitektura echimiga bog‘liq bo‘ladi. 
Vitrinalar uchun maxsus mo‘ljallangan joylarga ega bo‘lgan eski me’morchilik 
binolarida vitrina qutilari devor teshigiga o‘rnatiladi, bu holatda ularning o‘lchami va 
shakli uning konfiguratsiyasi va gabariti bilan izohlanadi. Biroq, qoidaga ko‘ra, bunday 
binolarda oyna uchun mo‘ljallangan devor teshiklari oddiy oynalari takrorlaydi va 
ularda vitrina qutilarini joylashtirish uchun unchalik yaramaydi. Ba’zida butun 
magazin fasadi bo‘ylab bitta vitrina qutisi o‘rnatiladi. Bunday vitrina tasmali vitrina 
deb ataladi. 
Odatda vitrinalar uchun maxsus joylar ko‘zda tutilmagan zamonaviy 
me’morchilik binolarida vitrina qutilari bino fasadining tayanch ustunlari oralig‘ida 
yoki joylashtiriladi tasma turidagi vitrina qutisi ustunlar qatori oldiga o‘rnatiladi. 
Zamonaviy savdo binolarida bir qator hollarda vitrina qutisi umuman mavjud 
bo‘lmaydi, buning o‘rniga to‘liq oynalangan fasad devor («ochiq fasad») magazin 


311 
savdo zalining intererini o‘ziga xos vitrinaga aylantiradi. 
Vitrina qutilariga qo‘yiladigan asosiy talab shundaki, ular gorizontal bo‘yicha 
cho‘zilgan to‘rtburchak shakliga ega bo‘lishi lozim. Baland va tor, shuningdek, tepa 
qismi yumaloqlangan vitrina qutilari vitrina jihozlarini joylashtirish va bezatishda ko‘p 
qiyinchiliklar tug‘diradi. 
Vitrina qutisining balandligi 2,5-3 metr, kengligi esa – mos ravishda 4-5 metrdan 
oshmasligi lozim. Tasmasimon vitrinalar istisno bo‘lib, ularning balandligi shunday 
bo‘lgani holda eni (aniqrog‘i – uzunligi) bir necha o‘n metrni tashkil qilishi mumkin. 
Har qanday vitrina qutisi, uning tuzilishi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, pol, 
ikkita yon devor va shiftga ega bo‘ladi. Vitrinaning ekspozitsion maydonchasi bo‘lib 
xizmat qiladigan pol tekis bo‘lishi lozim. U yaxlit bo‘lishi yoki bir nechta plitadan 
iborat bo‘lishi mumkin.
Vitrina devorlari silliq bo‘lishi lozim. Devorlar bo‘yalgan, elimqog‘oz 
yopishtirilgan, turli materiallar yoki matolar qoplangan bo‘lishi mumkin. Vitrina 
qutilari devorlari sirtini qoplash uchun karton, fanera, plastik, keramik plitalar, shisha, 
yog‘och-qirindi plitalar foydalaniladi. Pardoz berish usuli, shuningdek, vitrina poli va 
devorlarini bezash uchun materiallar reklama qilinayotgan tovar xususiyatlariga, 
vitrina qutisi o‘lchami va tuzilishiga, vitrinani bezashning badiiy g‘oyalariga qarab 
tanlanadi. Oziq-ovqat tovarlari vitrinalarini ochiq rangli va oson yuviladigan 
materiallar bilan qoplash yoki moybo‘yoq bilan bo‘yash afzalroq. 
Vitrina qutisi tuzilishining muhim elementi – oyna solishdir. 
Vitrinalarga oyna solishning bir nechta usuli qo‘llanadi: oyna solishning shkaf 
turi; juftlab oyna solish; romlarni qiyaroq joylashtirgan holda juftlab oyna solish; 
ekspozitsion oynali ochiladigan tashqi romli shkaf turida oyna solish. 
Oyna solishning shkaf usulida tovar ekspozitsiyasi ekspozitsion va ekran oynasi 
oralig‘ida joylashtiriladi. Juftlab oyna solishda ekspozitsion maydon bevosita rom 
ortida, savdo zali tomonda o‘rnatiladi. 
Zamonaviy vitrinalarda ingichka metall romda katta hajmli ko‘zguli oynalardan 
foydalaniladi. Tasmasimon vitrinalarda alohida oyna qismlari o‘zaro vertikal metall 
ustunlar yordamida birlashtiriladi. 


312 
Vitrinalarni yoritish zaruriy darajasini aniqlashda pol va devorlar rangi va 
bezalishi, vitrina hajmi e’tiborga olinadi. SHuningdek, tovarlarning ekspozitsiya 
maydonida joylashishi, ularning rangi, o‘lchami, shakli va h.k. ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. Magazin joylashgan ko‘chaning yoki savdo zalining umumiy yoritilganligi 
hisobga olinadi: ko‘cha yoki savdo zali qanchalik yaxshi yoritilgan bo‘lsa, vitrina 
yoritilganligi ham shunchalik yuqori bo‘lishi lozim. 
Vitrinalarni to‘g‘ri yoritish uchun yorug‘lik manbalarini shunday joylashtirish 
kerakki, ular odamlarning ko‘zini qamashtirmasligi va tovarlarni ko‘rib chiqishga xalal 
bermasligi lozim. SHu sababli vitrinada joylashtirilgan yorug‘lik manbalari to‘silgan 
bo‘lishi lozim. 
Ba’zida vitrina shiftiga osilgan lampalar ochiq qoladi, lekin bu holatda oynaning 
yuqori qismi yarim shaffof bo‘yoq bilan bo‘yaladi. 
Vitrinada to‘g‘ri tashkil qilingan yorug‘lik oqimi xaridorlarning asosiy e’tiborini 
qaratish lozim bo‘lgan tovarlarni ko‘rishga, rangi to‘qroq predmetlarni yoritishni 
kuchaytirishga, kerakli soyalar hosil qilishga va nihoyat, elektr energiyasi sarfini 
kamaytirishga imkon beradi. 
Yorug‘lik manbalari vitrinaning old qismida (ko‘cha tomonidan) joylashtiriladi. 
Aks holda ayrim tovar o‘z soyasida qolib ketadi va yaxshi ko‘rinmaydi. 
Vitrinaning barcha qismlari bir tekisda yoritilishi uchun bitta katta quvvatli lampa 
emas, balki bir nechta kichik quvvatli lampalardan foydalanish maqsadga muvofiq. 
Masalan, vitrina oynasi romining yuqori qismiga mustahkamlab qo‘yilgan oynali 
qaytargich bilan cho‘g‘lanma lampalar juda yaxshi samara beradi. SHakli bo‘yicha 
turlicha bo‘lgan nurqaytargichlar vitrinada o‘rnatilgan lampalardan chiqadigan 
yorug‘lik oqimidan maksimal darajada foydalanishga imkon beradi. Bunday 
nurqaytargichlar yordamida yorug‘lik oqimini turlicha taqsimlash mumkin. Masalan, 
qo‘ng‘iroqsimon nurqaytargich ancha katta maydonga bir tekisda yorug‘lik tarqatadi. 
SHu sababli u keng vitrinalarda qo‘llanadi. Bir tomonga qiya bo‘lgan nurqaytargich 
yorug‘likni vitrinaning ichkarisiga yaxshi aks ettiradi va chuqu vitrinalarni yoritish 
uchun foydalaniladi. 
Tashqi vitrinalarda yoritilganlik darajasi doimo magazinning o‘zidagidan ko‘ra 


313 
balandroq bo‘lishi kerakli sababli vitrinalarni yoritish uchun lyuminessent lampalardan 
foydalanish maqsadga muvofiq. ularning ko‘chadan ko‘rinib turmasligi uchun odatda 
vitrina oynasi romining yuqori va quyi qismiga biriktirib qo‘yiladi. Lyuminessent 
lampalar vitrina shiftiga osib qo‘yilishi ham mumkin. Bu holatda ushbu lampalar 
yog‘och, tunuka, oyna yoki plastikdan yasalgan ekran yoki soyabonlar yordamida 
yashiriladi. 
Lyuminessent lampalarni shift bo‘ylab bir necha qator joylashtirgan holda 
vitrinani yaxshi yoritishga erishish mumkin. Pastdan oynali yoki panjarasimon 
tarqatgichlar bilan to‘silgan bunday lampalar vitrina shiftining yorug‘lik oqimini hosil 
qiladi. Xuddi shu tarzda vitrina polini ham yoritish mumkin. 
Vitrinada faqat bitta tarqatiladigan yorug‘likdan foydalanish vitrina 
ekspozitsiyasini soyasiz, zerikarli qilib qo‘yadi, tovarlaning fakturali xususiyatlarini 
idrok qilishga xalal beradi. SHu sababli, umumiy yoritishdan tashqari, vitrinalarda 
alohida tovarlarni yoritish uchun chiroqlardan foydalaniladi. Bunday pastdan yoritish 
shisha va billur idishlar, parfyumeriya va boshqa ayrim tovarlarni namoyish etishda 
foydalaniladi. Ba’zida buning uchun maxsus moslamali projektor qo‘llanib, unda 
ma’lum vaqt oralig‘idan so‘ng projektor nuri oldiga o‘rnatilgan rangli shishalar 
almashib turadi. Vitrinaning pastki qismida joylashtirilgan yorug‘lik manbalari va 
chiroqlar ekran yoki nur tarqatgichlar bilan shunday himoya qilingan bo‘lishi lozimki, 
ochiq yorug‘lik manbalarining yonib turadigan yuzalari 1,8 metrgacha balandlikdagi 
hududdan ko‘rinmasin. 
Agar vitrina savdo zali tomonidan yopiq bo‘lsa va faqat ko‘cha tomonidan 
ko‘rinib turadigan bo‘lsa, umumiy yuqoridan va pastdan yoritishdan tashqari yon 
tomondan yoritish ham ko‘zda tutilishi lozim, bunda yorug‘lik manbalari tovarlarni 
ko‘rib chiqish paytida odamlar nigohidan panada bo‘lishi kerak. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish