334
o‘lchamda, hajmda va chokda bo‘lishi mumkin, lekin yoyiq holatda uning o‘lchami
standart tipografiya bosma varog‘i o‘lchamidan katta bo‘lishi mumkin emas.
Plakat
– yirik o‘lchamli, choklanmagan nashr, ko‘p hollarda bir tomonlama tasvir
tushiriladi. Katta rasm yoki fotosurat (ba’zida aralash syujet) obrazli va qisqa shaklda
reklama qilinayotgan tovar yoki xizmatning asosiy xususiyatini aks ettiradigan yirik
reklama sarlavhasi-shiori bilan beriladi. Funksionallikni oshirish uchun plakatga
kalendar setkasi aniq tushiriladi, ba’zida u yirtib olish mumkin bo‘lgan ko‘rinishda
bajariladi.
Oxirgi paytlarda keng va muvaffaqiyat bilan foydalanilayotgan reklama plakat-
bukletlarida plakatning teskari tomonida reklama qilinayotgan mahsulotning mufassal
tavsifi beriladi.
Reklama varqasi
– kichik o‘lchamli, choklanmagan yoki bir marta bukilgan nashr
bo‘lib, tejamkorligi tufali katta tirajda chiqariladi. Odatda mufassal texnik tavsifnoma
bilan reklama qilinayotgan mahsulotning bir-ikkita rasmidan iborat bo‘ladi.
Barcha reklama-katalog materiallari badiiy bezalishida buyurtmachi tashkilotning
firma simvolikasi turi elementlari yirik ko‘rinishda beilishi,
uning pochta manzili,
telefon raqami va h.k. ko‘rsatilishi tlozim.
YAngi yil reklama-sovg‘a nashrlari bosma reklama reklamnыx materiallarining
juda samarali turi hisoblanadi,
chunki juda yuqori kriirb borish qobiliyatiga ega
sanaladi.
Devorga osiladigan va stolga qo‘yiladigan firma kalendarlari, ishbilarmonlik
kundaliklari va yondaftarlarda
maxsus reklama polosalari taklif etilayotgan tovarlar
yoki xizmatlar haqida axborot joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu nashrlarning
muqovalar va kalendar polosalarini bezashda buyurtmachi tashkilotning firma
simvolikasi keng foydalaniladi.
CHo‘ntak tabel-kalendarlari
reklama sarlavhasi bilan nomenklatura xarakteridagi
syujetlar yordamida bezalishi mumkin (xuddi plakatlar kabi). Teskari tomonda
kalendar setkasi bilan birgalikda buyurtmachining firma simvolikasi bo‘lishi lozim.
Plakatlar
ko‘rgazma
stendlari, savdo va namoyish zallari, xizmat binolarining
intereri, qabulxonalar, muzokara o‘tkaziladigan xonalarni bezash uchun foydalaniladi,
335
maxsus reklama tumbalari yoki taxtalarida osib qo‘yiladi.
Bosma reklama materiallari ishbilarmonlik uchrashuvlari va tijorat muzokaralari
davomida keng foydalaniladi, turli yarmarka va ko‘rgazmalarda tarqatiladi. YAngi yil
reklama-sovg‘a nashrlari shaxsiy ishbilarmonlik muloqaotlari davomida ham, tashrif
qog‘ozlari va tabriknomalar bilan pochta orqali jo‘natmalarda ham tarqatiladi.
Bosma reklama tayyorlash (uning uchun «reklama-tijorat adabiyoti» atamasi ham
foydalaniladi) reklama vositasiga kiritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘plashni
nazarda tutadi. Bu ma’lumotlar quyidaga borib taqaladi:
1. Buyurtmachi uchun xaridni amalga oshirish foydasiga asoslab berish nuqtai-
nazaridan foydani ko‘rsatgan holda rejalashtirilgan
matnning qisqacha bayoni
(masalan, uy bekasi changyutgich emas, uydagi tozalikni sotib oladi).
2. Foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lgan fotosuratlar, rasmlar va boshqa
tasvirlar ro‘yxati.
3. Jadval va ishchi tavsifnomalar turidagi texnik ma’lumotlar to‘plami.
Reklama-tijorat adabiyotining maqsadi qoidaga ko‘ra, potensial xaridorlarni ular
firmadan sotib olishi mumkin bo‘lgan reklama qilinayotgan tovarlar bilan batafsil
tanishtirishdan iborat. Bosma reklamani (reklama-tijorat adabiyotlarini)
bezashda
ekstravagant fikrlarga, yomon dizaynga, e’tiborsizlik bilan ishlangan rasmlarga va
arzon qog‘ozda sifatsiz chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bularning
barchasi potensial
xaridorda teskari reaksiya vujudga keltiradi – sotib olish emas, aksincha, xariddan voz
kechish kuzatiladi.
Bosma reklama unga qarab potensial xaridorlar firma va u taklif etayotgan
tovarlar haqida mulohaza yuritadigan o‘ziga xos vitrina hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: