Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

Magazinda reklama ko‘rsatkichlari 
Ko‘rsatkichlar, 
o‘zining magazin savdo zali bo‘ylab xaridorlar oqimi harakatini 
«tartibga soluvchi» asosiy rolidan tashqari yana bir rol – reklama rolini ham o‘ynaydi. 
Ular xaridorlarga yaxshi ma’lum bo‘lgan tovarlarni esga soladi, ularning e’tiborini 
yangilik tovarlarga qaratadi. Ko‘rsatkichlar – har xil turdagi tablo, strelka, sxema, 
piktogrammalar – xaridorlarga tovar bo‘limlarida va seksiyalarida yo‘l topish, ularga 
kerakli tovarlarni tezda izlab topishga yordam beradi. 


301 
Ko‘rsatkichlar konstruksiyasi, shakli, o‘lchami, ular tayyorlangan material, 
shuningdek, ularni bezash xarakteri xilma-xil bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi 
ko‘rsatkichning vazifasi va mazmuni, joylatirilgan o‘rni, magazin savdo zalini bezash 
umumiy uslubi bilan belgilanadi. Ko‘rsatkichlar rassomlar tomonidan oynada, 
fanerada, kartonda bo‘yoqlar yoki yog‘och, penoplast, porolon va boshqa 
materiallardan qoplanadigan harflar yordamida bajariladi. Aksariyat hollarda 
ko‘rsatkichlar to‘rtburchak – 1:3 yoki 1:2 nisbatda qilinadi. Reklama ko‘rsatkichlari 
trapetsiya, aylan, oval shaklida yasalishi mumkin. 
Konstruksiyasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar 
yassi 
va 
bo‘rtma 
turlarga bo‘linadi. YAssi 
ko‘rsatkichlar taxtachalar ko‘rinishida bajariladi. Ular uchun material bo‘lib yog‘och, 
karton, fanera, plastmassa, organik va silikat oyna, penoplast, metall xizmat qilishi 
mumkin. YAssi ko‘rsatkichlar bir tomonlama va ikki tomonlama bo‘ladi. Ular ba’zida 
o‘zaro shunday biriktiriladiki, savdo zalining shiftiga osib qo‘yiladigan uch yoki to‘rt 
tomonlama ko‘rsatkich hosil bo‘ladi. 
Yirik magazinlarda bo‘rtma ko‘rsatkichlar foydalaniladi. Ular yuzasiga turli 
rasmlar va yozuvlar tushirilgan to‘rtburchakli qutini ifodalaydi. 
Ko‘rsatkichlar savdo zallarining devorlarida, zinapoya maydonchalarida, 
peshtaxtada joylashtiriladi yoki shiftga osib qo‘yiladi. Ko‘rsatkich magazindagi tovar 
bo‘limlari va seksiyalarning joylashuv sxemasini aks ettirshii mumkin. Unda bo‘lim 
yoki seksiya nomi yoziladi. Yozuv rasm bilan to‘ldirilishi mumkin (bo‘lim yoki 
seksiyada sotiladigan mahsulot silueti). Ko‘rsatkichdagi rasm piktogramma 
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Xaridorlar oqimi harakati tartibsiz bo‘lishi mumkin bo‘lgan katta zallarda 
ko‘rsatkichlar o‘zaro perpendikulyar taxtalarda takrorlanishi lozim. 
Prizma shaklidagi tablo-ko‘rsatkichlar keng tarqalgan. Tepasi ochiq bo‘lgan tablo 
bevosita lyuminisset yoritgichlar ustiga osib qo‘yiladi. Lampalar yoqilganda tablo-
ko‘rsatkich yonib turganday, yozuvlar esa juda aniq bo‘lib turadi.
Ko‘rsatkichlar yordamidagi reklamaning yana bir o‘zgarmas sharti ko‘rsatkich va 
u ko‘rsatadigan bo‘limni ko‘rish orqali bog‘lash mumkinligi hisoblanadi. Agar 
ko‘rsatkich juda baland joylashtirilgan bo‘lsa, uzoqdan turib uning savdo maydonchasi 


302 
aynan qaysi qismiga mansub ekanligini aniqlash qiyin. 
Ko‘rsatkich tovarlar joylashtirilgan tokchalarga yaqin bo‘lgan hollarda uning 
echimi (rangi, o‘lchami, harflar shakli) tovarning o‘zidan ko‘ra faolroq bo‘lishi lozim. 
Aks holda u tovar tomonidan «siqib» chiqariladi. 
Uchinchi shart – ko‘rsatkichning ma’no jihatidan o‘qilishi. Harflar fonga nisbatan 
ularning kontrasti va o‘lchami kattalashuvi bilan osonroq o‘qiladi. Eng katta kontrast 
yoki harflarning o‘zini, yoki ularning atrofidagi maydonni yoritishda olinadi. SHu 
bosidan yonib turadigan yozuvlar oson o‘qiladi. Keyingi o‘rinda oq yoki sariq fondagi 
to‘q rangli harflar turadi. 
Ko‘rsatkichda so‘zlar qanchalik kam bo‘lsa, u shunchalik oson o‘qiladi. Xaridor 
raqamli indekslardan ko‘ra tovar nomini osonroq aytishi qayd etilgan. SHu sababli 
bo‘limlar nomini belgilaydigan yozuvlarda harf va raqamlar birikuvidan 
foydalanmaslik kerak. 
Reklama vositasi sifatida piktogrammaning albatta bajarilishi kerak bo‘lgan sharti 
ko‘rsatkich-simvolni ko‘rish orqali qabul qilishning osonligi va tushunarliligi 
hisoblanadi (15.3-rasm). 
Savdo zali devorining ma’lum bir qismini doimiy ravishda egallab turadigan 
badiiy panno seksiya yoki bo‘lim tovar profilining o‘ziga xos ko‘rsatkichi va magazin 
intereri elementlaridan biri bo‘lishi mumkin. yorqin bo‘yoqlar bilan bezalgan holda u 
tovarlar guruhlari vazifalarini ta’kidlab ko‘rsatadigan va shu tariqa xaridorlar e’tiborini 
jalb qiladigan rangli fon bo‘lib xizmat qiladi. Pannoda u yoki bu tovarni ishlab 
chiqarish va foydalanish bilan bog‘liq sahnalar tasvirlanishi mumkin. Masalan, non va 
non mahsulotlari bilan savdo qiluvchi magazinda tegirmonchi va novvoylar mehnatini 
aks ettiradigan hamda rastalarda keng assortimentda berilgan asosiy oziq-ovqat 
mahsulotining asl qimmatini ko‘rsatadigan panno o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. 
Baliqlar sotiladigan bo‘limda pannoda baliqchilik bilan bog‘liq tasvirlar berilishi 
mumkin. 
Tovarlar ular uchun odatiy bo‘lgan vaziyatlarda taqim etiladigan bo‘lsa, syujetli 
pannolar ma’noli yuklamaga ega bo‘ladi. Masalan, o‘yinchoqlar do‘konida bolalarning 
sevimli o‘yinlari, ertak va multfilm qahramonlari haqida eslatib turadigan panno 


303 
joylashtirilishi mumkin. 
Panno tayyorlashning eng tarqalgan usullari rassomchilikka oid va grafikaga oid 
hisoblanadi. 
Rassomchilikka oid panno 
bo‘yoqlar bilan matoda, shishada yoki 
devorning o‘zida bajariladi, 
grafikaga oid panno 
esa – qalam yoki tush bilan karton 
yoki qalin qog‘ozda. Panno sifatida mozaika va vitrajlar foydalaniladi. Reklama-
dekorativ panno yog‘och va metalldan galvanoplastika, o‘yma naqsh usulida, rangli 
organik shisha panno esa – applikatsiya usuli bilan yasaladi. Reklama pannolarida oq-
qora va rangli yirik formatli fotosuratlar, ba’zida esa grafik tasvirlar bilan birgalikda 
foydalaniladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish