7-rasm. Yonbosh distopiyasi.
8-rasm. Chanoq distopiyasi.
Xastalik ekskretor urografiya yordamida aniqlanadi. Shuni ta ’kid-
lash kerakki, distopiyaga uchragan buyrakda piyelonefrit va gidronef-
roz ko'proq aniqlanadi. Bu paytda shu kasalliklarga oid belgilar pay
do b o ‘ladi. Buyrak distopiyasini buyrak o ‘smasi va nefroptozidan
farqlashga to‘g ‘ri keladi. Ekskretor yoki
retrograd urogrammada nef-
roptozda siydik yo‘lining egri-bugriligi, nisbatan uzunligi qayd etila
di (10-rasm). Nefroptozda buyrak hatto qovurg‘a ostigacha siljiydi,
distopiyada esa bu holat kuzatilmaydi.
Nefroptozdan farqli o‘laroq, buyrak angiografiyasida buyrak
qontomirlari kalta bo‘ladi. Buyrak distopiyasi qanchalik past joylash
gan bo ‘lsa, uning rotatsiya darajasi ham shunchalik kuchli bo‘ladi.
D a v o l a s h . Distopiyaga uchragan buyrakni davolashga hojat yo ‘q.
Muolaja, asosan, asoratlarga qaratilgan bo‘lib, k o ‘pincha konservativ
usul qo‘llanadi. Nefrolitiaz, gidronefroz, o ‘sma
va boshqa asoratlar
rivojlangan b o ‘lsa, tegishli ravishda operatsiya bajariladi. Buyrak
morfostrukturasi va uning joylashuvi o ‘ziga xos bo ‘lganligini operat
siya vaqtida, albatta inobatga olish kerak.
Buyraklarning bir-biriga nisbatan joylashuvi
Cho michsi-
mon buyrak. Juda ham kam uchraydi.
Bunda buyraklar medial yuza-
9-rasm.
Kesishma distopiya
10-rasm.
Retrograd urogrammasi
101
Narkulov Jakhangir
lari bo ‘ylab bir-biri bilan birlashib,
promontorium yoki tos soha-
sida joylashadi (11-rasm). S-simon yoki L-simon buyraklarda
bir buyrakning yuqori pallasi ikkinchi buyrakning pastki pallasi
bilan birlashadi (12-13-rasmlar). Birinchi shakldagi buyrakda bir
buyrakning jom-siydik yo ‘li
segmenti medial, ikkinchi shakldagisida
esa bu segment lateral tomonga qaragan bo‘ladi. Agar buyrakning
faqat pastki yoki yuqori pallalari bir-biri bilan birikib qolgan bo ‘lsa,
bunga taqasimon buyrak deyiladi va uning amaliy ahamiyati ancha
katta. Taqasimon buyrakning ko‘pdan ko ‘p
tomirlari boTgani uchun
u kamharakat va odatda shoxtomir hamda pastki kovak vena oldida
yotadi. Uning asosiy klinik belgisi qorin sohasida og‘riq boTishidir.
Bu og‘riq bola orqaga qattiq enkayganida, ayniqsa, kuchayadi va bu
Rovzing simptomi
deyiladi. Qorinni paypaslab ko‘rganda umurtqa
pog‘onasining ikkala tomonida qattiq muhitga ega o ‘smasimon hosila
borligini payqash mumkin. B a’zan taqasimon buyrakning birlash-
gan qismi b o ‘yin pastki kovak venani bosib qo’yganligidan unda
gipertenziya holatlari paydo bo Tib,
oyoqlar shishi, hatto astit ham
paydo boTishi ehtimoldan holi emas. Taqasimon buyrak, k o ‘pincha
gidronefrozga uchraydi,
piyelonefrit rivojlanishi, tosh paydo boTi
shi, b a’zan nefrogen gipertoniyaga sabab boTishi mumkin. Tashxisni
aniqlashda ekskretor urografiya va radioizotop usullar qo‘1 keladi.
Tomirlar arxitektonikasini o ‘rganish uchun buyrak angiografiyasini
bajarish lozim.
D a v o l a s h . Agar bemomi kuchli og‘riq bezovta qilsa, operatsi
ya qilinadi. Bunda istmotomiya (bo‘yin sohasini kesib, buyraklami
ajratish) qoTlanadi. Agar gidronefroz
rivojlangan yoki tosh paydo
boTgan boTsa, tegishli operatsiya muolajalari ham bajariladi.
11-rasm. Taqasimon.
12-rasm. L-simon.
12-rasm. S-simon.
Do'stlaringiz bilan baham: