lar bilan bekilib qolishi hollaridan farqlash talab etiladi. Davom-
li fiziologik sariqlik sindromida chaqaloqlarda axlat rangi intensiv
ravishda quyuq sariq holda bo ‘lib, siydik to ‘q sariq rangda bo ‘ladi.
Qonda bilirubin konsentratsiyasi biroz ko ‘tarilgan, asosan,
erkin -
bog‘lanmagan fraksiya hisobidan, o ‘t yo‘llari atreziyasida esa qonda
bog‘langan - to ‘g ‘ri fraksiyasi ko ‘p bo‘ladi.
Undan tashqari, davom-
li fiziologik sariqlik sindromida sariqlik asta-sekinlik bilan kamayib
boradi, o ‘t yo ‘llari atreziyasida esa sariqlik intensiv o ‘sib boradi.
Gemolitik sariqlikda xuddi fiziologik sariqlikda kuzatilganidek qonda
bilirubin konsentratsiyasi biroz ko‘tarilgan, asosan, erkin-bog‘lanmagan
fraksiya hisobidan b o iib , rezus konflikt yoki
AVO tizimli konflikt borli-
gi aniqlanadi. Ba’zida intensiv sariqlik namoyon bo‘lib, qon almashlab
quyilmaganda yadroli sariqlik yuzaga kelishi mumkin.
Sitomegalovirusli infeksiyada jigar jarohatlanishi, toksoplazmoz,
tug‘ma sifilis, noma’lum sababli tug‘ma gepatit bilan qiyosiy tashxis-
lashda serologik tekshirishlar muhim o ‘rin tutadi. 0 ‘t yo ‘llarining
shilliqli va o ‘tli tiqinlar bilan bekilib qolishi hollaridan o‘t yo ‘llarining
atreziyasini farqlash qiyinchilik tug‘diradi, chunki ushbu holatlaming
klinik belgilari deyarli bir bo ‘lib, o ‘t yo ‘llari atreziyasidagidek qonda
bilirubin bog‘langan to ‘g ‘ri fraksiyasi ko‘p bo ‘ladi.
Qiyosiy tashxis-
lash uchun magniy sulfatning 25 % eritmasidan 5
ml
dan 3 mahal
ichish yoki o‘n ikki barmoqli ichakka tushirilgan zond orqali 2-3
kun yuborish tavsiya etiladi. 0 4 yo‘llarining magniy sulfat eritmasi
ta ’sirida qisqarishi o ‘t yoki shilliqli tiqinlami
chiqishiga va bemor-
ning ahvoli yaxshilanishiga olib keladi.
0 4 yo ‘llari atreziyalarining operatsiyadan oldin shaklini aniqlash
juda murakkab bo‘lib, UTT, rentgenologik va laporoskopik tekshirish,
biopsiya o ‘tkazishni talab etadi.
D a v o l a s h . 0 4 yo ‘llari atreziyalarini davolash faqat operat
siya yo ‘li bilan bo ‘lib, operativ davoni chaqaloq 1,5-2 oylik bo ‘l-
guncha bajarish kerak. Tashqi o‘t yo ‘llari atreziyalarining umumiy
o ‘t yoki jigar y o ‘llaridagi atreziyalarida
Ru usulida gepatiko yoki
xoledoxoyeyunoanastomoz bajariladi (12-a va b rasmlar). 0 ‘t y o ‘l-
larining to ‘liq gipoplaziyasi yoki atreziyasida darvoza soha fibroz
plastinkasi shilinib, Kasai usulida portoenterostom iya qo‘yiladi
(13-a va b rasmlar).
93
Do'stlaringiz bilan baham: