ta kattalashgani sari o ‘qtin-o‘qtin qusish va og‘riq paydo boMadi.
Agar
kista buralib qolsa, bolaning ahvoli battar og‘irlashadi, og‘riq
kuchayadi, bola ko‘p qayt qiladi.
Ichak tutqichi kistalariga hosilaning o ‘ta sirpanuvchanligi xos.
0 ‘sma qorin bo‘shlig‘ida bemalol sirpanadi, aniq chegaraga va tekis
konturga ega. Ingichka ichak tutqichi kistalari
juda ham sirpanuv-
chan. Katta ichak tutqich kistalarida ko ‘pincha asoratlar (kista o ‘z
o ‘qi atrofida buralish, ichak tutilishi, yiringlash va boshq.) kuzatiladi.
Bunday hollarda bemor qorin bo ‘shlig‘i og‘ir xastaligi bilan jarrohlik
kasalxonasiga yotqiziladi.
Enterokista
- ichak ikkilanishi (dublikaturasi) nomi bilan ata-
ladigan kasallik. U ichak kovak a ’zolari to ‘g ‘ri rivojlanmasdan
ortiqcha o ‘sib ketishi, mushaklararo retension kista hosil bo‘lishi
(60%) natijasida enterokistalar ingichka ichakda joylashishidan kelib
chiqadi. Klinik belgilari enterokista ichida yallig‘lanish bo‘lganda
namoyon bo ‘ladi. Bunda bola o ‘zini noxush his qiladi va og‘riq paydo
b o ‘ladi. Qisman yoki to ‘liq ichak tutilishi kuzatiladi. Enterokistaning
eroziyalangan shilliq qavatidan qon
ketishi yoki devori teshilib,
peritonit rivoj lanishi mumkin.
Mekonial ileus
deb - yopishqoq mekoniyning (oshqozon osti bezi
fermentativ yetishmovchiligi sababli) yonbosh ichak terminal qis
mida tiqilib qolib, tug‘ma pastki ichak tutilishi klinikasini namoyon
qilishiga aytiladi. Mekoniy chaqaloqning birinchi axlati bo‘lib, ona
qomida qog‘anoq
suvlarining yutishi, oshqozon-ichak trakti shil
liq qavati sekreti, oshqozon-ichak trakti rekanalizatsiya jarayonida
to ‘kiladigan
epiteliy, o ‘t suyuqligi va oshqozon osti bezi sekretidan
hosil bo ‘lib, chaqaloq tu g ‘ilgach birinchi ichi o ‘tganda tashqariga
chiqadi. Oshqozon osti bezi sekreti yetarli darajada bo ‘lmagach,
mekoniy konsistensiyasi o ‘zgaradi va o‘ta
shilimshiq, yopishqoq
b o ‘lib, yonbosh ichak terminal qismidan,
Baugin qopqasi orqali
y o ‘g ‘on ichakka o ‘ta olmaydi va obturatsion-mekonial ichak tutilishi
yuzaga kelib, tug‘ma pastki ichak tutilishi klinikasini beradi. Kasal
lik oshqozon osti bezi kistofibrozi va ekzokrin bezlaming faoliyati
buzilishi natijasida kelib chiqadi. Kasallik irsiy xarakterda bo ‘lib,
autosom-retsessiv ravishda avloddan avlodga ko ‘chadi. Kistofibroz
sistemali
kasallik, organizmdagi barcha ekzokrin bezlami zararlashi
67
Do'stlaringiz bilan baham: