tiv usullar bilan boshlanadi. Ushbu muolajalar
operatsiyadan oldingi
tayyorgarlik ham hisoblanadi. Tayyorgarlik davri 2-3 soatdan oshmasligi
kerak. Konservativ davolash muolajalariga quyidagilar kiradi.
Bemoming m e’dasi osh tuzining (0,9 %) fiziologik eritmasi bilan
yuviladi, presakral yoki paranefral bo‘shliqqa 0,25 % novokoin erit
masi; vena qontomiriga 40 % glyukoza va 10 % osh tuzi eritmasi; teri
ostiga ichak spazmini kamaytimvchi eritmalar; atropin, no-shpa, plati-
fillin, papaverin eritmalari; og‘riqni kamaytiruvchi dorilar;
promedol
bemoming yoshi hisobga olingan holda yuboriladi. Qontomirga tuzli
va oqsilli eritmalar tomchilab quyiladi, so‘ngra 1 % li osh tuzi eritma
si bilan sifon yordamida huqna qilinadi. Bu muolajalar yordam bersa,
bemoming ahvoli ancha yengillashadi. Qorinda og‘riq kamayadi.
Bemor qayt
qilmaydi, ichaklar faoliyati yaxshilanadi. O g‘ir hollarda
bemoming qontomiriga tomchi dorilar, glyukoza eritmasi, tuz erit
malari, plazma, bemoming ahvoliga qarab
qon yuborish davom et-
tiriladi. Bemorlarga mikroorganizmlar faoliyatini pasaytirish uchun
keng ta’sirga ega antibiotiklar yuboriladi.
Operatsiya umumiy og‘riqsizlantirish bilan bajariladi. Qorin bo‘sh-
lig‘i o ‘rta kesim bilan ochiladi, agar bundan oldin qorin bo‘shlig‘i
bir yoki ikki marta ochilgan bo‘lsa, qorin shu chandiqlardan 2-3
sm
chetroqdan ochiladi. Chunki shu
chandiqning orqasida ichak
qovuzloqlari joylashgan b o ‘lishi mumkin. Operatsiyaning xajmi
qorin bo ‘shlig‘idagi o ‘zgarishlarga bog‘liq, bu ichaklar o ‘rtasida-
gi bitishmalami ajratishdan nekroz bo ‘lgan ichaklami rezeksiya
qilib anastomoz qo‘yguncha yoki ichak
devorlarini tashqi tomonga
chiqarib qo‘yguncha davom etadi. Nekroz b o ‘lgan ichakni olib tash-
lashdan avval uning chegarasi aniqlanishi kerak, shuning uchun ichak
devorlari iliq fiziologik eritmada ho‘llangan doka bilan isitiladi,
o ‘zgargan ichak tutqichiga 0,25 % novokain eritmasi yuboriladi.
Bu muolajalardan keyin ichakning rangi o ‘zgarmasa
va qonto-
mirlarida pulsatsiya sezilmasa, unda ichakning shu qismi sog‘ ichak
chegarasidan rezeksiya qilinadi. Agar olib
keluvchi ichakning hajmi
kengayib ketgan, ichida ko‘pgina zaharli moddalar to ‘planib qol
gan bo ‘lsa, unda elektr so‘rg ‘ichda so‘rib olinadi yoki ko‘p yonbosh
teshikli rezina nay qo‘yilib, ikkinchi uchi tashqariga chiqariladi. Bir
necha marta qorin bo‘shlig‘ida bitishmali ichak tutilishi operatsiya
204
Do'stlaringiz bilan baham: