D a v o l a s h . Operativ - operatsiyaga
tayyorlash bemomi me-
dikamentozga narkoz yuvorishga tayyorlashdan boshlanadi. Bemor
qorin bo ‘shlig‘i operatsiyadan oldin vena ichiga 250-300
ml
konser-
virlangan qon quyilgan bo‘lishi kerak. Qon quyish bilan birga intu-
batsion usul bilan narkoz berish boshlanadi. Operatsion yo‘l taloqning
chegaralangan bir momentli jarohatlarida chap
tomondan egri chiziq
kesma bilan olib boriladi. Q o‘shilib kelgan jarohatlarda yuqori o ‘rta
laparotomiya qilinadi, keyinchalik kerak b o ‘lganda qo‘shimcha yon
kesma qilinadi. Agar taloq kapsulasining yirtilishlari bo ‘lsa ular
tikiladi. Agar taloq tomir oyoqchasidan uzilgan bo ‘lsa, taloq qorin
bo‘shlig‘idan chiqarilib, tomirlar bog‘lanadi.
Agar taloq parenximasi
majaqlangan bo‘Isa, splenektomiya rejalashtiriladi, bolalarda mak-
simal darajada a ’zo saqlovchi operatsiyalar o ‘tkazilishi lozim.
Jigar jarohati
- ko‘pincha yiqilgan paytda o‘sha joyga tushgan
zarb natijasida yuzaga keladi va turli yoshda uchraydi, asosan, 6-12
yoshgacha. Jarohatdan keyin jigar parenximasi
va uning mayin devor-
li tomirlari spazmga uchramaydi, bu esa kuchli va intensiv qon ketishi
bilan xarakterlanadi. 0 4 yoilarining zararlanishi
natijasida chiqayot-
gan o ‘t esa qonning ivishiga xalaqit beradi, bu bemorda ko‘p qon keti
shi va uzoq vaqt to‘xtamasligiga sabab bo‘ladi. Jigaming pastki yuzasi
jarohatlanganda qon ketish juda intensiv boiadi, chunki darvoza venasi-
ning asosiy tomirlari shu sohadan kiradi. Bo‘lak va segmentar tomirlar-
ning yirtilishi devitalizatsiyaga,
shuningdek, shu tomimi qon bilan
ta’minlagan jigar qismlarining nekrozi, sekvestratsiyasiga olib keladi.
Jigaming jarohatlari quyidagi 3 gumhga bo‘linadi:
1. Kapsula osti gematomalar. Gematomalar, asosan, jigam ing dia-
fragmal yuzasida yuzaga keladi. Bunda jarohatlangan
qon tomir va
o ‘t yo‘llarining jarohatianishi natijasida kapsula parenximadan ajrala-
di va orasida qon va o ‘t to ‘planadi. Keyinchalik, kapsula yorilishi
ham mumkin.
2. Kapsula zararlanishi bilan kechuvchi jigar parenximasining yir
tilishi — jarohat bir yoki undan k o ‘proq,
chiziqli yoki yulduzsimon,
qirralari tekis yoki majaqlangan b o ‘lishi mumkin.
3. Jigaming markaziy jarohatlari jigar parenximasining markazida
joylashgan bo‘ladi, bunda o ‘sha sohada qon va o ‘t to ‘planib qola-
di. Keyinchalik markaziy gematomalar hosil b o ‘lib, jigarda chan-
Do'stlaringiz bilan baham: