dan biri Stag-
ira
shahridan
edi. U hamma
narsani ham
to 'g 'ri
deb
qabul qilaver-
mas,
us-
t о z i d a n
o'rganganlarini
t e к s h i r i b
к о ‘ r i s h g a
harakat qilardi.
“Platon men-
ga
do'st,
ammo haqiqat
qadrliroq”, der edi u.
Bu Aristotel edi. O'rta asr Sharqida Aristo-
tel — Arastu, Platon esa Aflotun deb atalgan.
U vaqtlarda kishilar o'zlarini o'rab turgan
olam haqida juda oz narsa bilardilar. Aristo
tel esa imkoni boricha ko'proq
narsa bilishni
istardi, o'sha vaqtda olimlarga ma’lum bo'lgan
bilimlarning hammasini - tabiat va olam ha
qidagi bilim larni yagona fanga jam lashni
xohlardi. Shuning uchun u o'sha davrdagi fan
ning deyarli barcha sohalari bilan shug'ullandi.
Ko'p kashfiyotlar qildi, yangi fanlarga asos
soldi. Masalan, u yaratgan fanlarning biri me-
teorologiya - ob-havo haqidagi fandir. Aris
totel birinchilar qatorida Yer va Oy sharga
o'xshash dumaloq shaklga ega ekanligini
kashf qildi. U shamol va dengiz oqimlarining
kelib chiq ish ini tush un tirdi,
kasa llikla rni
davolashda yangi vositalarni axtarib topdi,
to'g'ri fikrlash haqidagi fan - mantiq asoslari-
ni ishlab chiqdi. Davlat va inson hayoti
maqsadlari haqida ham o'z ta’limotini yarat
di. Uning fikricha, davlatning eng yaxshi shakli
o'rta tabaqa hokimiyatidir.
Albatta, Aristotel hamma narsada ham haq
emasdi. Masalan, u Yer olamning markazida
joylashgan, deb hisoblardi.
A ristotel ilm taraqqiyotiga g'o yat ko'p
hissa qo'shdi. Tabiatni o'rganishni
istagan
olim qa nda y m ehnat q ilis h i k e ra k lig in i
ko'rsatib berdi. U birinchilardan bo'lib hayvon
lar ustida tajriba o'tkaza boshladi, birinchi
bo'lib tabiat hodisalarini muttasil ilmiy kuzat-
di, birinchi bo'lib ilmiy ashyoviy dalillar yig'a
boshladi.
Aristotel qadimgi dunyoning buyuk mu-
ta fa k k irid ir. Uning a s a rla rin i o 'rg a n ish ,
g'oyalarini targ'ib qilish va rivojlantirishda
O 'rta Osiyo m utafakkirlari
juda katta rol
o'ynadilar.
A risto te l o 'rta asr S harqida “ B irinchi
muallim”, deb atalar edi.
Forobiy
uning asar
larini mukammal bilishi, u kabi qomusiy bilim
sohibi ekanligi sababli “ Ikkinchi muallim ”,
“Sharq Arastusi” degan buyuk unvonga sazo-
vor bo'ldi. Abu Ali ibn Sino Aristotel va Foro-
biyning ilg'or g'oyalarini tabiatshunoslik ilmi-
ning yangi yutuqlari asosida yanada rivojlan-
tirdi va “Uchinchi muallim” degan buyuk unvon
ga ega bo'ldi.
Aristotelning “Osmon haqida” va “Fizika”
asarlari yuzasidan Beruniy bilan Ibn Sino
o'rtasida bo'lib o'tgan ilmiy munozaralar O'rta
Osiyoda Aristotel merosiga qiziqish yuqori
darajada bo'lganligini va tabiiy-ilmiy bilimlar
ni rivojlantirishga
intilish kuchli ekanligini
ko'rsatdi. Bu munozara ilm tarixida katta aha-
miyatga egadir. Munozara birinchi marta
O'zbekiston Fanlar akademiyasida tarjima
qilinib, nashr etilgan.
Aristotel o'rta asr Sharqida juda katta obro'
qozondi va ilm-ma’rifatning himoyachisi, bay-
roqdori bo'lib tanildi.
Uning merosi m a’naviy madaniyatning
keyingi taraqqiyotida katta rol o'ynadi. Aris
totel vafotidan so'ng u asos solgan maktab fa-
oliyatini boshqa faylasuflar davom ettirib, tabi-
iy-ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishdi.
ARKTIKA
Yunoncha “arktikos” so'zi “shimoliy” degan
m a’noni anglatadi. Shim oliy Muz okeani,
uning
orollari hamda Yevropa, Osiyo va
Amerikaning shimoliy chekkalari Arktika deb
ataladi. Uning o'rtasida, Muz okeanining mu-
zlari ustida Yer o'qining shimoliy uchi - Shi
moliy qutb bor. Arktikaning janubiy chegara-
si Shimoliy qutb doirasiga deyarli to'g'ri kela-
www.ziyouz.com kutubxonasi
di. Arktikaning quruqlik qismi Rossiya, Kan
ada, AQSHning Alyaska shtati, Daniya (Gren-
landiya oroli) va Norvegiya (Shpitsbergen)
davlatlari hududlarining bir qismini o'z ichiga
oladi.
M ateriklar chekkasigacha bo'lgan qutb
yonidagi maydon Markaziy Arktika deb atala
di. Bu yerda bir necha oy mobaynida qutb tun-
lari davom etadi. Bu davrda faqat yulduzlar,
oy va qutb yog'dusining rang-barang shu’lalari
bepoyon maydonlarni yoritib turadi,
quyosh
esa mutlaqo ko'rinmaydi. Quyosh dastlab
m art oyida ufqda bir lahzagina ko 'rin ib
qo'yadi va shu vaqtdan boshlab osmonda
uzoqroq turadi. Nihoyat, ko'zni qamashtiradi-
gan qutb kuni boshlanadi va u ham bir necha
oy davom etadi.
Arktika yozi sovuq bo'lsa-da (o'rtacha 1—
3 daraja issiq), baribir Antarktida yoziga
qaraganda ancha iliqroq. Arktikaning hamma
yerida hayot bor. Yozda sohilda oddiygina shi-
mol gullari ochiladi. Qirg'oqlarini Golfstrim iliq
oqimi suvi yuvib turadigan Kola yarim oroli
da esa hatto, haqiqiy issiq yoz ham bo'ladi.
Muz okeani suvlarida grenlandiya tyuleni,
morj, dengiz quyoni o'zini juda yaxshi his eta
di. Orollar va muz parchalarida oq ayiqlar
Do'stlaringiz bilan baham: