o'lkasidagi daralar ham, vodiylar ham o'ziga
xos, jozibali.
Armaniston tabiati mo'tadillik va keskinlik
xususiyatlarini o'zida mujassam etgan.
Uning
bir burchagida shaftoli va uzumlar shiraga
g'arq to'lsa, boshqa burchagida qor yog'adi.
Jazirama yoz-u, abadiy qish deyarli yonma-
yon.
Armanistonda beshta xilma-xil tabiiy mint-
aqa mavjud. Aholi eng zich joylashgan mint-
aqa Ararat vodiysidir.
Ararat vodiysida,
Razdan daryosi sohillar-
ida Armanistonning poytaxti - qadimiy Yere
van jo y la s h g a n . U re s p u b lik a s a n o a ti,
madaniyati va ilmiy tafakkurining markazidir.
Uning keng shohko'chalari va maydonlarini
o'lka bag'ridan qazib olingan har xil rangli tuf,
bazalt, marmardan tiklangan ko'p
qavatli
binolar bezab turibdi.
Uning yonida esa baland tog' ko'li — Se
van bor. Ulkan billur kosa bo'lmish Sevan ko'li
sarg'ish-jigarrang to g 'la r halqasida oftob
nurlari tushishi bilanoq moviy ko'zgudek jilola-
nadi. Ko'lning shaffof suvida ko'plab gulmohi
(forel) baliqlari suzib yuradi. Sevanga o'nlab
daryo va soylar quyiladi, lekin undan faqat bir-
gina jo'shqin Razdan daryosi oqib chiqadi.
Uning suvi bilan qaqragan dalalar sug'oriladi
va olti gidroelektr stansiyaning turbinalari ay-
lantiriladi.
Dasht va toshloq Shiroq — Armanistonning
g'alla konidir. Aragats tog'i savlat to'kib turib
di. Uning yonbag'irlarida, quyuq o'tloqlarida
qoramol, qo'y va echki podalari boqiladi.
Yumshoq, iliq iqlimli Gukart ham xushman-
zaradir. Tog'larning o'rmon
bilan qoplangan
yonbag'irlarida xushbo'y dafna, bodom, anjir,
anor, xurmo, zaytun zich o'sadi. Gukart yay-
lovlari ham ko'rkam. Rudaga boy Syunik-
Zangezurning bir chekkasida baland tog'
cho'qqilari go'yoki zangori osmonni yorib kir-
gandek ko'kka bo'y cho'zgan. Tog'lardan par-
cha-parcha yerlargina “yulib olingan” va
bog'larga aylantirilgan.
Arm anistonning qadim iy nomi — Nairi
“daryolar mamlakati” degan ma’noni
angla-
tadi. Ikki yuzdan ortiq daryo orasida eng yiri-
gi - Araks. Jermuk va Arzni degan joylar
o'zining shifobaxsh buloqlari bilan mashhur.
Armanlar 5-asr boshlaridayoq o'z yozuviga
ega bo'lgan. Armanistonda ko'plab
qadimgi
m a dan iyat y o d g o rlik la ri: ibo d a txo n a va
qal’alarning xarobalari, nozik o'yma naqsh
tu s h irilg a n
to s h la r,
q a d im g i
noyob
qo'lyozmalar saqlanib qolgan.
Mamlakat rangli
metallurgiyasi,
katta kimyosi, mashinasozligi res
publika iqtisodiyotida muhim o'rin
tutadi.
Bir zam onlar o'nqir-cho'nqir
ch a n g
k o 'c h a la rd a n
h o 'k iz
qo'shilgan ikki g'ildirakli arava-yu,
tuya hamda eshak karvonlarigina
sudralib o'tgan. Endi esa daryo
bo'ylaridagi vodiylarda,
daralar va
baland tog'larda tosh yo'llar quril
gan bo'lib, ularda avtomobillar qat-
naydi.
Temiryo'l va havo yo'llari Ar-
manistonni ko'pgina mamlakatlar
bilan bog'laydi. Armaniston bilan
O 'z b e k is to n
R e s p u b lik a s i
o'rtasida 1995-yil diplomatiya mu-
nosabatlari o'rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: