13. SHE'RIYAT VA NASRNING AN'ANAVIY JANRLARI
Asosiy tushunchalar:
Kasa-qo'shiq qilib kuylanadigan she'riy bandlar Kyuban kasa-"uyning ayollar yashaydigan qismi qo'shiqlari" Sakkat-o'tkir qirrali poxol qalpoq Yadam-oddiy hikoyalar to'plami
13.1. Sichjo va kasa janrlaridagi she'riyat XVII asrda klassik uchliklar janri-sichjo negizida erkin shakldagi yangi janr chan-sichjo- "uzun sichjo" paydo bo'lgan bo'lsa-da, klassik qisqa she'r XIX asr shoirlari ijodida ham faol yashashda davom etadi. Koreyalik tadqiqotchilar sichjo o'z tabiatiga ko'ra she'r emas, balki hozirgi kunda ham kuylanadigan qo'shiq ekanligiga e'tiborni qaratadilar. XIX asrda bu qo'shiq janrining uch yirik ustasi ijod qilgan. Li Sebo (1832-1895) uzoq yillarni provinsiyasida surgunda o'tkazgan va an'anaga ko'ra, tabiat go'zalliklaridan halovat izlagan va klassik sichjoda ijod qilish bilan shug'ulangan. Uni poytaxtga xizmatga qaytarishganidan so'ng avvalgi qiziqishlar unutilgan va u boshqa she'r yozmagan. Ammo provinsiyadagi uzlatnishin hayot ijodiy jihatdan ancha "barakali" bo'lgan-459 sichjo yozgan. Qolgan ikki shoir-Pak Xyogvan (1800 ?) va uning shogirdi An Mine (1816-?) Kagok volyu -"Qo'shiq sarchashmalari deb nomlangan" toplam tuzuvchilari sifatida nom chiqargan. 1876-yilda nashr etilgan bu to'plamdan she'riyat namunalarigina emas, balki qo'shiqning kelib chiqishi haqidagi hikoyalar, ularni yozish qoidalari va kuylar ham o'rin olgan, ya'ni mualliflar she'r yozishni o'rganmoqchi bo'lgan kishilarga yordam tariqasida o'zig xos o'quv qo'llanma tuzganlar.
Bu davr sichjolari qisqa uchlik shaklida yozilgan va asosan an'anaviy tabiat, may va inson taqdiri mavzulariga bag'ishlanadi. Misol uchun Pak Xyogvan yozgan she'rni keltiramiz:
171
Sohib sharqdan qaytdi-Bahor,
Yer yuzida hamma narsa tantana qilmoqda.
Giyohlar, daraxtlar va hashoratlarhar yili yana jonlanadi. Nima uchun insono'ladi va qaytmaydi?
Ona tilidagi an'anaviy she'riyatda keng tarqalgan boshqa bir janr -kasa, qo'shiq qilib kuylanadigan she'riy bandlar shu asrda yuz bergan voqealarga hozir javob janrlardan biriga aylanadi. Chunonchi, turli diniy harakatlar bilan bog'liq she'rlar paydo bo'ladi. Odamlar o'zi uchun ham, mamlakat rivoji uchun ham aniq yo'lni topishga harakat qiladilar. Bundan "mafkuraviy rang baranglik" va qarama-qarshi oqimlar-tarkidunyochilik va qurolli kurash kelib chiqadi. Bularning barchasi har xil insoniy xarakterlarni namoyon etadi. Buddaviy rohib Xamgyonson bu haqda o'z she'rida shunday deydi:
Eskiga berilgan odamlar
Yorug' kunni ko'rib yangilanadilar.
Yo'lini yangilik yoritgan odamlar
Yorug' kunni ko'rib o'zboshimchalik qilmaydilar.
Dindan uzoq odamlar
Yorug' kunni ko'rib ruhlari erkinlashadi.
Yuraksiz odamlar Yorug' kunni ko'rib dadillashadilar.
Odamovi kishilar
Yorug' kunni ko'rib jipslashadilar. Burch hissidan yiroq odamlar
Yorug' kunni ko'rib tarbiyalanadilar.
Bo'yni egik odamlar
Yorug' kunni ko'rib qadlarini tiklaydilar.
"Milliy g'oya" tarafdorlari xalqqa o'z davlati tarixidan, ayniqsa-qadimgi qahramonlar ko'rsatgan jasoratlardan iftixor hissini singdirishga harakat qiladilar. Chunonchi, shoir Sa Konsu "Poytaxt haqida qo'shiq" deb nomlangan katta she'r yozadi. Bu kasada Li sulolasining tarixi bayon etiladi. Asosiy e'tibor Yaponiya bilan
172
Imchjin urushi voqealariga eng avvalo qahramonlarining jasoratlariga qaratilgan. urush janglari
Kixen kasa "Sayohatlar haqidagi qo'shiqlar"da Xitoyga safarlar haqida hikoya qilinadi. Bu yerda koreyalik mualliflar yevropaliklar bilan ilk bor 1866 yilda elchilar guruhi tarkibida Pekinga safar qilgan Xon Sunxak (1842-1892) bu safar haqida "Pekinga sayohat" kasasini yozgan.
1886 yilda yaponiya bilan protektorat to'g'risida shartnoma tuzilganidan so'ng, diplomatik munosabatlar faollashadi. Koreyalik elchilar orasida shoirlar -kixen kasa yozuvchilar ham bo'lgan. Masalan, Li Txesik (1859-1903) o'z taassurotlarini "Yaponiyaga sayohat haqida yozuvlar" she'rida bayon etgan. Muallifni u Yaponiya poytaxtida ko'rgan texnika yutuqlari hayratga soladi:
Elektr lampochkalar yanyapti
har bir uyga sim o'tkazilgan.
Quyosh botib, qorong'i tushgani zahoti
mashinani ishga solishadi
Va birdan kun yorishadi
hatto soch tolalarini ham ko'rish mumkin.
Kyuban kasa- "uyning ayollar yashaydigan qismi qo'shiqlari”, XVIII asrdagi kabi, “ayollar mavzusi"ga -muhabbat, ayriliq azobiga bag'ishlangan. Bu she'rlarning mualliflari asosan yuqori tabaqadan chiqqan ayollar bo'lgan. Aksariyat she'rlarning mualliflari noma'lum. Mazkur janr mavzulari XX asr boshida o'zgaradi. Ularning aksariyati ayriliqqa, lekin sevimli yordan emas, balki vatandan ayrilish azoblariga bag'ishlangan. Bunday kasalarning mualliflari orasida iysonlik Kim xonim bor. "Ajdodlar va avlodlar ayrilig'i haqida maktub" da shoira o'z vatanining fojeali taqdiri haqidagi shaxsiy o'y va kechinmalarini aks ettiradi. Bu davrda yaratilgan boshqa ayollar kasalarning mazmuni ham shaxsiy hayot chegarasidan chetga chiqmaydi, ular ozodlik va o'z xalqi haqida qayg'urish mavzulariga bag'ishlangan. Shunday qilib, shaxsiy hayot, "ayollar hayoti" she'riyati sifatida ajralib turgan kyuban kasa
173
mavzuni almashtirib, vatanparvarlik, fuqarolik ruhi bilan sug'orilgan she'riyat umumiy oqimiga singib ketadi.
She'riyatning rivojlanishiga yakun yasagan she'rlar to'plamlarining paydo bo'lishi ona tilidagi koreys she'riyati klassik janrlarining "o'limi" nishonalariga aylanadi. Bular "Kagok vollyu” va "Namxun txepxyon ka" to'plamlari bo'lib, ularda she'riyat namunalari jamlanibgina qolmasdan, balki she'r yozishni mashq qilmoqchi bo'lgan barcha kishilar uchun she'r yozish qoidalari belgilangan. Mazkur to'plamlar she'riyatda qoidalar paydo bo'ldi va endi hech qanday yangilik o'ylab topilishi mumkin emas, degan xulosaga kelish imkoniyatini beradi.
13.2. Kim Sakkat (1801-1863) ijodi Xalq orasida satirik shoir Kim Sakkat (1801-1863) asarlari ayniqsa mashhur bo'lgan. Uning haqiqiy ismi Kim Ban'yon, lekin shoir iste'dodi muxlislari uni asosan Kim Sakkat sifatida taniydilar. "Sakkat" o'tkir uchli poxol qalpoq bo'lib, shoir uni kiyib mamlakat bo'ylab darbadar kezgan va o'z she'rlarini yozib, ularni qishloqlarda va shahar ko'chalarida olomonga o'qib bergan. Uni koreyada hamma bilgan, u xitoy tilida ijod qilgan so'nggi shoirlardan biri bo'lgan. Kim Sakkatni o'z hayotida hech qanday qoidalarni tan olmagan va o'z erkini hamma narsadan ustun qo'ygan daydi, hazilkash shoir sifatida tanishgan. Unda dunyo noz-ne'matlarini, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor qoidalarini rad etadigan va dabdabali hayotga intilmaydigan tarkidunyochi shoir ana'anaviy obrazi mujassamlashgan. Kim Sakkatdan keyin Koreyada bunday shaxslar boshqa paydo bo'lmagan.
Yengil qayiqqa o'xshash Poxol qalpoqni boshimga kiydim.
Sodiq do'stimga aylangan shu qalpoq bilan Qirq yildirki dunyo kezaman.
174
Chakkaga qo'ndirilgan shunday qalpoqda
Dehqon bolasi poda boqyapti. Qariganda ham u boshida shu qalpoq,
Daryo bo'yida qarmoq ustida engashib o'tiradi.
Kim Sakkat o'zi ko'rgan va eshitgan, o'ylagan va his qilgan narsalar haqida yozadi. Uning xalqona yumorga to'la she'rlarida boylarning ochko'zligi va rahmsizligi, ularning fahmsizligi va takabburligi, tekinxo'rlarcha turmush tarzi ustidan kulinadi, oddiy xalqqa muhabbat, uning og'ir qismatiga hamdardlik ohanglari yangraydi (“Burga", "Yanbanlarning janjallari", "It"”, “Yanban o'g'li", "Dangasa mehmon", "Qashshoqlik" she'rlari). U ona yurt tabiati go'zalliklarini "Olmos tog'lar", "Oq chag'alay" asarlarida madh etadi, hayot haqida falsafiy mazmun bilan yo'g'irilgan "Qariya" ,"Soya", "Qayg'u", "Lochin” nomli she'rlar yozadi. Uning she'riyati jamiyatning o'qimishli qismi orasida ham, xalq orasida ham mashhur bo'lgan. Boshlovchi shoirlar unga taqlid qilishga uringanlar, ayrimlar esa hatto o'z asarlarini Kim Sakkat yozgan deb o'tkazishga harakat qilganlar. Uning she'rlari qo'lyozma shaklida tarqalgan, ular shoir o'limidan so'ng oradan ko'p yillar o'tib, Kim Sakkat ijodi rasmiy darajada tan olingach nashr etilgan. Uning she'riyatida ikki dunyo - odamlar dunyosi va tabiat dunyosi ajralib turadi. Shoir odamlarga hamdardlik bildiradi, ular bilan hazillashadi, lekin ularning orasida o'zini yolg'iz his qiladi. Masalan, "Yo'lda o'lik gadoni ko'rdim" she'rini olaylik:
Siz qaysi urug'dan ekanligingizni hech kim bilmaydi,
sizning ismingiz noma'lum.
Siz tug'ilib o'sgan joylarning
Sizning tanangizga pashshalar tashlandi, Uzzukun-ertadan kechgacha g'o'ng'illashadi.
Sizdan qolgan bor buyum -kalta tayoq.
yashil daraxtzorlari qaysi o'lkada? Quzg'unlargina sizning yolg'iz ruhingizni chaqiradi, tongda sizni yod etadi.
175
Siz tilinib olgan taom - ozgina yeyilmagan guruch. Mem u haqda qishloqdahammaga gapirib berdim.
Ular savatda tuproq olib keldilar
va uni qirov va shamoldan to'sib ko'mdilar. Sho'rpeshona tilanchida Kim Sakkat o'z taqdirini ko'rgan bo'lsa kerak. Ammo u kelajakka juda katta ishonch bilan qaragan, shu sababli o'zining darbadarlikda o'tuvchi hayotiga yumor bilan qaragan va bu hayotdagi baxtli uchrashuvlardan quvongan. Masalan, "Bevaga tuhfa" she'rida u visol uchrashuvi haqida hikoya qiladi: Musofirning to'shagi bo'sh
va tushiga yomon narsalar kiradi. Hozir osmonni nurafshon oy qamrab oldi, u mening tuyg'ularimni ham yoritdi. Yashil bambuklar va och yashil qarag'aylar qadimdan o'zgarmasdir, Alvon shaftolilar va oq olxo'rilar
Bahorning qisqa lahzasidagina yashaydi.
Chjao-syunning nefrit suyaklari
Syunni tuprog'iga ko'milgan.
Guyfeyning go'zal chehrasi esa
Mavey changlarida qolib ketgan.
Axir odamlarga tabiatanrahmsizlik xos emas.
Sen tunda ziqnalik qilma
O'z yubkangni yech. Kim Sakkat ijodida tabiat dunyosi tabiiy xususiyatga ega. Shoirni bu yerda kishiga zavq bag'ishlaydigan go'zal manzaralar va odamlar g'am-tashvishidan uzoq bo'lgan turli hayvonlar o'ziga tortadi. "Kimgansanga ketaman" she'rida shoir huzur-halovat topish mumkin bo'lgan joyni tasvirlaydi:
Kitoblarda soch oqaradi,
qilichdan hayot shomga yuz tutadi. Osmon va yerning cheksiz boqiyligi
faqat g'ussa uyg'otadi.
176
Poytaxtda tobim qochdi, O'n jom may ichib.
Kuz shamolidan plash va qalpoq ostiga yashiranaman va Kimgan tog'lariga ketaman.
Kim Sakkat she'rlari besh va yetti turoqli klassik she'r shakllarida yozilgan. Mazkur shakllariga amal qilish ohang qoidalariga rioya etishnigina emas, balki xitoy adabiyotining obrazli vositalaridan foydalanishni ham nazarda tutadi. Ammo Kim Sakkat she'riyatida yangi unsur paydo bo'ladi-uning she'rlarida iyeroglif o'zining klassik yozuv belgisi sifatidagi "daxlsizligi"ni yo'qotadi, shoir uning ohang va ma'no jihatlarini o'z izmiga soladi. Shu tariqa ma'nosi iyeroglif belgilari koreyscha o'qilganidan keyingi anglashiladigan she'rlar yoki avvalo iyerogliflarning o'ziga xos joylashuvi e'tiborni tortuvchi she'rlar paydo bo'ladi.
XIX asrda xitoy tilidagi koreys klassik she'riyati o'z tanazzulining eng yuqori chegarasiga yaqinlashdi. Mumtoz adabiyot bilan amalga oshirilgan erkin eksperimentlar buning o'ziga xos tasdig'i bo'ldi. Bunday eksperimentlarga an'anaviy adabiyot tarixdagi o'z she'rlarini xitoy tilida yozgan so'nggi atoqli shoir Kim Sakkat ijodida duch kelish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |