shamolning tezligi sekundiga 90
metrga yeta-
di). Antarktidada tadqiqotchilardan boshqa
doimiy aholi yashamaydi.
Tadqiqotchilar yaxshi isitilgan uychalarda
yashaydilar, tashqarida sovuq havoda esa,
ichidan elektr grelka
isitib turadigan kiyim va
himoya niqobi kiyib ishlaydilar. Odam bunday
niqob ichida maxsus filtr orqali nafas oladi.
A nta rktida hech bir davlatga m ansub
emas. Xalqaro shartnomaga ko'ra, uning
hududida harbiy
xarakterdagi biror tadbir
o‘tqazish man etilgan. Antarktida tinchlik ma-
terigidir.
ARGENTINA
(Argentina Respublikasi)
Maydoni - 2800000 kvadrat kilometr.
Aholisi - 35200000 kishi.
Janubiy A m erikani ispa nlar 16-asrda
bosib ola boshladilar. Ular bu yerda oltin va
kumush topish ishtiyoqida edilar. Shu sababli
qit’a janubidagi mamlakatni Argentina - “ku-
mushli” deb atadilar.
Biroq Argentinada
na oltin, na kumush to-
pildi. Bir necha asr davomida bu mamlakat
Ispaniyaning Janubiy Amerikadagi qoloq va
chekka mustamlakasi bolib qoldi.
Katta may-
dondagi unumdor yerlarda hech kim yasha-
mas va ulardan deyarli foydalanilmas edi.
Ammo yuz yilcha muqaddam ahvol butun-
lay o'zgardi. O'sha vaqtga kelib dengiz yollari
barcha m ateriklarni bir-biriga tutashtirib
boldi. Yevropada
sanoat gurkirab rivojlanib
ketdi, shaharlartez sur’atlar bilan o‘sdi. Yevro
paning o‘z oziq-ovqati yetishmay qoldi. Shu
davrda Argentinada qishloq xo'jaligi, ayniqsa
chorvachilik tez rivojlana boshladi. Argentina-
dan Yevropaga go'sht keltirila boshlandi.
Argentinaga Yevropa mamlakatlaridan,
asosan Ispaniya va Italiyadan yuz minglab
kishilar ko'chib bordi.
Eng yaxshi yerlar va
yaylovlarni zamindorlar, amerikalik va angliya-
lik sanoatchilar egallab olishdi. Yirik kushxo-
na va go'sht kombinatlari barpo etildi.
Argentinaning mehnatkash xalqi o'z huquq
lari uchun, mamlakat ozodligi uchun kurash
olib bordi. Ko'p narsaga erishildi: temiryo'llar,
bir qancha sanoat korxonalari, elektr stansiya-
lar mamlakat ixtiyoriga berildi.
Mamlakat poytaxti Buenos-Ayres - endilik
da dunyodagi eng yirik shahar va
portlardan
biri. Shaharda va unga tutashgan qo'shni
shaharlarda mamlakat sanoat mahsulotining
3/5 qismi ishlab chiqariladi. Argentinada av-
tomobil, traktor, stanoklar ishlab chiqaradigan
yirik zavodlar barpo etilgan. Yangi elektr stan-
siyalar qurilgan.
Poytaxtning chekkasidan pampa (dasht)
boshlanadi; bu Argentinaning asosiy qishloq
xo'jalik makonidir. Makkajo'xori, bug'doy,
moyli ekinlar ekiladi. Chorvador xo'jaliklarda
behisob qo'y, sigir, cho'chqa, echki va yilqi
boqiladi. Bunday xo'jaliklarda asosiy shaxs
cho'pon - gaucho.
Argentina bilan O'zbekiston
Respublikasi
o'rtasida 1993-yil diplomatiya munosabatlari
o'matilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: