8-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 24-mavzu Sanoatning rivojlanishi.
Bu davrda Buyuk Britaniyada sanoat gurkirab rivojlandi. To'qimachilik, metallurgiya, mashinasozlik, kon sanoati yetakchi o'rinni egalladi.
Sanoat taraqqiyoti transportning yangi turi paydo bo'lishini zaruratga aylantirib qo'ydi.
Buning aks sadosi o'laroq, 1825- yilda Buyuk Britaniyada dunyoda birinchi temiryo'l qurildi.
Sanoatning yangi tarmog'i - parovozsozlik paydo bo'ldi.
Bu esa qudratli savdo va harbiy dengiz floti yaratishga imkon berdi.
Mamlakatda sanoat ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi ro'y berdi.
Jahon tarixida birinchi marta mamlakat iqtisodiyotida yetakchilik qishloq xo'jaligidan sanoatga o'tdi. Buyuk Britaniya dunyoning birinchi industrial davlati bo'lib qoldi.
Sanoat to'ntarishining tugallanishi.
XIX asrning 60-yillari oxirlarigacha bo'lgan davrda sanoatning gurkirab rivojlanishi va ilm- fan taraqqiyoti yangi bir hodisa - sanoat to'ntarishi tugallanishining ro'y berishiga olib keldi.
Buyuk Britaniyada esa bu hodisa XIX asrning 50- yillarida yuz berdi. Sanoatda bug' mashinasi asosiy kuch bo'lib qoldi.
Toshko'mir yoqilg'ining eng muhim turiga aylandi.
Bug' mashinasi
Parlament islohoti.
Buyuk Britaniya parlamenti 1825- yilda ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonun qabul qildi.
Bu qonun ishchilar o'rtasida keskin norozilik keltirib chiqargan.
9 yoshgacha bo'lgan bolalar mehnati esa taqiqlandi.
1832- yilgi islohotdan so'ng saylangan yangi parlament 1833- yilda 13 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun 8 soatlik ish vaqti belgiladi.
1832- yilgi parlament islohoti mamlakatda saylov huquqi uchun kurashni batamom to'xtata olmadi.
1836- yilda London shahrida ishchilarning «Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi Assotsiatsiyasi» tuzildi.
1867- yilda ikkinchi parlament islohoti o'tkazildi.
Unga ko'ra, shaharlarda o'z uyiga ega bo'lgan hamda alohida kvartirada turadigan barcha erkaklarga saylov huquqi berildi.
Buning natijasida saylovchilar soni 1832- yildagi 600 ming kishidan bir yo'la 2 mln ga yetdi.
«Oq» koloniyalar.
Buyuk Britaniya o'z mustamlakachilik siyosatida «oq» koloniyalarga katta e'tibor berdi.
Ayni paytda mustamlakalar o'zini- o'zi boshqarish uchun kurash olib bordilar.
Bu kurash, ayniqsa, Kanadada shiddatli tus oldi. Natijada Buyuk Britaniya 1867- yilda Kanadaga dominion maqomini berishga majbur bo'ldi.
1. Buyuk Britaniyada sanoat rivojlanishi va uning oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. «Sanoat to'ntarishi tugallandi», degan iboraning mazmunini izohlab bering. 3. Buyuk Britaniyada parlament islohoti uchun olib borilgan kurash qanday yakun topdi? 4. Buyuk Britaniyaning eng yirik mustamlakachi davlat bo'lgan- ligiga misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |