Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

GEOGRAFIK KARTALAR
Geografik kartalar Yer yuzini aks ettirish- 
da eng qulay ko'rgazmali vositadir. Kunda­
lik hayotimizda ularning ahamiyati beqiyos. 
Kartada juda ko‘p ma’lumotlar mujassam, 
faqat uni to'g'ri o'qiy olinsa bas. Olimlar kar- 
talarning paydo bo'lishini yozuvdan ham 
qadimiyroq deb hisoblaydilar. Albatta dast- 
labki k a rta la r oddiy, o ‘sha davrda 
to'plangan ma’lumotlar darajasida bo‘lgan. 
Ishonchliroq ma’lumotlarga asoslangan kar­
talar dastlab Yunonistonda vujudga kelgan. 
Yunonlar papirus o'simligidan tayyorlangan 
yozuv varag‘ini к a r t a deb ataganlar. Ular 
o'zlariga ma’lum obod yerlarni oy— kum ye 
na deyishgan va kartaga tushirganlar. 
Miloddan avval 3— 2-asrlarda yashagan 
mashhur yunon olimi Eratosfen «parallellar» 
va «meridianlar» tushunchalarini kiritib, 
Yerning dastlabki kartasini ishlagan. Bu 
Yerning sharsimonligini hisobga olib tuzil- 
gan birinchi karta edi. 2-asrda yashagan 
yunon olimi Ptolemey ancha takomillashgan 
kartani tuzdi.
9-asrda Bag‘dod xalifasi al-M a ’mun 
to p s h irig 'i bilan va ta n d o sh im iz Muso 
Xorazmiy boshchiligida «Jahon kartalari» 
tayyorlangan. Ahmad Farg'oniy esa meridi­
an yoyini aniq o'lchab, Ptolemey kartasiga 
k o ‘ p o 'z g a rtiris h la r k iritd i. 11-asrda 
yashagan qashqarlik mashhur turkshunos 
olim Mahmud Koshg'ariy o'zining «Devonu 
lug'otit-turk» asariga o'zi tuzgan ajoyib 
rangli dunyo kartasini ilova qilgan. Olim 
an’anaga ko'ra sharqni shimol tomonga 
ko'chirgan va Yer markazini Bolosog'un ya- 
qiniga joylashtirgan. Yevropada 1280-yilda 
chizilgan dunyo kartasida Yer doira shakli­
da tasaw ur qilingan. Yer markazida Qud- 
dus shahri joylashtirilib, Movarounnahr sha- 
harlaridan faqat Samarqand ko'rsatilgan. 
O'sha davrda boshqa olimlar chizgan kar­
talar ham hali mukammal emas edi. O'rta 
asrlarda Yevropa davlatlari qirollari savdo 
karvonlari va ayrim sayohatchilar keltirgan 
axborotlarga qiziqib, mustamlakaga aylan­
tirish mumkin bo'lgan yerlarga ekspedi-
tsiyalar uyushtirdilar. Buning uchun aniq kar­
ta la r kerak edi. Shu vaqtdan buyuk 
geografik kashfiyotlar boshlanib ketdi. 
Geografik kartalar ham takomillashib bor- 
di. Taxminlarga asoslanib tuzilgan kartalar 
ko'pincha fojialarga olib kelardi. Masalan, 
Vitus Bering kartada ko'rsatilgan, aslida 
yo'q orolni qidirib vaqtni qo'ldan boy bergan 
va dengizda po'rtanada qolib ketgan.
Aniq geografik kartalar yer yuzasini 
tekislik yuzasiga kichraytirib umumlashtirib, 
m a’lum maqsadga yo'naltirilgan holda 
tushirishdan iborat.
Geografik kartalarda har xil tabiiy, ijti- 
moiy-iqtisodiy hodisalar aks etishi mumkin. 
Buning uchun alohida belgilar tizimi — kar- 
tografik belgilardan foydalaniladi. Yer yu­
zasini kartada xohlagan m asshtabda 
kichraytirib ko'rsatish imkoni bor. Yerning 
baland-pastligi, ya’ni relyefi kartada gori­
zontal chiziqlar bilan ko'rsatiladi. Geografik 
kartalarda predmetlarning ichki xususiyat- 
lariini ham aks ettirish mumkin, masalan, 
dengiz oqimlari, suv osti relyefi, magnit 
strelkasining og'ishi va hokazo. Karta 
tuzishda tasvirlanayotgan hodisalarning 
saralab olinishi va umumlashtirilishiga kat­
ta ahamiyat beriladi.
Geografik kartalardan inson faoliyatining 
barcha s o h a la rid a fo y d a la n ilm o q d a . 
Sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, yer 
tuzish ishlari, yer fondlarini hisobga olish 
k a b ila rn i k a rta la rs iz ta s a w u r q ilib
bo'lmaydi. Kartalardan darsxonalarda va 
undan tashqarida o'quv quroli sifatida foy­
dalaniladi. Harbiy ishlarda ham karta eng 
zaruriy ashyo. Kartalarda hodisalarning joy- 
lashish q o n u n iy a tla ri ham aks etadi. 
Masalan, foydali qazilm alarning o'zaro 
bog'liq holda tarqalishi va hokazo. To- 
pografik kartalarda yer ustidagi narsalar 
to'la-to'kis ko'rsatiladi. Kartalarning xoshi- 
ya la ri va ta s v irla rd a n xo li jo y la rig a
qo'shimcha ma’lumotlar, masalan tabiiy kar­
talarda shartli belgilar, nashr qilingan yili, 
m a’m uriy karta la rd a bundan tashqari 
ma’muriy-hududiy bo'linishlar ro'yxati va 
hokazolar ko'rsatiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Am alda um um geografik kartalardan 
ko'proq foydalaniladi. Boshqa kartalar 
muayyan mavzuga bag'ishlangan -tem atik 
kartalarga kiradi. Ularda qo'shimcha ele­
mentlar, ya’ni joyning geologik tuzilishi, 
iqlim sharoitlari kabilar batafsil ko'rsatiladi. 
Tematik kartalaming o'zi maqsadga qarab 
yana bir qancha tu rla rg a b o 'lin a d i. 
Geografik kartalar orasida o'quv, turistik, 
dengiz navigatsiyasi kabi maxsus kartalar 
ham bo'ladi. Kartalar mavzusining keng yoki 
torligi bilan ham farq qiladi. Masalan, iqlim 
kartalarining ba’zilarida faqat temperatura 
yoki yog'in ko'rsatilsa, boshqalarida havo 
bosimi va shamol ham ko'rsatiladi. Agar 
kartalarda bir qancha hodisalar qamrab 
olinsa, ularni ko'p tarmoqli yoki majmua kar­
talar deyiladi.
Karta tuzish metodlari bilan kartografiya 
fani shug'ullanadi. Keyingi yillarda koinot- 
dan turib olingan rasmlardan foydalanishda 
katta tajriba to'plandi.
K artalar m asshtabiga qarab turli xil 
bo'ladi. Masshtabi yirik kartalar ham foy- 
dalanishga qulay. Hozir 1 sm da 500 metr- 
ni ko'rsatuvchi kartalar mavjud. O'zbekiston 
1991 -yilda mustaqillikka erishgach, mam- 
lakatimizda bir qancha geografik karta va 
atlaslar nashr qilindi.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish