Grafik rassomning ish stoli.
qalamda, siyohda, akvarel bo'yoqlarda va
qariyb har doim qog'ozga chizgansiz.
Siz u
va q td a
o 'z in g iz n in g
g ra fik a
bilan
shug'ullanayotganingizni bilmagansiz, al
batta. Rassomning qog'ozga ishlagan ras-
mi grafika deb ataladi. Grafikani siz har
qadamda uchratasiz: gazetada b
osilgan
karikatura ham, kitob sahifalaridagi surat
— illyustratsiyalar ham, ko'chalarda osilgan
plakatlar ham, pochta markalari ham, pul
b e lg ila ri
ham,
b u yu m la r
o 'ra lg a n
qog'ozlardagi harflar ham, ko'rgazma zal-
lari, muzeylar, uylar va maktab devorlarida-
gi rasmlar ham grafikadir.
Odatda, rassomning qalam, ko'mir, tush
bilan, ba’zi hollarda esa rangli qalam yoki ak
varel bo'yoqlarda
ishlagan rasmi faqat bir
nusxada bo'ladi. Bu rasmlarning kitoblar yoki
jurnallar sahifasidagi behisob qaytarig'i esa
bosmaxonalarda maxsus asboblar va mashi-
nalarda bajariladi. Biroq rassomning o'zi o'z
asarlarini ko'paytirishi mumkin. Buning uchun
rassom pichoq, iskana yoki shtixel deb atala-
digan maxsus o'ymakor qalam bilan ishlagan
rasmining ko'zgudagi aksi kabi teskari tasviri
ni yog'och, linoleum, metallga tushiradi yoki
maxsus litografik tosh, mis yoki qo'rg'oshin
plastinkaga
kislota yordamida
o'yib tushiradi.
Faqat bu p la s tin k a la r av-
valdan loklangan va rasm igna
bilan o'yib tushirilgan bo'lishi
zarur. So'ngra bu rasm larga
bo'yoq surkaladi-da, istalgan
nusxada k o 'p a y tirila v e ra d i.
Yog'och
va metall plastinkalar-
dan bosilgan nusxa, shuningdek
rasmlarni shu tarzda ko'paytirish
usulining o'zi gravyura deb ata
ladi. Litografik toshda bosilgan
nusxalar esa litografiya deyiladi.
Grafika tasviriy san’atning eng
qadimiy turidir. Qadimgi rassom-
larning g'or devorlariga chizgan
rasmlari ham, yunon ko'zalaridagi
naqsh va rasmlar ham, Uyg'onish
davri ustalarining
gravyura va rasmlari ham
grafika namunalari hisoblanadi.
Qadimgi grafika sa n ’ati naqshlarda,
nodir qo'lyozmalarga ishlangan bezaklarda
shuhrat topgan. Endilikda rassom lik va
haykaltaroshlik kabi grafikaning ham turlari
bor. Bular — kitob-gazeta-jurnal grafikasi,
plakat,
amaliy grafika, dastgoh grafika.
Hozir hayotimizni grafikasiz ta sa w u r qilib
bo'lm aydi. Bolalar uchun m o'ljallangan
xohlagan kitobingizni ochib qarasangiz,
unda grafika asarlarini ko'rasiz. Ular sizga
kitob mazmunini yaxshi tushunib olishingiz-
da yordam beradi.
O'zbekistonlik grafik-rassomlar— I. Ikro-
mov, V. Y. Kaydalov, Q. Basharov, A.K.
Osheyko, T.
Muhamedov va boshqalarning
rasmlari ko'pchilikka tanish.
GRETSIYA
Do'stlaringiz bilan baham: