Teleskop orqali
qaraganda Venera Oyga
o‘xshab o'z ko'rinadigan shaklini yoki
boshqacha aytganda, fazalarini o'zgartirib
turishi seziladi. Nikolay Kopernik ham
ta’kidlaganidek, Venera Yer atrofida emas,
balki Quyosh atrofida aylanishini ayni shu bi
lan izohlash mumkin edi.
Quyoshda esa Galiley xira dog‘larni ko'rdi.
Ularning siljishini kuzatib, Quyosh o‘z o‘qi atro
fida aylanishini isbotladi. Galileyning bu
ishlari «Yulduz xabarchi»si asarida bayon qi
lingan. Demak, qadimgi faylasuflar va Gali-
leyga zamondosh bo'lgan cherkov ruhoniylari
uqtirganlaridek, Quyosh nihoyatda sof,
«mukammal» jism emas ekan.
Lekin ulkan sayyora — Yupiter Galileyga
eng g'aroyib manzara bo'lib ko'rindi. Uning
atrofida to'rtta yo'ldosh—oy aylanib turardi.
U larning
bu aylanishi, xuddi Kopernik
ta’limotida aytilganidek, Quyosh atrofida Yer
va sayyoralar aylanishiga o'xshardi.
Nihoyat, teleskop bilan qaralganda Somon
yo'li oddiy ko'zga ko'rinmaydigan son-sanoq
siz yulduzlarga bo'linadi. Galiley oldida po-
yonsiz yulduzlar olami namoyon bo'ldi, ularn
ing har biri xuddi bizning Quyoshimizga
o'xshagan olisdagi quyoshlar edi. Jordano
Brunoning ana o'sha olis yulduzlar atrofida
aylanib turgan jonli mavjudot yashaydigan
sayyoralarning ko'pligi haqidagi ta’limoti ham
haqiqatga yaqindek bo'la bordi.
Galiley inersiya qonunini kashf etgan,
kuchlarni qo'shish qoidasini
ifodalab bergan,
ko'chirma harakat tezligi doimiy bo'lgan
chog'dagi nisbiylik prinsipini yaratgan, mexa
nik harakatning asosiy tavsiflarini miqdoriy ji
hatdan aniqlagan. Jismning og'ma tekislikda-
gi harakati, ma’lum burchak ostida otilgan
jismning harakati, erkin tushish haqidagi qo-
nunlarni dastlab Galiley kashf etgan.
Galiley harakatning saqlanishi to'g'risidagi
muhim fikrga tegishli tushunchalar kiritgan.
Galiley - Nyuton mexanikasi ilmning muhim
tarmog'iga aylandi.
Galiley dunyoqarashi - mexanistik materi-
alizm. U olamdagi barcha hodisalar moddiy
asosga ega bo'lib,
mexanika qonunlariga
bo'ysunadi, deb tushungan. Mexanistik mate-
rializmning barcha nuqsonlari Galiley dunyo-
qarashiga ham taalluqli. U o'z zamonasining
ilg'or g'oyali kishilaridan bo'lgan, sxolastikaga
qarshi chiqqan. Kopernikning geliotsentrizmini
qat’iy yoqlagan, tabiiy hodisalarni tajriba va
matematik fikrlash asosida tushuntirishga hara
kat qilgan.
Galiley kashfiyotlari Kopernik ta’limotining
yaqqol amaliy isboti bo'ldi. Ular Aristotel va
Ptolemeyning Yer Olamning qo'zg'almas
markazi ekanligi va qudratli xudolar istiqomat
qiladigan «osmonlar» borligi haqidagi cherkov
qabul qilgan ta’limotlarini rad qildilar.
Cherkov ruhoniylari Kopernik ta’limotini
bid’at, deb e’lon qildilar. Kimki uni tarqatsa va
himoya qilsa, uni shafqatsiz jazo kutardi.
Lekin
Galiley cherkov jaholatiga qarshi dadil kurash-
di va Kopernikning haqligini isbot qilishdan tol-
madi. Ana shundan keyin, 1633-yilda cherkov
ruhoniylari keksa olim ustidan sud uyushtirdilar
va qiynoq bilan qo'rqitib, uni o'z fikrlaridan qay-
tishga majbur etdilar. Galiley shunchaki o'z fikri-
dan qaytgan bo'lsa ham, aslida u Kopernik
ta’limotining e’tiqodli tarafdori bo'lib qoldi. Gar-
chi buyuk olimni umrining oxirigacha uy
qamog'ida saqlab, astronomiyaga doir har qan
day kitob chiqarishni taqiqlab qo'ygan bo'lsalar
ham, Galiley mexanika sohasidagi yangi kash
fiyo tla ri bilan fan taraqqiyotiga hissa
qo'shaverdi. Cherkov ruhoniylarining
ta’qiblariga qaramay, Galiley o'zini ilmiy dun-
yoqarash uchun eng tolmas kurashchilardan
biri sifatida ko'rsatdi.
GAZ
Kundalik turmushimizda ko'pincha gaz de-
ganda oshxona gaz plitasida ko'k alanga bo'lib
yonadigan metan gazini ko'z oldimizga kelti-
ramiz. Metan gazi yer osti gaz konlaridan
chiqarib olinadi. Bunday gaz konlari O'rta Osi
yoda ko'p.
Kondan chiqarib olingan gaz
aralashmalardan tozalangach, quvurlar orqali
zavod va turar joylarga yuboriladi. Bundan
tashqari, gaz ba’zi neft quduqlaridan ham chiqa
di. Shuningdek, gaz toshko'mir va slanesni max
sus ishlab ham olinishi mumkin. Kimyogarlar
gazdan kiyim-kechak tayyorlash, tez buziladigan
www.ziyouz.com kutubxonasi
mahsulotlarni o‘rash va boshqa maqsadlarda
sun’iy tolalar ishlab chiqarmoqdalar.
Lekin gaz deganda faqat metan gazigina
tushunilmasligi kerak. Biz nafas oladigan
kislorod ham gaz. Kislorod bo'lmasa, birorta
ham gugurt cho‘pi yonmagan bo'lardi. Dom
na va marten pechlarida metall tezroq erishi
uchun ularga kislorod purkaladi.
Karbonat
angidrid ham gaz, u shirin «gazli» suvni
tayyorlaydi, sizning har biringiz, albatta, bu
suvni ichib ko‘rgansiz.
Gazlarning turi ko‘p. Masalan, havo bir
necha gazlar aralashmasidan iborat. Barcha
gazlarning asosiy xossasi shundaki, ular har
qanday bo'shliqqa yoyilib, uni egallab oladi.
Agar nasos bilan shisha idish ichidagi
havoning yarmi chiqarib olinsa, undagi qol
gan havo shisha idishning butun hajmiga yo
yilib uni bir tekisda egallab oladi.
«H am m abop» bu gaz odam la rn in g
og'irini yengil qiladi.
Siqilgan havo yerda
avtomobillar shinasida ishlatiladi, kosmos
da esa yonilg'ini bakdan raketa dvigatel-
lariga «siqib chiqarish»da xizmat qiladi.
Havo maxsus pnevmatik qurilmalardagi turli
avtomatlarning klapanlarini boshqaradi,
temirchilik o‘chog‘idagi olovni yondiradi,
puflam a m usiqa a s b o b la rid a n ovoz
chiqaradi va yelkanli qayiqlarni suv uzra
yeldiradi.
Rang-barang reklama naychalarini turli xil
gaz aralashmalari yoritadi, gaz lazerlarida
kuchli yorug'lik oqimi hosil bo'ladi.
Ksenon
gazlari bilan fotografik chatnash lampalari-
ning kolbalari to'ldiriladi. Kripton gazi esa
oddiy elektr chiroqlarining cho‘g‘lanma to-
lasini tez kuyib qolishdan saqlaydi va chiroq-
ning uzoq vaqt ishlashiga yordam beradi.
Gaz sanoatda keng ishlatiladi: yer os-
tidan chiqadigan ta b iiy gazlar, qattiq
yoqilg‘ilarni sun’iy ravishda gazlashtirib oli-
nadigan generator gazlari, koks gazlar
yoqilg'i xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: