GERODOT
(Miloddan avvalgi taxminan
484—425-yillar)
Miloddan avvalgi 530-yil. Jang maydoni.
Birtomonda g'olib lashkar.
Ikkinchi tomonda
— asirlar. 0 ‘rtada jangovar kiyimdagi ayol —
To‘maris. Uning oldida qon tola mesh, qolida
esa massagetlar yurtiga bostirib kirgan Eron-
ning m aglub podshohi Kirning kallasi ...
To‘maris kallani qon tola meshga solar ekan,
xitob qiladi: «Sen umring bo'yi qonga
to'ymading. Men o'z ontimga amal qilib, seni
qon bilan sug'ordim . Birovning yurtiga
zo'ravonlik bilan bostirib kirganlarning jazosi
shu!»
Bu — qadimgi massaget qabilasining
jangovar hayoti haqidagi rivoyatdan bir
lavha... Bu rivoyat bizning davrimizgacha qan
day yetib kelgan? Umuman, o'tmish voqea-
hodisalari haqida biz qay tarzda xabardor
bo'lamiz? Tarix fani orqali!
Aziz bolajonlar! Maktabda sizlar tarix fani-
ni o'rganasizlar. Ana shu fanning asoschilari-
dan biri — yunonistonlik Gerodotdir.
Gerodot Kichik Osiyoning janubi-g'arbi
(hozirgi Turkiya)dagi qadimgi
Kariya viloyati-
ning Galikarnas shahrida tug'ilgan. Yosh-
ligidan siyosiy hayotga aralashib, istibdodga
qarshi kurashgan. Mamlakatda mustabid
hokimiyat qaror topib, zulm kuchaygach,
tug'ilib-o'sgan yurtini tark etishga majbur
bolgan (455). Malum vaqt Samos orolida
yashagan. So'ng Gerodot hayotining sayohat-
larga to'la davri boshlangan. U Kichik Osiyo-
dagi
mamlakatlarga, Bobil, Finikiya, Frakiya,
Makedoniya, Misr, Kirenaga, Qora dengiz
atrofidagi mamlakatlarga borgan. So'ng
miloddan avvalgi 443-yilda Janubiy Italiyaning
Furiya shahriga borib, umrining so'nggi yillari-
ni shu shaharda o'tkazgan. Markaz—Afinada
ham bo'lgan.
Hayotining ko'p qismi turli mamlakatlarda
o'tgan Gerodot sayohatdan olgan taassurot-
larini yozib, to'qqiz kitobga jamlagan. Keyin
chalik bu kitobga «Tarix» deb shartli nom
berilgan. To'maris to'g'risidagi afsona ana
shu kitob orqali bizgacha yetib kelgan.
Gerodot o'z kitobida ahomaniy forslar dav-
latining gullab-yashnashi, Bobil, Ossuriya,
Misr, Midiya, Lidiya, Skifiya kabi mamlakat-
lardagi
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy
hayot tasviriga, o'ziga xos davlat tuzilishiga
maxsus to'xtalgan. Ushbu mamlakatlarning
geografik-iqtisodiy ahvoli, u yerlarda is-
tiqomat qiluvchi xalqlarning urf-odatlari, din-u
diyonatlari, m adaniyati, osori atiqalari,
og'zaki ijodi haqida qiziqarli hikoya qilgan.
Kitobda, shuningdek, forslarning yunonlar
ustiga qilgan harbiy yurishlari ham bayon etil
gan.
Buncha malumotni muallif o'z kuzatuvlari
natijasida, ko'rgan-bilganlarning hikoyalari-
dan, ilgari yozilgan kitoblardan, xalq afsona va
rivoyatlaridan,
kohinlarning hikoyalaridan, ras-
miy bitiklardan olgan. Uning hikoyalarini
o'qigan kitobxon muallif g'oyat bilimdon,
qiziquvchan, tug'ma iste’dod egasi, ko'p
o'qigan, ko'p ko'rgan va eshitgan kishi
bo'lganligini darhol fahmlab oladi.
«Tarix» kitobida Gerodot uch asrdan
ziyodroq davrni qamrab oluvchi turli-tuman
materiallami umumiy diniy-axloqiy qarash nuq-
tai nazaridan birlashtirishga intilgan. Natijada
o'z davri uchun g'oyat xolislik bilan yozilgan
qimmatli asar yuzaga kelgan. Shu bois
qadimgi Rim notig'i Sitseron Gerodotga
«Tarix otasi», degan faxriy nom bergan.
Gerodotning
qayerda vafot etgani va qa-
yerga dafn qilingani to'g'risida ma’lumot
saqlanib qolmagan.
GEYZER
Dunyoda shunday ajoyib favvoralar bor-
ki, ular odam ishtirokisiz o'zidan- o'zi oti-
laveradi. Ular to'ppa-to'g'ri yer ostidan otilib
chiqadigan qaynoq suv va bug'dan iborat.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bular geyzerlardir. Darhaqiqat, geyzerni ne-
mislar qaynoq desalar, islandlar — otiluv-
chi, deb ataydilar. Ularni Kamchatkada, Is
landiya, Yangi Zelandiya, Kanada, Yaponiya,
Xitoy va AQSHda — Yellouston milliy parki-
da ko'rish mumkin.
Geyzerlar doim harakatdagi yoki yaqin
vaqtlarda so'ngan vulkanlar yon-atroflarida
bo'ladi. Magmadan ajralib chiqayotgan
qaynoq bug' va gazlar ta’sirida yer osti suv
lari isib, qaynoq favvora
yoki buloq sifatida
yer yuzasiga otilib chiqadi. Ko'pincha har
bir geyzer o'zicha, ma’lum vaqt oralatib, turli
kuch bilan otiladi. Kamchatkadagi bir gey
zer har to'rt minutda «ishlaydi», shu sababli,
uni Soat deb atashgan. Yellouston parkida-
gi Ko'hna Harbiy geyzeri har soatda, Hor-
mas-tolmas geyzeri esa har yarim minutda
otiladi-ki, buni hatto soat bilan tekshirish
mumkin. Islandiyadagi Katta Geyzer sut-
kasiga bir marta otiladi, lekin uning favvo-
rasini to'xtovsiz uch soat tomosha qilish
mumkin. Suv otilishi to'xtaydi va hammay-
oqni
sokinlik qoplaydi, go'yo hech nima
bo'lmagandek. Keyin yangi otilish sodir
bo'lgunga qadar suv yana biqirlayveradi.
Boshqa bir xil geyzerlar esa nomuntazam
otiladi. Geyzerlardan otilib chiqayotgan suv
nisbatan toza, bir oz minerallashgan bo'ladi.
Ular 40 metr balandlikkacha otiladi. Yel
louston parkida qariyb 200 ta, Kamchatka
da 100 dan ortiq, Islandiyada 30 tacha
geyzer bor. Yangi Zelandiyada 1899-1904-
yillarda har kuni otilib turgan Vaymangu
geyzeri dunyoda eng katta va kuchli geyz
er bo'lgan; u har otilganda 800 tonna suv
chiqqan.
Geyzerning otilishi ham,
har xil rangli
geyzerit birikmalari — geyzerning qaynoq
suvidan
a jra la d ig a n
kre m n iyn in g
cho'kishidan hosil bo'ladigan oq, sariq, kul
rang jinslar tufayli tevarak-atrof ham ajib
manzara kasb etadi. Geyzerit har xil —
pushti, ko'kimtir-sarg'ish va marvarid rang-
lidir.
Ilgarilari geyzerlarning qaynoq suvi behu-
da oqib ketardi, endi esa ularning suvidan
binolarni, issiqxonalarni va suzish havzalari-
ni isitishda, energetika qurilmalarida foy-
dalanilyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: