Energiya shakillari bo‘yicha iste’molga to‘lov mexanizmi. Issiqlik energiyasi tariflari va narxlari. Elektr energiyasi tariflari va narxlari


Issiqlik energiyasi tariflari va narxlari



Download 107,5 Kb.
bet2/4
Sana12.07.2022
Hajmi107,5 Kb.
#779221
1   2   3   4
Bog'liq
5-4

Issiqlik energiyasi tariflari va narxlari
Sanoat mahsuloti turi sifatida issiqlik energiyasi berish issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan issiqlik qurilmalari issiqlik ta’minoti tashkilotining tarmoqlariga bevosita ulangan iste’molchi (abonent) o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Namunaviy shartnomalar shakllari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda belgilangan tartibda Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi («O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi) tomonidan tasdiqlanadi.
Subabonentlar abonent bilan issiqlik energiyasidan foydalanish uchun shartnomani, abonent tomonidan issiqlik ta’minoti tashkilotining roziligi olingandan keyin tuzadilar.
Abonent va issiqlik ta’minoti tashkiloti o‘rtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:
shartnoma mavzusi;
iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga rioya qilish va issiqlik energiyasi sifati ko‘rsatkichlarini kelishib olish majburiyati;
issiqlik tarmoqlari va issiqlik uskunalarining balans bo‘yicha mansublik chegaralari;
issiqlik energiyasiga haq to‘lash bo‘yicha iste’molchilarning tarif guruhlari;
abonentning tarmog‘iga ulangan subabonentlar (iste’molchining nomi, bir soatdagi eng yuqori yuklama, issiqlik iste’moli, oylar bo‘yicha qaytariladigan kondensat (tonna va foizlarda) miqdori, hisobga olish priborlari, tariflar va boshqa ma’lumotlar);
iste’molchining tasarrufidagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiya uskunalaridan, hisobga olish priborlaridan foydalanishning xavfsizligini va sozligini hamda issiqlik ta’minotining ishonchliligini ta’minlash;
alohida shartlar;
ahdlashuvchi tomonlarning javobgarligi;
nizolarni hal etish tartibi;
tomonlarning rekvizitlari.
Issiqlik energiyasiga tarif o‘zgargan taqdirda, sanasidan qat’i nazar, shartnoma o‘z kuchida qoladi va iste’molchi olingan issiqlik energiyasi uchun yangi tarif joriy etilgan kundan boshlab yangi tarif bo‘yicha haq to‘lashga majburdir. Tomonlar shartnoma tuzish, uni o‘zgartirish, bekor qilish yoki uzaytirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va mazkur Qoidalarga amal qiladilar.
Abonent o‘z issiqlik tarmoqlariga boshqa subabonentlarni, faqat issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan kelishgan holda ulashi hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan ular bilan shartnoma tuzishi mumkin.
Korxonalar va tashkilotlar uchun bug‘ va issiq suv sifatida issiqlik energiyasi berishning bir soatdagi eng ko‘p miqdori elektr stansiyalari (bug‘ qozonxonalari)ning texnik imkoniyatlariga, bug‘ va issiqlik quvurlarining o‘tkazish quvvatiga qarab issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan belgilanadi hamda shartnomada qayd etiladi.
Iste’molchi tomonidan iste’mol qilinayotgan issiqlik energiyasining shartnomada ko‘rsatilgan miqdorini ko‘paytirishga faqat iste’molchi tomonidan texnik shartlar bajarilgandan va uning iltimosiga ko‘ra shartnomaga tegishli o‘zgartirish kiritilgandan keyin issiqlik ta’minoti tashkiloti ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
YAngi issiqlik qurilmalarini foydalanishga topshirish va yangi subabonentlarni ulash, issiqlik qurilmasidan foydalanish «O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi bilan kelishilgandan keyin issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Issiqlik energiyasini qayta sotuvchi yoki o‘z tarmoqlari orqali beruvchi tashkilotlar (ulgurji iste’molchilar — qayta sotuvchilar, abonentlar) keyingi yillarda issiqlik energiyasining o‘rtacha iste’moli tahlili asosida aniqlanadigan o‘z issiqlik tarmoqlariga ulangan boshqa ob’ektlarning issiqlik energiyasi iste’molini hisobga olgan holda issiqlik energiyasining umumiy (yig‘ma) miqdori yuzasidan issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma tuzadilar.
Issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan issiqlik energiyasini qayta sotuvchi tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari mazkur Qoidalar va ular o‘rtasida issiqlik energiyasi berish yuzasidan tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi.
Issiqlik ta’minoti tashkiloti abonentga issiqlik energiyasini ulangan tarmoq orqali issiqlik energiyasi ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va tomonlar o‘zaro kelishgan issiqlik energiyasi sifati va rejimiga rioya qilgan holda berishga majburdir.
Iste’molchida «O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi tomonidan issiqlik energiyasidan nooqilona foydalanish (imzolangan dalolatnomaga muvofiq), issiqlik energiyasini tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini bajarmaslik holatlari aniqlanganda, issiqlik ta’minoti tashkiloti ushbu holatlardan kelib chiqib, issiqlik energiyasi iste’molining shartnomaviy miqdorini kamaytirish huquqiga ega.
Issiqlik ta’minoti tashkiloti tizimidagi avariyalarning oldini olish va ularni bartaraf etish yoki odamlarning xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni ko‘rish zarur bo‘lganda va foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun haq to‘lanmaganda, iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda issiqlik energiyasi berishda tanaffusga yoki cheklashga yo‘l qo‘yiladi. Iste’molchilarning issiqlik qurilmalari ustidan davlat nazorati va tekshiruv qonun hujjatlariga muvofiq «O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Issiqlik energiyasi isrof qilib sarflanganligi va iste’molchining avariya xavfi tug‘diradigan yoki odamlarning hayotiga xavf soladigan issiqlik qurilmalarining qoniqarsiz texnik holati uchun «O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi issiqlik energiyasi berishni to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
Maxsus qoidalar bo‘yicha foydalaniladigan issiqlik qurilmalari ustidan energetika nazorati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat energetika nazoratining amalga oshirilishi abonentlarni foydalanilayotgan issiqlik tarmoqlari, priborlar va uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi ta’minlanishi, issiqlik energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek energiyadan foydalanishda paydo bo‘ladigan avariyalar, yong‘inlar, issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoida buzishlar to‘g‘risida issiqlik ta’minoti tashkilotini darhol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Issiqlik tarmoqlari, pribor va uskunalarning texnik holatiga va ulardan foydalanishga nisbatan qo‘yiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Mazkur Qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Fuqarolik kodeksiga  hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq issiqlik ta’minoti tashkiloti va iste’molchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.

Download 107,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish